Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

3.2.43.
 
Qalamning Toyilishi (1924) 
(«Mushtum»ga sovg‘a) 
Bizda bir gap bor: birov bir qaltis gapni bilmasdan aytib qo‘yub juda izza bo‘lub 
ketsa, orqasidan qizarub-bo‘zarub turub: «Suyaksiz til ekan, toyib ketdi», – deb qo‘yadur. 
Rost, til suyaksiz, toyib ketsa mumkin. 
Lekin qalam degan narsa tildek emas. U yo qamishdan, yo temirdan, yoki 
yog‘ochdan yasaladur. Zamonaning madaniy qalami bo‘lsa, mutlaq po‘lat uchlik 
bo‘ladur. Po‘lat-a, po‘lat! Uning toyib ketishi xiyla qiyin. 


383 
Maskovdagi «Bosh paxtaqo‘mitasi»da* bitta-yarimta toyaturg‘an qalam bor, lokin 
harchand undek katta bir idoraning qalamlari yot mamlakatlarda ishlangan 
(zagranichnыy) va birinchi navdan (pervыy sort) uchlarga ega bo‘lsalar ham, shoshilishda 
qoqilib ham ketarlar ekan! 
O‘sha Bosh paxtaqo‘m tomonidan paxta xususida o‘rus tilida bir kitob nashr etilgan 
edi. Kitobning ismidayoq shu «qalam toyilishi» hodisasi juda aniq ko‘rinadur. Ya’ni 
ijtimoiy asosga qurulg‘an Sho‘ro Jumhuriyatlari Ittifoqining Sharq tomonidag‘i a’zolari 
(O‘rta Osiyo va Qafqasiya jumhuriyatlari) tuprog‘ida unaturg‘an paxtag‘a «o‘rus paxtasi» 
(russkiy xlopok) deb ism qo‘yilg‘an. Bosh paxtaqo‘mdag‘i «toyilg‘ich qalam» Turkiston 
bilan Qafqasiya o‘rnig‘a Ryazan va Tobol viloyatlarini keltirib qo‘yub, osiyoliklarning 
«yaqin» va «g‘amxo‘r» do‘stlari bo‘lg‘an Milyukov* va Cho‘qayevlarg‘a* Parij 
maydonlarida jirtak chalishqa ortiqcha va kerakmas bir zamin tayyorlab bergan… 
Maskovdagi Bosh paxtaqo‘mdan va uning «toyilg‘ich qalami»dan xafa bo‘lishqa 
ham to‘g‘ri kelmaydur. Chunki u qalam birorta «sobiq»lardan chiqqan «spets» 
(ishbilarmon)ning qalami bo‘lsa kerak. 
Lekin o‘zimizning qizil Toshkentdagi O‘rta Osiyo sho‘ro jumhuriyatlarining bosh 
gazeti bo‘lg‘an «Turkpravda»g‘a* nima deylik? Muhtasham kabinalarda o‘lturg‘anlari 
bilan, «Turkpravda» sotrudniklari orasida ishbilarmonlar yo‘q edi, shekilli. 
Tojikiston jumhuriyati to‘g‘risida o‘rtoq Imomov bilan musohaba qilg‘an «Turkpravda» 
sotrudnigi «Pomir» (Murg‘ob)ni nimaga «O‘rus Pomiri» (Russkiy Pamir) deb atadi ekan? 
Axir «Xitoy Pomiri», «Ingliz Pomiri» degan atamalar bor, bu ham jug‘rofiy bir «atama»-
da demakchilarmi? Unda Turkistonni ham «O‘rus Turkistoni» (Russkiy Turkestan) 
desunlar; «Xitoy Turkistoni» degan atama ham bor… 
Biz hayron bo‘ldik, o‘yladik, oxirda shu qarorg‘a keldikkim: «Turkpravda» 
idorasida ham birorta «toyilg‘ich qalam» paydo bo‘lub qolg‘andur-da!.. 
Gap cho‘zulub ketdi. Bosh og‘rig‘i bo‘lmasun deb qo‘rqamen: Turkiston iqtisod 
sho‘rosi tomonidan shu yil nashr etilgan «Statistika solnomasi» (Statisticheskiy 
yejegodnik)ni o‘qub edim. Undagi toyilg‘an qalamning qo‘pollig‘ini ko‘ring! Ya’ni o‘sha 
kitobda: «Turkistonni olg‘an o‘rus podshohlari uni mustamlaka qilmoq uchun muayyan 
reja bilan iqtisodiy zarurat orqasida olg‘anlari yo‘q. Balki Rusiyaga chegaradosh bo‘lg‘an 
qabilalar o‘rus savdo karvonlarini talab, hadeb besaranjom qila bergandan keyin shularni 


384 
bosamiz deb aylanishib kelib qolg‘an!» – deyiladur. Bu kuchli da’voga kuchli dalil lozim 
bo‘lg‘anidan: «Mana dalil kerak bo‘lsa!» – deb ushbu so‘zlar yoziladur: «Shuning 
uchundurkim Turkistonni olg‘andan keyin chor hukumati uni nima qilishini bilmay 
hayron bo‘lg‘an edi»… 
Qalamning bu daraja esiriklarcha toyilishi odamni qo‘rqutib yuboradur. Bu 
toyilg‘an qalam o‘zining shu toyilishi bilan o‘ktyabr inqilobining birinchi kunidan beri 
qilinib kelayotkan da’volarning ustiga katta bir qora chiziq chizmoqchi, shekillik! Ya’ni 
o‘ktyabr inqilobi «Chor hukumati Turkistonni mustamlaka qilish uchun olg‘an edi» 
degan shiorni tashlag‘an bo‘lsa ham, bizdan (statistikachilardan) so‘ramasdan, haqiqat 
qilmasdan shoshilib tashlab qo‘yg‘an… demakchi, shekillik! 
Barakalla!.. 
Farg‘ona» gazetasining 1924 yil 24 noyabr sonida «Mirzo Qalandar» imzosi bilan 
bosilgan. So‘ngra «Adabiyot nadir» maqolalar to‘plamida qayta chop etilgan. 
«Farg‘ona» gazetasi asosida nashrga tayyorlandi. 
«Bosh paxta qo‘mitasi» – paxta yetishtirish ishini tiklash, paxta mustaqilligiga 
erishish maqsadida 1921 yili VSNX qoshida tuzilgan boshqarma. 
Milyukov P.N. – konstitutsion demokratlar partiyasining a’zosi, Vaqtli hukumatda 
tashqi ishlar vaziri. 1917 yildan keyin xorijga ketgan. 
Cho‘qayev Mustafo (1890 – 1941) – Turkistondagi milliy ozodlik harakati 
rahbarlaridan. Turkiston Muxtoriyati (Qo‘qon) hukumatining birinchi raisi. 1919 yildan 
muhojirlikda yashagan. 
«Turkpravda» («Turkestanskaya pravda») – Turkiston ASSRning 1922 yil 20 
iyuldan 1924 yil 25 noyabrgacha chiqqan gazetasi. «Keyinchalik «Pravda Vostoka» nomi 
bilan chiqqan. 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish