425
muharrir, yozg‘uvchi, foje’anavis sifatida chiqdi. Bu kungi suhbatimiz ana o‘sha
to‘g‘risida.
Yusufjon akamning har qayerda necha yillardan beri aytib kelgan bir kulgi hikoyasi
bor. Unda, bir imom domlaning — nomoz vaqtida g‘alati
hiyla qilib mahalladan ikki
yillik haqqini undirib olg‘onlig‘i aytiladi. Yusufjon akaning so‘zlashida
bir necha
og‘izdan oshmag‘on bu hikoya, mazmun va mavzui jihatidan qiziq va boydir. Bu
hikoyaning «avji joyi» g‘alati bir «qo‘rqinch» (tryuk)ni ko‘rsatadi. Rejani yaxshi chizib,
uni bir adabiy hikoyaga aylantirganda go‘zal narsa chiqar edi. Men shunday qilarman deb
o‘ylab yurar edim.
Shu yilgi o‘qish mavsumida Maskav dram istudiyasi,
mashhur Meyerxuld teatri
akturlaridan o‘rtoq Sverdlinga, bir mustaqil asarning «tuzma» (
postanovka (Ch.)
sini
topshirmoqchi bo‘ldi. Tarjima asarlar yetarli bo‘lmog‘onlig‘idan asl (original) asar
qo‘ymoqchi edilar. O‘rtoq Sverdlin, istudiyaning ko‘rsatishi bo‘yincha, menga yo‘liqdi.
Men unga Yusufjon akam hikoyasining qisqag‘ina mazmunini aytib berib edim, ma’qul
bo‘ldi va boshi-ketiga ko‘rinishlar qo‘shib tezlik bilan yozib berishga buyurdi. Ana shu
bilan «Yana uylanaman!» degan — 3 parda 7 ko‘rinishli asar maydonga chiqdi.
Shu yil aprsl oyida o‘sha asar Maskavda ko‘pchilikka ko‘rsatildi. Butun nttifoq
sho‘rolar qurultoyig‘a kelgan qiymatli vakillarimiz ham kerakli bo‘laklarini ko‘rdilar.
Kelgusi qish mansumida asar O‘zbekiston poytaxtida ko‘rsatilsa kerak.
Asarning «katta mashqi» (general repetitsiyasi)ni ko‘rgan o‘rtoq Fevralskiy
(markaziy «Pravda» gazetasining teatrshunos muharriri) «Pravda»ning 92
nchi sonida
uning tuzmasi to‘g‘risida mana bunday deydi: tuzmachi L. Sverdlin, ispektaklda Ovrupo
va o‘zbek teatrchiligidagi
[1]
unsurlarni birga to‘plag‘on. Ya’ni: bir tomondan Sharqqa
xos
qiziq harakatlar bergan, ispektaklni raqs, ashula va cholg‘ilar (tanbur, dutor,
childirma, nog‘ora, karnay va boshqalar) bilan to‘lg‘izg‘on: ikkinchi tomondan Sharq
xalqining o‘ltirib gaplasha berishdagi «zerikdirish» ta’sirlaridan ispektaklni qutqarg‘on.
Lekin, gaplasha berish va sekin qimirlashdan qochilg‘on vaqtda albatta, juda ihtiyot bilan
qochilg‘on: Sharqqa xos u ahvolning tasvirlari xali ham ispektaklda bor. O‘rtoq Sverdlin,
o‘zbek turmushi bilan oshnalig‘i orqasida, turmushning eng
qiziq onlaridan bir necha
parchalar ko‘rsatkan (machit oldidag‘i ko‘cha, boyni hadim qilish, to‘y kabi), so‘ngra
yoshlarni eski urflardan yiroqlasha borg‘onini kesatib o‘tkan.
426
Ispektakl, rejissurliq jihatidan qarag‘onda, eslilik bilan, qiziq qilinib va shu bilan
birga ko‘pchilikka onglashilarliq ravishda qo‘yilg‘on. Sahnaning yasalishi shartli
(uslovno) va sodda (hammasi bo‘lib 130 so‘m ketgan)».
O‘rtoq Fevralskiy, ispektaklga aralashqon akturlarga ayrim-ayrim to‘qtamasdan,
umumiy suratda mana bu bir necha og‘iz gapni aytib o‘tadi:
«Yosh akturlar juda qiziqib o‘ynaydirlar; zo‘r qobiliyatlari bo‘lg‘on bir necha
akturlarni ko‘rgandan keyin, Sharqning xalq ommalari orasida qanday boy artistlik
kuchlari bo‘lg‘onlig‘ini ko‘rasan».
O‘zbekistonda sahna ko‘rmasdan turib, asar va uning tizmasi to‘g‘risida bundan
ortiq gapirib bo‘lmaydi. Bu yerda shunigina aytib o‘tish lozimdirkim, o‘zbek teatri —
hali yosh va bola bo‘lishig‘a qaramasdan — turli teatr maslaklari bilan amaliy tanishishda
keng yo‘l bilan bormoqdadir. Maskav, dram istudiyasi, bu yerning teatr olamiga g‘alvalar
solg‘on bir g‘alati oqim — Meyerxuld oqimini — o‘z turmushig‘a olib ko‘rsatmak bilan,
qiziq bir tajriba yasaydi. U oqimning bizdagi yo‘qsullar ommasiga qanday ta’sir qilish,
yoqib-yoqmaslig‘i, shu yil qishda anglashiladirg‘on «sirlar»dan. Qo‘klam keldi, yoz
navbatda. Istudiya o‘ktabrning o‘n yilliq to‘yida chinakam sahna ko‘radurg‘on bu
asarining «mirzosi» (muharriri demayman!)
Yusufjon akaga, tuzmachi Sverdlinga,
rejissur-ko‘makchi Lutfulla, cholg‘i rahbari Miro‘nuf, suratchi Yefiminko o‘rtoqlarg‘a
o‘zining minnatdorchilig‘ini bildiradi.
[1]
Bundagi «teatrchilik» harakatlarning turmush qonunlariga emas,
teatr
qonunlariga muvofiq kelishi ma’nosidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: