291
barmoqlari bilan tov boshinda yerga irg‘itqanlar. Yozin tov ustidagi mozor sharifni
ziyorat qilurg‘a ziyoratchilar ko‘b kelalar. Muna* hozir ziyoratchilarcha biz-da bir ziyorat
qilib qarayiq.
Ul hazrat Sulaymon pok qabri sharifina boramiz.
Ondin tushub, 50 – 60 qadar
xayrchiga biror non yoki biror tiyindan oqcha ulashgach matur ham buyuk bir masjidga
kiramiz. Masjidning bir chetinda bir ulug‘ qabri sharifni ziyorat qilib, onda turg‘an
qoridan Qur’on o‘qutib,
oqcha beramiz-da, ketamiz. Mozorning shayxlari (shayx –
mozorlarda turub keluvchi va ziyoratchilarni ziyorat qildiruvchi, bergan narsalarni
oluvchi odam) tarafindan soling‘an bir masjid bor. Shul masjid O‘shda musulmonlarning
sinoat bila faxr etarlik birdan-bir muassasalaridir. Har tarafi kirpichdan* ishlanub, ichinda
mehroblari va atroflari musulmon bo‘yovchilari tarafindan Eski Turkiston tarzida har turli
ziynatlar bila ziynatlangan masjidda har ikki bayramda O‘shning yartisi deyarlik shunda
namoz o‘qiylar… O‘shda Ismoil hoji isminda bir boy bo‘lg‘an.
Ul odamning suv
bo‘yindagi bir parcha yerini «O‘sh elektricheskiy obshestva»si elektrik istansasi uchun
so‘rag‘an. Muna shul odam rizo bo‘lub sotqan. Usloviya (maohida) vaqtinda boy
obshestvag‘a yuqorida zikr etulgan masjidni 20 yil oqchasiz yoqtiritmoq uchun shart
qo‘yg‘an. Muna shul himmatli boyning o‘rinli tashabbusi soyasinda butun masjid 20
yilg‘a qadar oqchasiz yoqtirila. Yana biror himmatli boy chiqsa-da, mozori sharif yoninda
tartibsiz va beusul yotqan maktabni tuzatdurub, yaxshiroq yo‘lg‘a qo‘ysa… Yuqoridagi
boydan
o‘rnak
olsalar!
Bu
masjidga
ming
qadar
xalq
sig‘adir.
Muna bu masjidni ziyorat qilg‘ach masjid ortidag‘i qabrga kiriladir. Ondan o‘zub eski
usulda bir binoni ziyorat qilina, ondag‘i shayxning ta’rifi bo‘yuncha bu xona «Makkai
ajam»* emish. Makkai a’rob Ka’batulloh* bo‘lsa, «Makkai ajam» degan bir ka’ba-da
bo‘la emish…
Ondan ikkinchi xona hazrati Xizr alayhissalomning qadamlari tekkan yer emish.
Oni-da ziyorat qilg‘ach tov ustina minamiz. Tovning bir chetina chiqg‘ach bir mog‘oroga
kirila, havosizlikdan tin olib bo‘lmiy. Bik ichka kirgach, qo‘lni suzsang, qo‘ling suvg‘a
tiya. Muna shushiy suvdan ichasiz. Ul suvni Olloh taolo osmondan farishtalar ovzindan
quydirib tura emish. Ondin-da chiqg‘ach bir shayxning yonina kelasing. Munda toshqa
o‘yilg‘an kichkina bir teshik bor. Ul teshikda hazrat Sulaymon (a.s.) osh pishirgan emish.
Bu teshikg‘a qo‘lni solg‘an kishi umrinda hech qo‘l ovruvi ko‘rmiy emish.
292
Ondin o‘tkach, yana bir shayx bor, ul shayxning xidmatida shular kabi bir tosh bor,
shul toshg‘a yotasan, umringda bel ovruvi ko‘rmiysan.
Ondan o‘tasen, katta oq yurt*, oldinda uch shayx o‘tura. Yurtg‘a kirub, har kim 2
rakaat namoz o‘qusa boshqa vaqtdag‘i yuz rakat namozning savobini toba emish. Onda
hazrat Payg‘ambarimiz (s.a.v.) namoz o‘qug‘an emish-da, o‘turg‘an vaqtda
tosh kenat
o‘yulub ketgan emish. Muna bu-da ziyorat qilinaturg‘an yer… Shul yurt ortinda bir
toshg‘a o‘yulg‘an yozuv ko‘rdim. Tonub bo‘lmiy, «tis’a» deganni o‘qub bo‘ldi… hamda
ostindaroq yana: «Sulton al-Mahmud G‘az…». Bu tarafin topub bo‘lmadi. Mashhur
sulton Mahmud G‘aznaviyga ishorat tugulmi* ekan?
Ondan o‘tub, bir-ikki shayxni ziyorat qilg‘ach bir teshikka bosh ochub, boshimizni
tig‘amiz, muna umrimizda bosh ovruvini ko‘rmiymiz…
Shuning birla ziyorat tamom
bo‘la-da, tushamiz.
O‘sh Turkistonning boshqa shaharlarina qaraganda har tarafdan so‘ngg‘a qolg‘an.
Munda ikki usulda ikki maktab bor. Ikkisinda-da 60 adad bola o‘qub yotar. Bir «russkiy-
tuzemniy» shkola* bor. Munda-da kunduz 40 qadar, kech (vecherniy Qurs)da 30 qadar
musulmon bolalari o‘qiylar. Munda chastniy o‘qub yuruvchilar-da 5-6 adad bor.
Qiroatxona yo‘q. Munda ruslar-da yo‘q, deyarlik, oz. Kitobxona-da yo‘q edi. Ammo
so‘ngg‘i kunlarda O‘sh yoshlaridan Qodirjon Qobiljonov ila Yusufjon Yunusov
afandilarning kitobxona ocharg‘a ariza berdiklari eshitildi. Muvaffaqiyat tilaymiz.
Mana Turkistonning yaxshi havoli kichkinagina matur O‘sh shahrining ahvoli…
Maqola Rizouddin ibn Faxriddin tomonidan Orenburgda
bir oyda ikki marta
chiqadigan mashhur «Sho‘ro» jurnalining 1915 yil 9-sonida «Cho‘lpon» imzosi bilan
e’lon qilingan. Keyin «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining 2000 yil 1 yanvar
sonida Shahnoza Soatova tomonidan qayta nashr etilgan.
Maqola O‘shning XX asr boshlaridagi holati haqida muayyan tasavvur beradi.
Matnda ayrim tatarcha so‘zlar, kesimning «kirila», «borila», «yoqtirila» shakllari
ishlatilgan. Buning sababi tatar tilidagi jurnallarni o‘qigan
va shu jurnallarga maqola
yo‘llagan muallifning o‘zi qo‘llagani yoki tahririyat tomonidan bir oz tahrir etilganida
bo‘lishi mumkin.
«Sho‘ro» jurnali asosida nashrga tayyorlandi.
293
Joy vaqti – yoz vaqti.
Matur – go‘zal.
Bik – juda, rosa.
Muna – mana.
Tov – tog‘.
Shushiy – shu.
Kirpich – g‘isht.
Obshestvo – jamiyat.
Tugal – emas.
Makkai ajam – arablardan boshqa xalqlarning Makkasi.
Makkai arob Ka’batulloh – arablarning Makkadagi ziyoratgohi.
Yurt – uy, xona.
Shkola – maktab.
O‘lib – bo‘lib.
Joy – yoz.
Do'stlaringiz bilan baham: