3.2.5.
Vatanimiz Turkistonda Ziroat va Dehqonchilik (1914)
I
Muhtaram muharrir afandi!
Ushbu maktubimni «Sadoi Farg‘ona» gazetangizni bir go‘shasida darj qilub*
dehqon qardoshlarimizni suyundirsangiz edi.
286
Butun Rusiyada manbatlik* jihatdan Vatanimiz Turkistonning ilgarida ekanligi
hammag‘a ma’lumdur. Va hatto butun dunyoda manbatlikning birinchisi Amriqo bo‘lsa,
bizning Turkiston ham ikkinchi sanaladur. Vatanimizning tufrog‘i shuncha manbat bo‘lsa
ham, o‘zimiz har vaqt umrimizni banka eshiklari ostida sudralub o‘tkazamiz. Har kuni
gazetalarda faloniy sindi, falonini vekseli protsent bo‘ldi, do‘koni pechatlandi degang‘a
o‘xshash qo‘rqinchlik xabarlarni o‘qub eshitmoqda va ko‘rub bilmoqda bo‘lsak ham,
ammo ibratlanmaymiz, sababini hech tekshirmaymiz. Yolg‘uz «bozor kasod» deb o‘ta
beramiz. Ammo bozorni kasodligig‘a nima sabab ekanligini tekshirmaymiz.
Mundog‘ taassuflik xabarlarni eshitgan amriqoliklar taajjub qilsalar kerakkim,
shundog‘ manbat tufrog‘lik xalqi nimaga mundog‘ deb, ammo ul amriqoliklar ekin
asboblari ishlatub biz 10 kishi 10 kunda qilg‘an ishimizni onlar 2 kishi bilan 10 soatda
qilmoqdadurlar. Onlarda o‘rish, chochish, chopish, terish, ekish hammasi oson. Olat
(mashina) bilan tez tayyor bo‘ladur. Onlar o‘shal mashina bilan vaqtinda tez yig‘ushturub
oladurlar. Biz bo‘lsak yerimizni to‘plab tashiguncha yomg‘ir, qor yog‘ub qolsa, dalada
tamom qoldiramiz. Shul oson asboblar Rusiyani butun dehqonlarida bordur. Bizlar ham
shul ekin asboblaridan olib ishlatsak, og‘ir mehnatlarimiz yengillanur edi.
Bul to‘g‘rida «Oyna», «Sadoi Farg‘ona»larimiz, mumkin bo‘lsa, qishloq tilida
ko‘broq yozib onglatsalar, bor-yo‘qdan iborat yoshlarimiz ham bo‘sh vaqtlarida
qishloqlarg‘a chiqqanlarida og‘izlariga popirus solub, onglamag‘an xalqg‘a safsata
sotmay, shundog‘ foydalik narsalardan bildursalar va tushundursalar, xalq turmushini
yengillik tarafig‘a necha odum otlang‘an bo‘lur erdilar.
II
O‘tgan maqolamda dehqon qarindoshlarimizdan hech birlarining ziroat mashinalari
ishlatmaganliklarini yozgan edim. Maqolani yozgandan so‘ngra qishloqlarda yurub,
o‘zum ko‘b dehqonlar bilan ko‘rushib fikr oldim. Endi alarni fikrlarini o‘ylagan
millatparvar kishi ko‘zlaridan qonlik yoshlarini oquzmay mumkin emas. Alar
aytadurlarki:
«Durust ziroat mashinalari qandaylik ekan, ammo pul kerak. Bizning qo‘limizda
bo‘lsa naqd tayyor pul yo‘qdur».
Men aytdim: «Ekin vaqtida pul bo‘lur yoki pul o‘rniga ekkan ekinlardan olub borub
bersangiz ham mumkin-ku…»
287
Ular shu taassuflik yomon javobni beradurlar: «Paxta eksak g‘o‘zapoyasig‘acha,
bug‘doy eksak somonig‘acha qarzimiz badalig‘a xo‘jayinlarimiz boylarg‘a olub borub
beramiz. Yana ikkinchi ekinga beradurg‘an bo‘lub boylardan pul olub, qish ichi bola-
chaqalarimiz ila ming mashaqqat va ming qiyinlik ila ovqat o‘tkaramiz. Qish chiqqanidan
keyin bola-chaqalarimiz ila ishga tushamiz. Bolalarimiz o‘qushdan qoladurlar. Mardikor
olsak, yana sarf ziyoda bo‘ladur, pul yo‘q. Noiloj bolalarimizning maktabdan qolishiga
rizo bo‘lub bo‘lsa ham bolalarimizni dalaga olub chiqub, qo‘sh haydash, g‘o‘za chopish,
chigit ekish – shunga o‘xshash qiyin ishlarga qo‘yamiz. Chigitga pul deb borsak,
xo‘jayinlar so‘kub, har turlu haqoratlar ila yig‘in-terin vaqtida 100 so‘m qilub berishga
40 – 50 so‘m pul beradurlar. Ikkinchi oni olub chiqub, bir kun ham qishloqda hovlimizda
soqolni olmaymiz. Yana bu ahvolimizni ustiga biror to‘y-mo‘y bo‘lub qolsa, tamom och-
yalang‘och, yer-suvlarimiz boylar qo‘lida, ko‘chalarda tilanchi-gado bo‘lub qolamiz,
«Qani munga chora?» – deydilar.
Bularni o‘ylaganda ko‘zlardan tamom qonlik yoshlar to‘kmoqg‘a to‘g‘ri keladur.
Ey taraqqiyparvar yoshlar! Siz ham yozsangizlar har vaqt bechora mazlum dehqonlarni
puldorlardan, qullik, asirlikdan qutuldurmoq choralari to‘g‘risida yozinglar. Hammadan
yo‘l kerak. (Yana bo‘lur.)
III
Vatanimiz Turkistonga taraqqiy davri kirgandan beri tatar gazetalarida bo‘lsun va
o‘z gazetamizda bo‘lsun bor quvvatimiz, bor ovozimiz bilan: «Ilm kerak», «O‘qumoq
kerak», – deb qichqurub kelduk. Mana shul qichqirmoqliklar mevasi bo‘lsa kerakdurki,
qishloqlarda hozirda bo‘lmasa ham, hamma shaharlarimizda oz bo‘lsa ham «yangi usul»
maktablar ochildi. Qisqachagina aytganda, o‘qumoq va o‘qutmoq ishlarimiz,
alhamdulilloh, sekin bo‘lsa ham olding‘a qadam bosadur. Mana, ko‘nglimizda necha
yillardan beri yashurunub yotgan millatni taraqqiy qildurmoq yo‘llari, planlarini ochmoq
uchun qo‘sh «Sado»miz*, bir dona bo‘lsa-da hamma Turkistonning yaxshi emasligini
ko‘rsatub turadurg‘an «Oynak»* (Oyna)imiz bo‘ldi. 40 – 45 yillardan beri davom etub
kelgan Turkistonimiz bo‘lsa ham kifoyat qilmas edi. Endi kelayluk muddaog‘a,
muddaomiz shulki: ziroat ishlari. Mana bu ziroat ishlari to‘g‘risida yozg‘uchi ham yo‘q,
o‘qug‘uchi ham yo‘q. Hayhot, ziroat ishlarimiz tamom xarob! Xarob!
Xarob!..
288
Olding‘a bir odum otilgani hech ko‘rulgani yo‘q. Bir tanob yer qishloqlarda 1000
so‘mlarga chiqdi. Ammo yer dehqonda emas, millatg‘a, xalqg‘a yana bermay tek saqlab
yotadurg‘an boylarda; «oh», shul bizni tamom kuyduradur. Mundan 10 – 15 yil avvalgi
maktablarning holini va ziroat ahvolini chaqishdirub ko‘rayluk qani…
Maktab:
Maktab esa avvalgi vaqtlarda bir otxonadan iborat edi. Bir xalfa o‘zidan katta tayoq
ushlab, boshi, oyog‘i yo‘q kitoblarni o‘qutub, bekor umrlarini o‘tkazur edilar. Hozirda
esa o‘shal maktablar kundan-kun yo‘qolub, o‘rniga muntazam usuli savtiya maktablari
ochilmoqda va xalq xiyla rag‘bat etmoqdadur.
Ya’ni maktab ishlari avvalda xarob bo‘lsa-da, hozirda yaxshi yo‘lga kirub
bormoqdadur.
Ziroat:
Avvallari qandog‘ yaxshi bo‘lsa, so‘ng kunlarda va so‘ng yillarda kundan-kun
orqag‘a qarab qadam qo‘ymoqdadur. Masalan: mundan 10 – 15 yil avval bir dehqonni
o‘ziga yarasha yeri bo‘lub, bola-chaqasi bilan ishlab chiqg‘an. Mahsulni bozorg‘a kerak
vaqtida olub tushub, oz-ozdan sotub, bola-chaqalari bilan qish ichi rohat umr o‘tkarur edi.
Ul vaqtlarda bundog‘ behuda isroflik to‘ylar ham bo‘lmas edi. Hozirda esa dehqonlar
hammasi yoz-qish tinmay ishlab-ishlab, boylarg‘a olub borub beradurlar. Boylar
dehqonlarni qo‘llarig‘a 5 – 6 pul berub: «Bor, yo‘qol! Qishloqqa chiqub ishingni qil!» –
deb so‘kub yuborurlar, dehqonning peshona terini oquzub ishlagan paxtasining pulini
qandog‘ joylarg‘a sarf bo‘lishini keyin-da yozarman. Hozirda yoshlarning va yosh qalam
sohiblarining ziroat to‘g‘risida yozmoqlarini o‘tunub qolaman. Yozayluk, qarindoshlar,
ziroatdan! Yozayluk, qarindoshlar, iqtisoddan! Alar bo‘lsa, maktab ham bo‘lur, ilm ham
bo‘lur. Dehqonlar boylar qo‘lidan qullik, asirlikdan qutulsa, hammasi bo‘lur.
Yozayluk, qarindoshlar!..
___________________________
Ilk bor «Sadoi Farg‘ona» gazetasining 1914 yil 10-, 13-, 23-sonlarida «Cho‘lpon»
imzosi bilan e’lon qilingan. Keyin 2000 yili «Turkiston matbuot tarixi (1870 – 1917)»
kitobida qayta nashr etilgan.
«Sadoi Farg‘ona» gazetasi asosida nashrga tayyorlandi.
289
Ziroat – ekin ekish, dehqonchilik.
Darj qilub – qayd etib.
Manbatlik – unumdorlik.
«Sado»miz – «Sadoi Farg‘ona» gazetasi nazarda tutilmoqda. 1914 – 1915 yillarda
Qo‘qonda ma’rifatparvar tadbirkor Obidjon Mahmudov noshirligi va muharrirligida
nashr etilgan.
«Oynak»imiz – M.Behbudiyning «Oyna» jurnali nazarda tutilmoqda. 1913 – 1915
yillarda chiqarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |