Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)


 KÖŞE YAZISI METİNLERİ (ÖZBEK TÜRKÇESİ)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

3.2. KÖŞE YAZISI METİNLERİ (ÖZBEK TÜRKÇESİ) 
3.2.1.
 
 Andijonda Yangi Bonk (1914) 
Andijonda, musulmon qit’asinda, «Devoni Matqobil shirkat bonki», ya’ni 
«vriminniy kridit» ochmoqg‘a qaror berildi. Hozirgi a’zosi 180 nafar bo‘lub, 130 dan 
ziyodasi musulmonlardur. Sarmoyasi 28 ming so‘mdur. Mashvarat a’zolari olti nafar 
bo‘lub, yarmi musulmonlardan: Eshonxon maxzum Odilxo‘ja o‘g‘li, Zunnunboy 
Qutlug‘boy o‘g‘li, Mirhaydarboy Mirkomil o‘g‘lilaridur. Idora a’zolar 3 nafar rusdur. 
Azbaski, bizg‘a zamonag‘a taalluqdor, ilmdan xabardor kishi yo‘qdur. Taftish a’zolari 
uch nafar bo‘lub, biri Sa’dullaxo‘ja Tursunxo‘ja o‘g‘li janoblaridur. Bonka kelar hut 
oyinda* ochilsa kerak. Ushbuni vujudga kelishig‘a mazkur muhtaram musulmonlar va 
alarni yordamchilari sabab bo‘ldilar. Bonka bo‘lmasun deganlar-da bor ediki, ularni 
«Oyna» idorasindagi «Mush»g‘a havola qilduk. 
«Oyna» jurnalining 1914 yil 18 yanvardagi 13-sonida «Abdulhamid Sulaymoniy» 
imzosi bilan bosilgan. Birinchi marta adabiyotshunos Rustamjon Tojiboyev tomonidan 
topilib, 1993 – 1994 yillarda respublika gazetalaridan birida e’lon qilingan. 
Hut oyi – quyosh yili hisobidagi oy, fevral-mart oyiga to‘g‘ri keladi. 
3.2.2.
 
Andijondan Maktub (1914) 
Andijonning mashhur milyunuri Mirkomil afandi haqinda «Vaqt»da* bir maqola 
yozilgan edi. O‘shal maqolani «Vaqt»dan «Tarjimon»*, «Tarjimon»dan 14-raqamli 
«Oyna»ga* ko‘churuldi. «Oyna» ham o‘z tarafidin «muborak bo‘lsun» dedi. Ushbu 
bobda biz ham bir nimarsa etmoqchi bo‘lamiz: o‘tkan yoz Mirkomil afandi tabiblar 
tavsiyasi ilan Veyona, Berlin va Parij va boshqa ba’zi Ovrupo poytaxtlariga bordi, ammo 
na sababdandurki Istanbulga borgan yo‘q. Endi kelayluk ovrupolilardan ibrat olmoqg‘a, 
ushbulardan ibrat olub, janob boy o‘zlariga maxsus bir oftomobil olub, minib yurodurlar. 
Boshqa o‘rnak hozirda yo‘q. Xastaxona, madrasa va jome bo‘la turg‘an bo‘lsa, Andijonda 
Kultepa degan bir ochiq maydon bor edi. O‘shal Kultepani olgan emishlar degan so‘z bor. 
Jome solar emishlar deb mish-mish xabarlar bor, ammo ma’lum emas. Ehtimolki, mundin 
keyin bo‘lsa, yoshrulub qolmasunki, Andijonda bir maktab bino etdurdilar. 
Muallimlikg‘a katta madrasa mutavallisining muovini tayin etildi. Ul muallim afandi har 


280 
vaqt Andijonni taraqqiyparvar yoshlarini so‘kub yuraturg‘an bir kishidurlar. 
O‘qutaturg‘anlari eski usuldir. «Vaqt» va «Tarjimon» va ondin «Oyna»da yozilgan jome, 
xastaxona va maktabdan alhol asar yo‘qdur. Balki, avvalgi xabar boy afandining ishratlari 
ila bo‘lgandur. Ul-da ma’lum yo‘q. Xayr biz ham dermizkim: «Muborak bo‘lsun!» 
«Oyna» jurnalining 1914 yil 19 fevraldagi 17-sonida «Quyon» taxallusi bilan e’lon 
qilingan. 
«Vaqt» – XX asrning 10-yillarida tatar ma’rifatparvari Fotih Karimov tomonidan 
nashr etilgan gazeta. 
«Tarjimon» – 1883 yildan Bog‘chasaroyda I.Gasprinskiy muharrirligida uning 
vafoti (1914)ga qadar qrimtatar tilida nashr qilingan gazeta. 
«Oyna» – 1913 yil avgustidan 1915 yil iyuniga qadar Samarqandda M.Behbudiy 
muharrirligi va noshirligida o‘zbek va tojik tillarida nashr qilingan jurnal. 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish