297
musovot kabi shu’lalar yorqiragan bir zamonda bo‘lg‘an shunday voqelar yana bizning
Nikolay asrinda yashadigimizni ko‘rsatadir!
Mana shunday hollarni o‘ylaganda ko‘ngullar umidsizlik daryosiga botub,
ko‘ngilsizlik to‘fonlarinda g‘arq etiladir. Qalamlar ilgari rahmsiz senzurlardan
qo‘rqqanday bo‘lub qog‘ozning yo‘llariga yuz qo‘yishga unamaydirlar… Ana shunday
vaqtlarda pastda aytiladirgan voqealar ko‘z oldig‘a kelub,
nochor-noiloj yuraklarning
favqulodda shodlik ila ko‘tarilishlarindan paydo bo‘lgan ovozni tilini g‘uldiratub aytishga
majbur bo‘lasan: «Yashasun Turkiston Muxtoriyati! Bor bo‘lsun haqiqiy va to‘g‘ri
yo‘ldagi fuqaholar!* Gullab ko‘karsunlar umid yulduzlari bo‘lg‘an yoshlar!» – deb…
1. Toshkentda «Fuqaho jamiyati»* bolsheviklarning eng zo‘r suyanchlari bo‘lgan
qo‘l kesish va qasosga doir ochiq va yaxshi yo‘l topdi!
2. 1-2 million qahramon turk-tatar askariga tayangan Harbiy sho‘ro bo‘lg‘an holda
kallalanub, ochilub, yashnab kelmakda bo‘lg‘an Ishchilar va dehqonlar sho‘rolarining
Muxtoriyat bayrog‘i ostida Muxtoriyatga jon va qon fido etishga hozir bo‘lub turishlari;
Muxtoriyat (bayrog‘i) ostida qonun va shariat yo‘llari ila o‘zlarig‘a yoruq kun istashlari,
ularning ul talablarina millat xodimlarimizning ham yaxshi yuz ko‘rsatishlari.
3. Andijonda «Jamiyatlar jamiyati» tashabbusi bilan bo‘lg‘an shahar va atrof
syezdiga hamma jamiyatdan 2 kishidan vakil kiritilg‘ani holda «Sho‘roi islomiya» raisi
janoblarining tashabbusi va g‘ayrati ila majlisning jamiyatindan 20 vakil qabul etishi, har
ishga ishchilarni yaxshi nazar bilan kirgiza boshlashi.
4. Shu syezdda uloq, to‘y, ma’raka kabi bid’atlarning* isroflari tamom bitirilub,
sarflari kuch bilan bo‘lsa ham olinub, ochlik bilan azoblang‘anlarga
yordam berilishi
g‘oyat jiddiy tadbirlarga kirishishga qaror chiqarilish va ul qarorlarning samaralari
ko‘rinmakka boshlash. Yana shu syezdda Turkistondagi ortiq yerlarni sug‘orib,
ishchilarga topshirub, Turkistondagi musulmon ishchilarni yer bilan ta’min etishga yo‘l
ochilishi.
5. Muxtoriyat foydasi uchun Andijonda bo‘lg‘an tiyotrlarda Turkistonning o‘z turk
bolasi, gimnaziya shogirdi, 16 yoshlik Sanjar Fozilbek o‘g‘lining* Muxtoriyat bayrog‘i
ila uning ostiga qilgan ajoyib bir manzaralik rasmining Amriqo usulida auksion
(mazoida) 1200 so‘mlarga sotilishi, qahramon xodimi Qo‘chqorboy
afandining buyuk
hamiyat bilan ul rasmni olishi, boshqalarning ham bu ishka yaxshi ahamiyat berishlari…
298
Bular hammasi, hammasi qorong‘u kechalarda yaltirag‘an yulduzlardir…
Bulardan umid, bulardan imon, bulardan ruh ko‘rinadir.
Bular bizning istiqbolimizning, keladurg‘an yo‘limizning chaqiriqlari, alomatlari,
belgilaridir.
Turklar, turk urug‘lari, turk ellari inqirozga, yo‘q bo‘lishga mahkum emaslar. Bular
o‘zlarining eski beshiklari bo‘lg‘an Turkistonda yana ilgarigi shavkat va saltanatlarini
tirgizarlar. To‘g‘rilik, kenglik, qardoshlik asosiga qurulg‘an taxtlarini (Millat majlislari
demakdir) obod qilurlar.
Xususan, bizning Turkiston hech vaqtda ham porloq va oydin ertalardan quruq
emas ham quruq bo‘lmas! Chunki turk qaynag‘an yerning ismi Turkiston: «Sen
qayerliksan?» – deb so‘rama, «Men turkistonlikman!» –
der va uning yuragi
Turkistondadir. Turkiston nomi bor vaqtda Turkiston ulug‘dur, zo‘rdur, ul 100 milliondan
ortiq kuchga tayanub uning ko‘ksiga qilich tiqqani kelganlarga qachon-da bo‘lsa:
– Ket, mahv bo‘lursan! Yaqinlama, qul bo‘lursan! – deya va deya olur.
Aytingiz onangiz Turkistonga:
«Yov so‘qqali kelgach, qilichini yuragingga tut(ish) oldida: «Ol ko‘ksumi,
qalqonmi kerakdir?» – deb…
«El bayrog‘i» gazetasining 1918 yil 26 yanvar sonida «Teshaboy» taxallusi ostida
e’lon qilingan. Adabiyotshunos B.Do‘stqorayev tomonidan 1997 yil 21 noyabrda
«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida qayta nashr etilgan.
Tunsin (Tunis) – Afrikadagi davlat, XX asrning o‘rtalariga qadar Frantsiyaning
mustamlakasi.
«Nasha gazeta» – 1917 yili Farg‘onada chiqa boshlagan va qisqa umr ko‘rgan
gazeta.
Soldat va ishchilar sho‘rosi – 1917 yil fevral inqilobidan
keyin bolsheviklar
tomonidan tuzilgan tashkilotlardan biri.
Fuqaho – diniy huquq va yo‘l-yo‘riqlarni biluvchi kishilar.
299
«Fuqaholar jamiyati» – 1918 yilda Abduvohid Qoriyev tashabbusi bilan
Toshkentda tuzilgan jamiyat.
Uloq, to‘y, ma’raka kabi bid’atlar – Cho‘lpon vakili bo‘lgan jadidlar oqimi
Turkistonda ochlik, iqtisodiy va madaniy qoloqlik avj olgan yillarda boylarning
kambag‘allarga yordam ko‘rsatmay, bolalarning dunyoviy bilim olishlariga e’tibor
bermay, to‘yu-ma’rakalarga ortiq darajada sarf-xarajat qilishlari, uloq o‘yinlarini tashkil
etib, qanchadan-qancha kishilarning mayib bo‘lishlari va ishdan qoldirishlarini bid’at deb
bilgan.
Sanjar Fozilbek o‘g‘li – XIX asr oxiri – XX asr
boshlarida dunyoga kelgan
andijonlik talantli yoshlardan biri. «Tarjimon» gazetasiga yuborgan va shu gazetada
bosilgan she’ri bilan I.Gasprinskiyning nazariga tushgan. Uning keyingi taqdiri haqida
biror ma’lumot uchramaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: