Qur’on ilmlari va ahamiyati



Download 1,24 Mb.
Sana30.06.2022
Hajmi1,24 Mb.
#719287

Qur’on ilmlari va ahamiyati

Xurboyev Abdulxamid

QURʼON ILMLARI VA ULARNING YUZAGA KELISH TARIXI

Qurʼonni oʻrganish sharafli va ulugʻ amal hisoblanadi. Islom ilmlari orasida Allohning muqaddas Kalomi – Qurʼonni oʻrganishga bagʻishlangan soha “Ulum al­ Qurʼon” (Qurʼon ilmlari) deb ataladi. Ulamolar istilohida Qurʼon ilmlariga “Qurʼoni karimga aloqador boʻlgan barcha ilmiy tadqiqotlar majmuasi” deya taʼrif beriladi. Islom ilmlari tizimida mazkur yoʻnalish muhim sanaladi. Zero, Qurʼon ilmlarini toʻlaligicha oʻzlashtirmay, Qurʼoni karim maʼnolarini atroflicha anglashning imkoni yoʻq.

Olimlar Qurʼonga aloqador ilmlar juda koʻpligini eʼtirof etishsa­da, ular orasida eng muhimlari sifatida quyidagilarni keltirib oʻtganlar:

  • Olimlar Qurʼonga aloqador ilmlar juda koʻpligini eʼtirof etishsa­da, ular orasida eng muhimlari sifatida quyidagilarni keltirib oʻtganlar:
  • • Qurʼon tarixi;
  • • qiroatlar;
  • sababi nuzul;
  • • munosabat (Qurʼon suralari va oyatlari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik);
  • • nosix va mansux;
  • • muhkam va mutashobih;
  • makkiy va madaniy suralar;
  • • “rasm al ­Musʼhaf”;
  • • “eʼrob al ­Qurʼon”;
  • • tafsir;
  • • “eʼjoz al­ Qurʼon”;
  • • “mavzuot al ­Qurʼon”;
  • • “gʻarib al­ Qurʼon” va boshqalar.

Qurʼon ilmlari tarixiga nazar tashlasak, ularning bosqichma­ bosqich shakllanganiga guvoh boʻlamiz. Mazkur ilmlarning asoschisi, yaʼni Qurʼoni karimning ilk muallimi Paygʻambarimiz Muhammad (alay hissalom) boʻlganlar. Sahobiylar Qurʼon boʻyicha tushunmagan savollarini u zotdan soʻrab aniqlashtirar edilar. Bu borada koʻplab hadislar ham rivoyat qilingan. Jumladan, Ibn Masʼud (roziyallohu anhu) aytadi: “Imon keltirgan va imonlariga zulm (shirk)ni ara lashtirmaganlar – aynan oʻshalarga xavfsizlik (bordir) va ular hidoyat (toʻgʻri yoʻl) topgan zot lardir” (Anʼom, 82) oyati nozil boʻlganida odamlarga bu ogʻir keldi va ular: “Yo Rasululloh, qaysi birimiz oʻzimizga zulm qilmaymiz?” dedilar. Shunda Pay gʻambar (alayhissalom): “Bu sizlar oʻylagan narsa emas. Solih bandaning (Luqmon) “Chunki shirk ulkan zulm dir” (Luqmon, 13) deganini eshitmaganmisiz”, dedilar” (Imom Muslim rivoyati).

Rasululloh (alayhissalom) vafotlaridan soʻng ulugʻ sahobiylardan Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib, Abdulloh ibn Abbos, Ubay ibn Kaʼb, Abdulloh ibn Masʼud, Zayd ibn Sobit, Abu Muso Ashʼariy va Abdulloh ibn Zubayr (roziyallohu anhu) Qurʼonni hammadan koʻp yod olgan va uning taf sirini bilishda eng peshqadam zotlardan edilar.


الإسلام

Xulafoi roshidun davriga kelib sahobiylar tur li yurtlarga tarqab, yangi fath etilgan oʻlkalardagi musulmonlarga Qurʼon va uning tafsiridan taʼlim berganlar. Aynan mazkur zotlar saʼy­harakati tufayli islom tarixidagi ilk tafsir yoʻnalishlari – Abdulloh ibn Abbos asos solgan Makka, Ubay ibn Kaʼb asos solgan Madina va asoschisi Abdulloh ibn Masʼud boʻlgan Iroq maktablari shakllandi.

Xulafoi roshidun davriga kelib sahobiylar tur li yurtlarga tarqab, yangi fath etilgan oʻlkalardagi musulmonlarga Qurʼon va uning tafsiridan taʼlim berganlar. Aynan mazkur zotlar saʼy­harakati tufayli islom tarixidagi ilk tafsir yoʻnalishlari – Abdulloh ibn Abbos asos solgan Makka, Ubay ibn Kaʼb asos solgan Madina va asoschisi Abdulloh ibn Masʼud boʻlgan Iroq maktablari shakllandi.

1) Makka tafsir maktabi:

  • Ibn Abbos (618–687) asos solgan Makka tafsir maktabi tafsir ilmining eng ilgʻor maktabi hisoblangan. Ibn Abbosning shogirdlari – Said ibn Jubayr, Mujohid, Ato ibn Abu Raboh, Ikrima, Tovus kabi tobeiylar tafsir ilmi boʻyicha shuhrat qozondilar. Ushbu maktabning oʻziga xos xususiyatlaridan biri – tafsir qilishda naql va aqldan birgalikda istifoda etishga asoslanganidir. Ibn Abbos mufassirlar nazdida eng koʻp murojaat etiladigan olimdir. Shu bilan birga shogirdlaridan Said ibn Jubayr, Mujohid, Ikrima sharhlari ham tafsir asarlaridan keng oʻrin olgan.

2) Madina tafsir maktabi:

  • Madinada koʻplab olim sahobiylar yashagan, ularning aksariyati fathlarda ishtirok etgan boʻlsa ham, boshqa yurtlarga koʻchib ketmagan va oʻtroq yashab, shogirdlar yetishtirish bilan mashgʻul boʻlganlar. Bu maktab ulugʻ sahobiy Ubay ibn Kaʼb (vaf. 643-y.) rahbarligida tashkil topgan. U Madinadagi boshqa mufassir sahobiylardan mashhurroq boʻlgan va Qurʼonni sharhlash boʻyicha undan rivoyatlar keltirilgan. Ammo tafsirga bagʻishlangan asarlarda uning rivoyatlari boshqa tafsir maktablari ustozlariga nisbatan kamligi koʻzga tashlanadi. Undan koʻra shogirdlari rivoyatlari va sharhlari tafsir asarlarida koʻproq istifoda etilganini koʻrish mumkin.

3) Iroq tafsir maktabi

  • Iroq tafsir maktabiga Abdulloh ibn Masʼud (591– 652) asos solgan. Iroqda fiqh boʻyicha ijtihod va raʼy bilan fikr yuritish keng tus olgan. Shu kabi tafsir boʻyicha ham ijtihoddan foydalanish boshqa yurt larga nisbatan koʻproq boʻlgan. Alqama ibn Qays, Masruq, Omir Shaʼbiy, Hasan Basriy, Qatoda ibn Daoma kabi mashhur olimlar aynan shu maktab vakillari hisoblanadi.

Thanks!

Abdulxamid Xurboyev


Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish