3.2.12.
«Chin Sevish» (1920)
CHIN SEVISH
(Fitrat asari)
Yaqinda o‘zbek sahnasi ulug‘ va ulug‘ligi qadar yuksak va go‘zal bir tomosha
(piyesa) ko‘rdi.
Men o‘zum iqror qilarg‘a teyishmankim, uning o‘zini va o‘ynalishini tegishincha
tanqid va yo taqriz qiluvni men bajara olmayman. Biroq bu yo‘li va to‘g‘rida yozmoqlik
vazifasi menga tushkanlikdan ko‘b chuqur bo‘lmag‘on qarashimni yozib ketamen.
Voqea Hindistondadir. Hindiston o‘zgarishchilaridan bo‘lg‘on Karimbaxshxonning
o‘qimishli va go‘zal qizi Zulayhog‘a ikki kishi birdan oshiqdir: biri o‘zgarishchi, yurtchi
shoir Nuritdinxon. Ikkinchisi — egri yurakli, anglizparast — Rahmatullaxon. Qizning
otasi o‘zgarishchi va hindning buyuk shoiri bo‘lg‘an Nuriddinni suyar va qizini unga
bermak istar; qizning onasi esa, o‘ydan, armondan ko‘ra kiyim va qiyofatka ko‘z
solg‘onlig‘idan yomon kiyinguvchi va darvesh kabi yurguvchi Nuriddinga emas, yaxshi
kiyinuvchi va soddalarni alday oluvchi Rahmatullaxong‘a bermakchi.
Qizning o‘zida Nuriddinni sevar.
Nuriddin qizni «chin sevish» bilan suyganligidan qizga hurmat qilib, «suydim» deb
ayta olmaydir. Rahmatullaxon esa undan ilgari ham bir necha yosh qizlarning boshig‘a
yetkanligidan muni qo‘lg‘a tushiruvg‘a ham qo‘lidan kelganni qiladir: qizning onasi bilan
siyqa munosabatda bo‘linadir. Nuriddin bor vaqtda qizning ko‘nmasligini bilib
Nuriddinni oradan ko‘tarmak istab, yolg‘on bir tuhmat bilan angliz qamog‘iga oldiradir.
Undada bo‘lmag‘och, o‘ldirmak uchun odam yollab zindong‘a yuboradir. U odam
zindong‘a kirib Nuriddinning ichaturg‘on suviga og‘u solsa ham, Nuriddin Zulayxoning
xayollari bilan o‘ralashnb, ichmay qoladir. Hind o‘zgarish qo‘mitasi zindonchi bilan
kelishib Nuriddinni
qutqaradir va Karimbaxshxonning uyida yashirin bir joyga joylaydir.
U yerga joylang‘och, Nuriddin bilan Zulayhoning orasi «vasilat» joyig‘a yetadur. Go‘zal-
go‘zal shoirona so‘zlar bilan ikkalasi har vaqt so‘ylashalar.
306
Bir kun bunlar bir necha kishi (ichlarida Zulayho ham) «O‘zgarish qo‘mitasi»ning
majlisini ko‘rub, Hindistonning har yerida anglizlarga qarshi yalpi qo‘zg‘alish yasov
to‘g‘risida so‘ylashib turg‘onlarida Rahmatullaxon boshliq anglizlar po‘lisalari kelib
bosalar. Kuchli olishmadan so‘ng birmuncha angliz po‘lisalari bilan birga Zulayhodan
boshqa hamma o‘zgarishchilar o‘ladir: Zulayhoni olib ketalar.
Angliz po‘lisalari Zulayhoni tutmoq istarkan, Rahmatullaxon: «teymangiz, u
menim suygilimdir» degach, anglizlar «qo‘mitachimi sening suygiling» deb o‘zini ham
otib o‘ldiralar.
Bu ulug‘ tomoshaning eng og‘ir vazifalari ikki kishida edikim, biri Zulayho, biri —
Nuriddin. Undan qadar kuchli bo‘lg‘on Rahmatullaxon vazifasi, asosan unlarcha og‘ir
emasdir.
Boya aytganimday Nuriddin «chin sevish»ga yetkan bir oshiqdir va shuning uchun
u xayollidir, Mashrabdir, Devonadir. Zulayhoni u ne qadar suygani holda, «suydim» deb
ko‘b chog‘larg‘acha ayta olmag‘on. Yolg‘iz yiroqdan «esonmisiz?» degan, suyuklisi ham
«esonmisiz?» desa chiday olmag‘on. Qochqon. Bekinib-bekinib yig‘lag‘on.
Ho‘ngragan». O‘zi suyib, kuyib yotqoni holda, o‘zi zo‘r bir dardga aylang‘on holda, «ishq
dard emas, davodir», deydir va har yerda shuni aytadir.
Bu rolni atoqli o‘xshatg‘uvchimiz Uyg‘ur muni yaxshi o‘ynadi. Ayniqsa, uchinchi
pardada ko‘rsatkan qilig‘lari to‘g‘ri va joyli edilar. To‘g‘risini aytmoq kerak bo‘lsa, 4
nchi pardada Nuriddin ro‘li yetarli chiqmadi: allaqanday ko‘zga yarashmagan va oddiy
qilig‘lar ko‘rildi. Munda ko‘proq ayb bizning sahnamizning kambag‘alligiga tushadir.
Negakim, o‘zining amplulasi botir — qahramon ro‘llari va o‘tkur kulgi bo‘lg‘on Uyg‘ur
sevgiga, sevgidan qiynala biluvg‘a yumshoqdir. Biroq sevguvchi faylasuf tabiatli ishlarni
3 nchi pardada yaxshi ko‘rsatub edi.
Zulayho ham yaxshi: biroq unga ko‘broq sevgi harakati bermoq kerak edi.
Tushunuv, uzoq vaqt so‘zsiz tushunuv (birinchi pardada) to‘g‘ri va tabiiy emasdir. U
narsa Nuriddinga kelishar. Uni o‘ynovchi Sa’diya Tutashg‘a bundan ham og‘irroq (agar
bo‘lsa!) va ko‘b harakatli rollar berib, uning o‘xshatuvchilik kuchini ortdirmak kerakdir.
Undan keyingi Rahmatullaxon rolini o‘rtoq Qori yaxshi o‘ynadi va to‘lug‘ bir tip
(tus) bera bildi. Boshqa qahramonlarda ham bo‘lg‘on mayda kamchiliklarni aytuv
ortiqcha. U birinchi pardada yumshoqroq edi. Shoirona aytmak istagan so‘zlarini
307
tegishincha ta’sirlik qilib ayta olmadi. Ikkinchi pardada uning qilig‘lari ko‘b go‘zal edi.
Ayniqsa, qizning otasidan bitik kelgach chiqib ketib, qaytib kirishlari — bu
o‘xshatuvchini to‘lug‘ tip berganlar orasig‘a kiritadir.
O‘zgarishchi Sarvar bilan Nuriddinning og‘asi chin o‘qimishli yosh yigitlar tusini
to‘lug‘ bera olurlar edi, agarda bir oz og‘ir va shoshilmay qimirlasalar.
Nuriddinni qamatdirg‘on va o‘ldirmakka yurgan yigit to‘g‘risi, u qadar xoin toifali
emas edi.
Qizning otasi (O‘ktam) zo‘r bir oila egasi. Muning ustiga, yuqori fikrli yurt
bolalarini o‘z o‘g‘li kabi ko‘ra bilaturg‘on o‘zgarishchi bir muhtaram ota tusini ko‘rsatdi.
Rahmatullaxonning o‘rtoqlaridan Ayubxonning ro‘lini olg‘on o‘rtoq O. juda bo‘sh
va yanglish chiqardi. Ayniqsa rolini bilmasligi na zo‘r kamchilik!
Boshqalar ko‘makchi bo‘lushub, tekkiz o‘ynadilar. Po‘lisalar tapponchani o‘z
boshliqlarig‘a do‘laydilar; bu eng zo‘r e’tiborsizliklarning biri. Sahna orqasidan otiluvlar
o‘z vaqtida chiqmadi va shuning natijasida Rahmatullaxon o‘q tegmasdanoq o‘la berdi.
Umuman, so‘ng pardada ruhli bo‘lishka tegish ekan, ruhsiz chiqdi.
O‘zbek sahnasi yoshdir. Uning uchun munday zo‘r narsalar balki og‘ir bo‘lur edi.
Shunday bo‘la turib «Karl Marks» to‘dasi o‘rtoq Uyg‘urning tinmasligi va berilishligi
orqasida zo‘r narsalarni ham sahnaga chiqara va yaxshi muvaffaq bo‘ladir.
Asar to‘g‘risida fikr yurituvdan qochmoqqa va o‘zimni tortishg‘a majburman.
Negakim — shu yozilg‘onlardan ortig‘i menim uchun ortiqdir.
«Karl Marks» bu asarni tag‘in 1—2 marotaba takrorlarg‘a kerakdir. Xalq,
tomoshachi xalqimiz buyuk armonli, sof adabiy narsalarga ham tushunib keladir. Bu
o‘zbek sahnasining zo‘r yengishi, mundan foydalanuv kerak.
Endi bu bir qo‘yilib o‘tkan va qo‘shilib, butunlanib bosdirilg‘on o‘rtoq G‘ozi
Yunusning «Zahhoki moron»ini kurishga tilaymiz. Bu asarning qo‘yilg‘anig‘a ko‘b
bo‘ldi. Xalq sog‘ing‘ondir. Shuningdek, zo‘r narsalar yana yozilib turalar shekilli, «Chin
sevish»ning yozg‘uvchisi uning davomi deyilsa bo‘laturg‘on «Hind ixtiloli»ni yozib
bitirgan. Yana boshqa kishilarda boshqa narsalar ham
bor emish.
308
Sahnamiz jonlana, yuksala. Biroq Eski shahar xalqining boshida turg‘onlar qishliq
yaxshi bir binoni qayg‘urtmasalar, chindan jinoyat qilg‘on bo‘lurlar…
______________
Do'stlaringiz bilan baham: |