Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

3.2.8.
 
Ish Vaqti – Ishlash Vaqti (1917) 
Muhtaram Xontolishskiy* janoblarina! 
Rusiya katta. Rusiya, unda yashaydigan ko‘b milyunlar xalq 300 yillik og‘ir bir 
tojni tagidan zo‘rg‘a qutuldi. Bir odamning qo‘lida taqdiri o‘yunchoq bo‘lub yurg‘an ko‘b 
milyunlar xalq zolimning qo‘lidan taqdirini tortib olub, o‘zi idora etmakka boshladi. 
Zulmning eng og‘irini tortqon ruslardan keyin eng ko‘b bo‘lg‘an ilmiy va madaniy 
jihatdan Rusiyadagi hamma qavmlardan keyinga qolgan musulmonlar uchun bu voqea 
ikkinchi bir yaratilish, ikkinchi bir tug‘ilish, ikkinchi bir dunyoga kelishdir. Yuqorida 
aytilgancha, ilmiy va madaniy kuchka* juda faqir va kambag‘al bo‘lg‘an musulmonlar 
bukungi kunda o‘zlariga berilgan, o‘zlarining milliy va madaniy ishlarig‘a yo‘l 


294 
ochadirg‘an bir qancha huquq va pravolarin eblab joylab ola olurlarmi? Bu savolning 
javobini o‘zum qisqagina berib o‘taman: 
Rusiya musulmonlari o‘shal huquq va pravolarni saqlab qolub, ishlata olurlar shul 
vaqtdaki, uning hamma ziyoli yoshlari o‘zlariga bukungi kunni «Ish vaqti – ishlash 
vaqti!» deb shior qilib olsalar. Shukrlar bo‘lsun ulug‘ Tangrig‘aki, musulmon 
yoshlarining hammasi deyarlik boshqa vatandoshlari, birodarlari kabi yuqoridagi qisqa, 
faqat ma’nosi uzun tiriklikdan iborat bo‘lg‘an so‘zni shior qilib oldilar. Kecha-kunduz 
tinmasdan o‘zlarining xususiy ishlarini tashlab, bo‘yinlariga 5 – 6 turli ish olub, shul 
shiorni ketidan quvlab ketdilar. 
Bu endi hozirgi kunning oq tarafi! Bir tarafda ko‘b emas, ozg‘ina qora tarafi ham 
bor. Ul qora katta daryo ichida kichkinagina bir qurug‘likday, keng va ko‘kmak* 
osmonda bir parcha bulutday bo‘lsa ham, zamon va ahvolning taqozosi shiorning «Ish 
vaqti – ishlash vaqti!» bo‘lushi ul kichkina qurug‘likni daryog‘a yoki ul kichkinagina 
bulutni ko‘kmak keng osmong‘a qo‘shishni lozim qiladir. To‘g‘ri, keng, ko‘kmak 
osmonda mayda bir bulut keng va ko‘z yetmaslik daryo ichida kichkinagina bir qurug‘liq, 
minglarcha g‘ayratlik ishchi-mardikorlar ichida birgina xushyoqmas, yolqov ishsiz 
mardikor qolmasun! Chunki zamonamizning shiori a’lami (bayrog‘i): «Ish vaqti – ishlash 
vaqti!» 
Petrograd, Maskov, Qozon, Ufa, Urunburg‘, Toshkand, Boku, Tiflis va boshqa har 
bir shaharlardagi musulmonlar, olarning g‘ayratlik yoshlari «Hurriyat oyim» betlaridagi 
qora chimmat – zulm va istibdod pardasini olub tashlab, hamma olamni ko‘ziga «Adolat 
va musovot hamma millatlarning milliy o‘sishlariga keng yo‘l!» degan muborak, pok 
siynasidagi yozuvni ko‘rsatib chiqqandan beri o‘zlarining xususiy tirikchiliklarini tamom 
tashlab, «oyim»ning sochqon gullarini terishga, ulardan ko‘chatlar olub, millat 
bog‘chasining muborak, pok siynasiga o‘tquzushka urundilar. Muharrir qalamini, shoir 
she’rini, mudir idorasini, muallim o‘qutishini, artist o‘yunini bir necha kunga tashladi. 
Yugurib, chopib ketdi «oyim»ning muborak gullarini terishka! 
Bu orada qofqosiyali artist Xontolishskiy janoblari atrofiga bir necha «artist»larni 
to‘plab tiyotr o‘ynab yurubdur. Ajabo! 
Durust, tiyotr degan narsa – sanoyi nafisaning* eng oliy qismi. Ulsiz bir millatni 
bor deb bo‘lmas. Madaniy millatlarning o‘sish darajalarini bilmak uchun tarozuga 


295 
solinganda tarozuning o‘rtasida yarqirab turadurg‘an sanoyi nafisa va uning bir qismi 
bo‘lgan tiyotr. Bir millatda mukammal ul sahna, tiyotr olami yo‘q bo‘lsa, ul millatni «Er 
yuzida bo‘lmasun!» degan fikr Ovrupoda xiyli kuchlik. Ammo shul narsani vujudga 
keltirish uchun keng huquqlik milliy va madaniy o‘sishig‘a hech bir mone 
bo‘lmaydirg‘an bir millat bo‘lish kerak. Holbuki, biz, musulmonlar, va, balki, butun 
Rusiya ilgari shunday emas edik. Uning maktabiga, madrasasiga, tiliga, muzikasiga, 
tiyotriga urulib turg‘an og‘ir bir zarba bor edi. Biz maktab ochdik – bekitdilar. 
Madrasalarimizni isloh qilishka yo‘l bermadilar. Tilimizga «balo» aralashdirmakchi 
bo‘ldilar. Muzikamizni taraqqiy qildirishka yo‘l bermadilar. «Padarkush» degan tiyotr 
o‘ynaganlarni «oxran»larda* sudradilar, hosili milliy va madaniy o‘sishimizga og‘ir 
zarbalar tushirdilar. Hozirgi vaqt mazkur zarbalarning o‘rniga keladirg‘an «doru»larni 
tanlarga, siynalarga yaxshi joylab olish vaqti. Bukunda ishlangan va ishlanadirgan ishlar 
keladirgan zamondagi tiyotrga keng bir zaminiy toshday bir fundament bo‘lur. Durust, 
Xontolishskiy yaxshi bir artist, ondan umidim ko‘b, orqasidagi «artist»lar ham, ehtimol, 
durustdirlar. Ammo hozirgi o‘ylanib turgan «huquq va pravolarni joylab olish» nomlik 
minglarcha pardalik dramdan ro‘l olmag‘an artist, to‘g‘risi, «orsiz»dir. 
Xontolishskiy janoblari kelub hozirgi dramadan ro‘l olsun. Ishlasun! 
Ergashganlarini ham ishlatsun! Millatning bog‘iga, uning muqaddas siynasig‘a «oyim» 
tarafidan sochilgan gullarni o‘rnatsun, o‘sdirsun! Keyin kelsin tiyotrni taraqqiy ettirishka! 
Man va manim butun birodarlarim ham suyuklu millatim yordamg‘a hozir. 
Kelingiz, birodarlar! Bukung‘i kunning shiori, bayrog‘i: 
«Ish vaqti – ishlash vaqti!» 
«Turon» gazetasining 1917 yil 22 aprel sonida «Abdulhamid Sulaymon» imzosi 
bilan e’lon qilingan. «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining 1997 yil 21 noyabr 
sonida qayta nashr etilgan. Nashrga tayyorlovchi – adabiyotshshunos Boybo‘ta 
Do‘stqorayev. 
Xontolishskiy Ahmad – ozarbayjon teatri arbobi, rejissyor. 
Kuchka (ruscha) – to‘da, guruh. 
Ko‘kmak (sheva) – ko‘m-ko‘k. 
Sanoyi nafisa (arab.) – nafis san’atlar, hunarlar. 


296 
«Oxran»lar (oxranka) – chor hokimiyatining matbuot, ma’rifat va madaniyatni, shu 
sohalarda xizmat qilgan milliy xalq vakillarini siyosiy nazorat ostiga olgan muassasasi. 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish