Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

3.2.58.
 
Tursunoy Sahnada (1928) 
«…ba’zida allanimalarni umid qilg‘an bo‘lasan kishi, lekin baxtning shohi etagi sira tut-
qin bermaydi…» 
(«Ikki boyg‘a bir qarol» piyesasida Klariche – Tursunoyning so‘zlaridan») 

«Ikki boyg‘a bir qarol» piyesasida Klariche ro‘lini har to‘g‘rida yaxshi va jonli qilib 
o‘ynag‘an Tursunoy Klarichening shu alamli so‘zlarini sira ta’sirli qilib ayta olmas edi. 
Bu qisqag‘ina jumla, agar yaxshilab aytilganda, o‘z tilagiga erisha olmag‘an bir qizning 
og‘ir fojiasini har qanday tosh ko‘ngillarga ham sezdira oladi; har qanday metin yurakni 
ham bir qadar qaltirata oladi. Ammo bu jumlani Tursunoy o‘ynag‘an Klarichedan 
eshitganlar necha marta eshitgan bo‘lsalar hammasida ham hijir alam ta’siri(ni) 
ololmadilar, juda bo‘lsa yengilgina bir kulib qo‘ydilar… Bizning bu gaplarimizdan 
Tursunoyning hunarsizligini anglamoqchi bo‘lg‘anlar bor esa shoshmasinlar! 
«Bir qarol»ni sahnaga qo‘yg‘an kishi – rejisso‘r so‘nib borayotkan Dorabek 
(feodal) oilasining erka va nozli qizi Klarichega shunday bir tabiat va xulq bergan edikim, 
uning dunyo-dunyo alam va iztiroblari ham hech kimda hech qanday marhamat sezgisi 
qo‘zg‘atmas edi. Demak, o‘z muallimining shu mafhumda* bergan ro‘lini shogirdi 
Tursunoy juda yaxshi bajarib chiqqan: shunday alamli bir jumlani aytgan vaqtida uni hech 
kim qizg‘anmag‘an. 
Zotan, Tursunoyning o‘z tabiati va xulqi shu edi. Uni ko‘rgan vaqtlarimda men 
hamma vaqt shoirning shu to‘rt yo‘l baytini eslar edim: 


429 
Turmushning o‘zisiz deya olmayman, 
Chunki yuzingizda doim jilmayish, 
Qayg‘i-alamlarni ermak qilasiz, 
Ehtiyoj qoshida go‘dak bolasiz… 
Tursunoy juda jonli va sho‘x bo‘lsa-da, «turmushning o‘zi» emas edi, chunki u 
«doim kulib va jilmayib» yurar edi, holbuki, turmush hamma vaqt va har kim uchun 
«o‘yin-kulgi» emasdir; unda «echkiga jon qayg‘i, qassobg‘a yog‘» degan hikmat hali ham 
butun dahshati bilan hukm surib keladi. Dunyoning yolg‘iz oltidan biridagina ezilganlar 
ezganlarga qarshi qo‘zg‘alib, yoruq dunyo tuzish yo‘lida ish boshladilar; jiddiy, astoydil 
va hayajonli ish boshladilar, lekin dunyoning oltidan besh hissasida haligi hikmatni haq 
deganlar hukm surib keladilar, hukm! Mana shu uchun «doim o‘yin-kulgi»dan 
bo‘shamag‘an, hamma vaqt «qayg‘i-alamlarni ermak qilg‘an», ehtiyojini sira pisand 
qilmag‘an, uning oldida «go‘dak bola» kabi beparvo yurgan Tursunoy, albatta, 
turmushning o‘zginasi emas edi. 
Shu uchun u turmushning o‘zginasini to‘g‘ri aks etdirgan asar va ro‘llarda muvaffaq 
bo‘lolmasdan, hamma vaqt jiddiyatdan kulgan narsalarda muvaffaq bo‘lub keldi. 

Dorabek qizi Klariche turmushda, haqiqatda, balki, muncha yengil va muncha erka 
bo‘lmag‘andir. Yuqoridag‘i jumlalarni u, balki, yig‘lab turib gapirgandir. Lekin Klariche 
– Tursunoy uni bizga boshqacha qilib, u boy qizidan kulib, uni ermak qilib ko‘rsatdi. 
Tursunoyning sho‘x va o‘ynoqi tabiati ham bunga katta yordam qildi. Tursunoy 
Klarichesida bir umr esdan chiqmaydurg‘an joylar bor edikim, bilmayman, yosh 
sahnamiz yana o‘shanday bir tasvirni qachon ko‘ra oladi. 
Yosh «nomahram» va sevilmagan bir erkak («Beatricha») bilan yolg‘iz bir uyda 
qolg‘an va ota-onaning rizolig‘i uchun u bilan xushchaqchaq qilib gaplashishga majbur 
bo‘lg‘an Klariche (xuddi bizning o‘zbek qizlari kabi!) birdan qoshidag‘i erkakning erkak 
emas, xotin bo‘lg‘anini eshitadi. Shunda Tursunoy yugurib o‘sha erkak kiyimli xotinning 
yonig‘a boradi, uning xotin-erkakligini bilish uchun ba’zi bir sinashlarni qilib o‘tkazadi: 
mo‘ylavini ko‘radi, tanlarini siypalab qaraydi, o‘tkur va, ayni holda, o‘ynoq-sho‘x 
ko‘zlari bilan qarshisidag‘i odamni boshdan-oyoq bir suzib chiqadi: so‘ngra xotinlig‘ini 


430 
juda ochiq bildiraturg‘an bir ishni qiladi – ya’ni uni qitiqlab ko‘radi, shunda ikkalasi ham 
tamom xotinlar kulishi bilan kulib yuboradilar… Shu bilan qarshidag‘i erkakning 
xotinlig‘i aniq bilinadi. Ana o‘sha sinash vaqtida Tursunoy yengil, yumshoq va xuddi 
o‘ziga maxsus harakatlar bilan shunday shirin bir o‘yin berar ediki, endi uni, bilmadik, 
kim bera oladi. 
So‘ngra erkak qiyofatli xotin bilan do‘stlashadi, qalinlashadi, dardlashadi. U xotin 
mundan shu do‘stlik hurmatiga bir o‘pish so‘raydi, so‘rag‘anda ham erkaklarcha emas, 
xotinlarcha so‘raydi. 
– Keling, bitta o‘pib olay! – deydi. Shunda Klarichening bir uyalishi bor, oddiy 
so‘zlar bilan aytiladi: 
– Yo‘q, men uyalaman… 
Lekin shu oddiy so‘zga Tursunoy shunday bir ohang beradiki, u oddiy so‘z butkul 
tanimaslik bir holga keladi va xotin-qiz uyalishlarining eng nozik bir onini juda shirin 
qilib ko‘rsatadi. 
So‘ngroq Klarichening yana bir nozik o‘yini keladi: u o‘zining asl sevgilisi bilan 
(ahmoq va telba Silvio bilan!) bir uyda yolg‘iz qoladi. Boya «erkak qiyofali» bir odam 
bilan xilvatda bir oz gaplashib qo‘ymadimi? Ahmoq kuyov u odamning xotin bo‘lganini 
bilmaydi, Klariche esa buni ayta olmaydi (chunki aytmaslikka ahd qilg‘an); shu uchun 
kuyov yigit undan xafa, o‘pkalangan, uni «jirkangich xotin!» deb so‘kadi. Bu unga: 
– Men sizni butun ko‘nglim bilan sevaman! – desa, u bunga: 
– Men sizni butun qalbim bilan yomon ko‘raman! – deydi. 
Nihoyat, Klariche ahmoq kuyovini o‘lim bilan qo‘rqitmoqchi bo‘ladi-da, orada 
mana bu gap o‘tadi: 
«K l a r i ch ye: Agar shu sitamlaringizni tashlamasangiz, men o‘laman! 
S i l v i o: Sizning xiyonatingizni ko‘rgandan ko‘ra o‘ligingizni ko‘rsam yaxshi. 
K l a r i ch ye: Bo‘lmasa, men sizni xursand qilishga yarayman! 
S i l v i o: «Jon» deb ko‘raman bu tomoshangizni…» 
Shundan so‘ng Klariche qilichni qo‘lig‘a oladi va hazilakamdan o‘zini o‘ldirmakchi 
bo‘ladi. O‘shanda Tursunoyning juda bebaho harakatlari bor. Qilichning o‘tkurmi-


431 
yo‘qmi ekanini bilmak uchun uning tig‘ig‘a qo‘lini tegizib ko‘radi, shunda qo‘li tegar-
tegmas qo‘rqib tortib olishlari va qilichning uchini emas, sop tomonini ko‘ksiga qo‘yg‘ani 
holda og‘riq, iztirob va qiynalishni yolg‘iz yuz harakatlari bilangina shuncha ochiq va 
go‘zal ko‘rsatishlari katta mahoratning borlig‘ini bildiradi. Umuman, Klariche ro‘lida 
Tursunoy juda berilib o‘ynab, uning ichida erkin-erkin yashar edi. Shubhasiz, u ro‘lga 
bizdan yangi kuchlar chiqadi, yangi narsalar beradi, ko‘rsatadi, lekin Tursunoyning 
o‘ziga xos harakatlari o‘zi bilan birga ketgan bo‘ladi… 
Adib Fitratning sodda, lekin qiymatli bir asari bo‘lg‘an «Arslon»da Tursunoy 
kichkina bir ro‘lni o‘ynar edi. Tursunoyning qudrati va quvvati o‘sha kichkina ro‘lni ham 
ulkanlar qatorig‘a chiqardi, bir ko‘rinib o‘taturg‘an Zaynabni bir umr unutilmas tasvirga 
aylantirdi. 
Zaynab – Mansurboyning katta xotini. Uning ustiga Mansurboy Sharofat deganni 
olg‘an: endi uning ham ustiga To‘lg‘an degan kambag‘al bir qizni olmoqchi bo‘lub 
yuradi, Zaynab erining bevafolig‘i va zanparastligiga* bir zamonlar xo‘b yonib-kuygan 
bo‘lsa kerak. Endi uning rashk olovlari o‘chgan: u o‘zi ham o‘sha qishloqning imom 
domlasi bilan (duo, em, qaytarma va hokazolar bahonasida) o‘ynashib yuradi. Zaynab 
bilan domlaning Zaynabga xos uyda bazm qurishlari «Arslon»ning eng go‘zal va qiziq 
ko‘rinishidir. Har safar diqqat qilaman: xalq, tomoshachi o‘sha ko‘rinishda doim 
yashaydi, unga «jon» kirib turadi. O‘sha ko‘rinish qayta-qayta olqishlanadi. U 
olqishlarning ko‘pi, shubhasiz, Tursunoyg‘a borib tegishi kerak. Chunki u Zaynabda so‘z 
ohangi (intonatsiya) bilan harakat (dvijeniye)dan birlashgan ajoyib, go‘zal, yangi va asil 
o‘yinlar beradi. U o‘yinlar rejisso‘r ko‘rsatgan sahna chiziqlari ichida Tursunoyning o‘z 
ijodlari, o‘zi yaratkan badialar edi. Unda Zaynabning bir so‘zi bor, oddiy so‘z, xotin-
qizning turmushidag‘i mayda, lekin xarakterli so‘zlaridan: 
– Boyingiz ham qursin! Tuturiqsiz! Kunda bir xotin olib, nima qilar ekan? 
Bu so‘zni Tursunoy o‘ynag‘an Zaynabning og‘zidan bir marta eshitgan kishi yana 
qaytib-qaytib eshitmak istaydi va bundan so‘ng u so‘zni aytadurg‘an Tursunoyning 
butkul yo‘qliqqa ketganini o‘ylasa, chinakam alam va hasratlar ichida qoladi. Tursunoy 
u so‘zga juda g‘alati bir so‘z ohangi berib gapirgach, o‘sha gapning o‘lchovi bilan yerga 
o‘ltirib qolardi. Bu, albatta, uning «vazn» va cholg‘i quvvatini ko‘rsatadi. 


432 
Yana o‘sha ko‘rinishda Zaynabning mana bu so‘zlari ham Tursunoy o‘ynag‘anda 
juda ajib bir so‘z ohanglariga ega bo‘lar edilar: 
– Lo‘li xotin, meni tushunmaydi deb o‘ylaysanmi? Juda yaxshi bilaman. 
So‘ngra: 
– Sharofatning jodusi bilan To‘lg‘an o‘lsa, mening jodum bilan Sharofat o‘ladi! 
Bu sodda, lekin Tursunoy og‘zida shirin va go‘zal jonlang‘an so‘zlarning ohanglari uning 
o‘zi bilan birga o‘ldilar. O‘rnig‘a kelgan boshqa ohang, albatta, boshqalig‘ini sezdirib 
turadi. 

«Halima» va «Turondod» to‘g‘risida gaplashishni boshqa vaqtg‘a qoldiraman. 
Tursunoy bir maqolaning zamini emas, bir necha maqola kerak. 
Tursunoy yengil par kabi bir uchib o‘tdi. To‘zg‘an pardan hech narsa qolmaydi. 
Ammo uning yaratQan ro‘llari sahnamizni bir yilgina bo‘lsa ham yaxshi yoritdi, 
nurlantirdi. 
«Er yuzi» jurnalining 1928 yil 11-sonida «Cho‘lpon» imzosi bilan e’lon qilingan. 
«San’at» jurnalining 1991 yil 3-sonida (nashrga tayyorlovchi Sirojiddin Ahmad) va 
«Adabiyot nadir» to‘plamida qayta nashr etilgan. 
«Er yuzi» jurnali asosida nashrga tayyorlandi. 
Zanparastlik (fors.) – xotinparastlik. 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish