303
turmushning har bir juz’ida, har bir bo‘lagida harakat qilalar. Turmushning har yog‘in,
har tarafini o‘zgartalar.
Shul o‘zgarishlar ichiga o‘yin-kulgi ham kirub qoladir.
Ilgari ham o‘ynab kulganlar. Biroq bu kundagidan boshqacharoq bir yo‘lda. Sanoye
nafisa
eski zamonda boylar, podshohlar saltanati zamonida ham bor edi. Bor edigina
emas, juda yuksalgan, avjiga chiqqon edi.
Yaqin zamonlardag‘ina tug‘ilg‘on sanoye nafisani burjuaziya xayolchilari juda
noziklashdirganlar, xayoliylashdirganlar edi.
Butun umrini ishlamay bekor o‘tkazaturg‘on boylar, boybachchalar, to‘ra bolalari,
xon, xonzodalar bekorchilikdan zerikmas uchun sanoye nafisaga berilalar; cholg‘u
chalalar, o‘ying‘a tushalar, sevgi she’rlari to‘qiylar, o‘qiylar edi. Bularning ustiga, katta
shaharlarda
bir emas, 5—6 bizning «Kolezey»day teatrlari bo‘lar, shularda pul bilan,
oltun bilan san’atni sotub olub (yaxshiroq tushuningiz: san’atni sotib olub!) zavqlanurlar
edi.
Qisqasi sanoye nafisa eski dunyoda bir qism xalqning zavqi, aysh va ishrati uchun
ishlayturg‘on bir narsa edi.
Unga yuragida, ko‘nglida bir sevgi, bir intiluv sezib,
berilgan qancha past sinf,
tuban qism, el bolalari o‘sha boy va boybachchalarni zavqlandirish yo‘lida vaqtsiz jon
berdilar. Qurbon bo‘ldilar, jinni bo‘lg‘on cholg‘ichilar, varam (sil kasali)ning achchig‘
panjasiga tushgan mumassil artist va mumassila artistkalar sanog‘sizdir.
Endi bu yoqg‘a, yangi dunyog‘a, mehnatkash va ezilganlar olamiga ko‘z solsak,
o‘sha sanoye nafisa, ingichka hunarni tag‘in ko‘ramiz. Biroq munda ko‘bgina boshqaliq
bor.
Teatr-tomoshalar bor, lokin ular ilgarigiday birgina boy bolalari, boylar va
to‘razodalarning kayfi, lazzati uchun emas, butun el,
butun xalq, hamma ishdan
bo‘shag‘och ko‘ngil ochmoqchi bo‘lg‘onlar uchundir.
Sahna bu dunyoda yuqori sinflarning tumtaroqli turmushlarini ko‘rsatmaydi emas,
ko‘rsatadi, biroq shul turmushning achchig‘ va jirqantiraturg‘on hidini tomoshachilarg‘a
hidlatmak uchun ko‘rsatadi. Cholg‘ining qillari yana boyog‘iday chertilib turur, biroq
boylar kayfi uchun o‘ynag‘onig‘a yig‘lab emas, charchag‘on xalqning ko‘nglini ochqoni
304
uchun sevinib, ezilgan xalqqa eziluv davrlarini eslatmak uchun yig‘lab chertilur. She’r
ham, ashula, qo‘shiqlar ham yozilurlar. Biroq boylarni, ularning
xayoliy saroylarini
maqtab emas, ochiq, tortinuvsiz ravishda ko‘nglidagini aytmak, elning o‘z turmushini
o‘ziga ingichka qilib ko‘rsatmoq uchun yozilur.
Mehnatkashlar sanoye nafisasi kengdir, munda burjuaziya taqlidchiligi yo‘qdir;
unda o‘zidan chiqaruv, o‘zidan sochuv bordir. Uning yo‘li kengdir.
Sanoye nafisa bu dunyo va shahar uchungina emas,
mana shu yer, sho‘rolar
idorasining eng ulug‘ xosiyatidir. Sanoye nafisa o‘zini tug‘diruvda ko‘b ro‘l
o‘ynayturg‘on qishloq va qishloq mehnatchilari uchun ko‘b ishlagusidir. Biroq bu
kungacha tegishincha bo‘la olmag‘on ekan, bunga 3 yilliq turmushning talashuv,
kurashuv va g‘avg‘olar ichida o‘tuvi sababchidir.
Hozir bir Turkistonda, Turkistonning Toshkand shahridagi ishlarni ko‘z oldiga
keltirganda ham, Sho‘rolarning sanoye nafisaga qanday zo‘r
ahamiyat bilan
karag‘onliqlarini ko‘rmak mumkindir. Tuzukkina bir truppasi bo‘lmag‘on eski Toshkand
bukun yaxshi bir yaxshig‘ina ikki truppaga molikdir. Rasmiy bir totor truppa ukrainali,
yohudiy, ozarbayjonlilar ham birar yuvarak, birar to‘n bo‘lindiralar. Mundan so‘ng
tag‘inda yaxshilantirmoq uchun hozirgacha ba’zi joylarda teatr ishlarining boshig‘a
chiqib ko‘b ishlarga qarshiliq va zarar qilib turg‘on eski dunyo «yo‘g‘onlari» bilan kurash
boradir; shularning natijasi Turkistonda sanoye nafisani ham eng yuqori darajaga
ko‘targusidir. Sho‘rolar hukumati, ishchilar egaligi — sanoye nafisaning eng suyukli,
muhtaram bobosidir. Ul boboning tarbiyasi sanoye nafisani osmonlarg‘a chiqarg‘usidir,
biroq jabr yo‘li
bilan emas, ishq beriluv va sevgi yo‘li bilandir.
Sho‘rolar sanoye nafisa ila Sharqni qul emas, hur qplg‘usidir.
Sharq sanoye nafisasi kelgusida G‘arbniki bilan bir bo‘lg‘on holda o‘zining ishchi
bolalarining ko‘ngillarini ochub, ruhlarini yuksaltirg‘usidir.
________________
Sho‘rolar hukumati va sanoi nafisa. — Maqola «Ishtirokiyun» gazetasining 1920
yil 7 noyabr sonida e’lon qilingan.
Sanoi nafisa — nafis san’atlar, san’at.
305
«Qolizey» — Toshkentda inqilobdan ilgari qurilgai rus teatri binosi, keyinroq
Sverdlov nomli kontsert zali.
Do'stlaringiz bilan baham: