1945-1991 yillarda SSSR Reja: Kirish 1. SSSR ning tashkil etilishi 2. SSSR ning industrlashtirishi 3.20-30 yillarda SSSR ning tashqi siyosati 4.Kollektiv xavfsizlik tizimini vujudga keltirish muammosi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Bolsheviklar partiyasi har bir millatga o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini berish haqidagi va’dasidan tez orada voz kechdi.Sovet davlati (RSFSR) rahbarlari sobiq Rossiya imperiyasi hududini mumkin qadar yana avvalgi chegaralarda saqlab qolishga urindilar. Xo‘sh, nega shunday bo‘ldi? Bolsheviklar fikricha, birinchidan, yagona imperiya saqlanmasa, Rossiya jahon inqilobi tayanchi va harakatlantiruvchi kuchi bo‘lishdek strategik vazifaning uddasidan chiqa olmas edi. Ikkinchidan, dunyoda faqatgina mehnatkashlar davlati bo‘lgan bolsheviklar davlati, ularning o‘z so‘zlari bilan aytganda, kapitalistik qurshov siquviga bardosh bera olmaydi. Bolsheviklar o‘zlarining bu maqsadlari yo‘lida hech narsadan qaytmadilar.
1922-yilning 30-dekabrida to‘rtta respublika yagona davlat — SSSRga
— Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqiga birlashdilar. Bular: RSFSR,
Ukraina, Belorussiya va Zakavkaze Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi Ozarbayjon, Armaniston va Gruziyani birlashtirgan edi. Ularning
vakolatli vakillari syezdi (SSSR sovetlarining I syezdi) 1922-yilning 30-
dekabrida SSSR tuzilganligi haqida Deklaratsiya va Shartnoma qabul qildi.
1924-yilda esa bu yangi davlatning Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Sobiq SSSRdan tashqari boshqa davlatlar tarixshunosligida bu davlat
Qizil imperiya deb ataladi. Sovet davlati qon to‘kish hisobiga vujudga
kelganligi uchun ular o‘z bayroqlarini qizil rangda tanlagan edilar. Qon
rangi bolsheviklar tuzgan imperiyaga nisbatan ham ishlatilgan.
Bu imperiya 1940-yilgacha boshqa millatlar haq-huquqlarini poymol
qilish hisobiga kengaya bordi. Ular Turkistonni 5 ta «davlat»ga bo‘lib
yubordilar. Bu yerda O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston
va Qozog‘istonni tuzdilar. 1925—1936-yillar oralig‘ida ular birin-ketin «ixtiyoriy ravishda» qizil imperiya tarkibiga kiritildi. Bu imperiya 15 ta
«mustaqil», «tenglar ichida teng» respublikalardan iborat edi. Aslida esa
ular Rossiya tarkibidagi mustamlakalar edi. Bolsheviklar (kommunistlar) Qizil imperiya hududida yashayotgan millatlar o‘zligini unutishlari uchun barcha yovuz ishlarni amalga oshirishdi. Biroq bu imperiya tarkibiga kiruvchi hech bir millat, shu jumladan o‘zbek millati bolsheviklar o‘ylab topgan yangi birlik — sovet xalqi bo‘lib shakllanmadi. SSSRning tashkil etilishi Qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish
Sovet hukumati 20-yillarda sotsializm qurish deb nomlangan rejani amalga oshirishga kirishdi.Sobiq Sovet davri tarix kitoblarida bu reja «sotsializm qurishning lenincha
plani» deb ataladi va uch qismdan, ya’ni mamlakatni industrlashtirish,
qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish va madaniy inqilobni amalga oshirishdan
iborat edi.Bolsheviklar (kommunistlar) partiyasining 1925-yilda bo‘lib o‘tgan XIV
syezdi industrlashtirish yo‘lini e’lon qildi. Industrlashtirish, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishni yaratish jarayoni degani edi. Bu jarayon, eng
avvalo, og‘ir sanoatni (energetika, metallurgiya, mashinasozlik, neft kimyosi
va boshqalar) rivojlantirishni ko‘zda tutardi. Chunki, davlat rahbarlari
fikricha, bu sohalarni rivojlantirmay turib «kapitalistik qurshov»ga qarshi
turib bo‘lmas edi. Bu maqsadga erishish yo‘lida yangi iqtisodiy siyosatdan
ham voz kechildi. Xo‘jalikni boshqarish o‘ta markazlashtirildi.
Xalq xo‘jaligi «besh yillik planlar» deb atalgan direktiv rejalar asosida
faoliyat ko‘rsatadigan bo‘ldi. Hukumat o‘z maqsadini ro‘yobga chiqarishni
qattiq repressiya siyosati bilan qo‘shib olib bordi. Mamlakatda amalda qullik
mehnati joriy etildi. Bu tadbirlar o‘z samarasini bermay qolmadi.
1929—1937-yillar oralig‘ida jami 6 mingga yaqin yirik sanoat korxonasi
(yiliga 600—700) qurildi. 1937-yilga kelib Sovet davlati sanoat mahsuloti
ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda AQSH dan so‘ng ikkinchi o‘ringa chiqib
oldi. Chetdan 100 turdan ortiq mahsulot sotib olinmaydigan bo‘ldi va texnikiqtisodiy jihatdan boshqa davlatlarga qaramlikdan qutuldi. Biroq shuni ham ta’kidlash adolatli bo‘ladiki, Sovet davlati sanoat mahsuloti ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda 2-o‘ringa chiqqan bo‘lsa-da, aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarishda boshqa buyuk davlatlardan ancha orqada qolgan edi. Qizil imperiya o‘zining butun umri davomida
ana shu qoloqlikni bartaraf eta olmadi. Bolsheviklar partiyasining XV syezdi 1927-yilda qishloq xo‘jaligini to‘la kollektivlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qishloq 30-yillarning oxirigacha to‘la kollektivlashtirildi. Ular o‘zlarining bu siyosatini qishloqni sotsialistik asosda qayta qurish, deb atadilar. Xo‘sh, kollektivlashtirish
nima edi? Kollektivlashtirish natijasida qishloqda yakka tartibda faoliyat yurituvchi
o‘rtahol dehqon xo‘jaliklarini tugatib, ularning o‘rnida qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini kollektiv (jamoa) mehnat asosida yetishtiruvchi xo‘jalik
(kolxoz deb atalgan) vujudga keltirildi. Jamoa xo‘jaligining yeri davlatniki edi. Davlat yerni kollektiv xo‘jaliklarga tekinga ijaraga berdi. Jamoa xo‘jaligi xo‘jalik hisobi asosida faoliyat yuritdi. Davlat yeridan foydalanganligi uchun hamda topgan daromadlari yuzasidan davlatga soliq to‘lagan. Aholi biror-bir tabaqasining xususiy mulk shaklida yeri bo‘lmagan. Industrlashtirish Kolxoz o‘ziga berilgan yerda davlat rejasiga ko‘ra mahsulot yetishtirgan.Mahsulot davlat tomonidan qat’iy belgilangan narxda sotib olingan. Soliq to‘lovidan hamda mahsulot yetishtirish uchun yil davomida qilgan xarajatlaridan ortgan mablag‘ kolxozning mulki bo‘lgan.
Kolxoz o‘z ixtiyori bilan mahsulot yetishtira olmagan. O‘z ixtiyori bilan
mahsulot sota olmagan. Shuning uchun ham sobiq qizil imperiya o‘z aholisini
sifatli, zarur qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘la ta’minlay olmadi va
chetdan sotib olishga majbur bo‘ldi. Kollektivlashtirish shafqatsiz jazo
qo‘llash yo‘li bilan olib borildi. Mulkdorlar o‘z mulklarini kolxozga
topshirishni istamaganliklari uchun ular qatag‘on qilindi. Mol-mulklari esa
tortib olindi. Qishloq aholisi o‘z chorva mollarini kolxozga topshirmaslik
uchun ko‘plab miqdorda so‘yib yubordi. Bu esa chorvachilikka o‘nglab
bo‘lmas darajada ziyon yetkazdi. Dehqonlar majburan kolxozlarga birlashtirila boshlandi. Bunga qarshi dehqonlarning 1930-yilda 1600 marta qurolli
chiqishlari bo‘lib o‘tdi. Kollektivlashtirish jarayonida jami 9 mln kishi
quloq qilindi.Xususan, O‘zbekistonda quloq qilinganlarning katta qismi Ukrainaning
Xerson viloyatiga surgun qilindi. U yerda ular paxta yetishtirishga majbur
etildi. Qolgan dehqonlar jon saqlash maqsadida kolxozlarga kirishga majbur
bo‘ldilar.Majburiy kollektivlashtirish oqibatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
yetishtirish keskin ravishda kamayib ketdi. Natijada 1932—1933-yillarda
ocharchilik bo‘ldi va 5 mln dan ortiq kishi ochlikdan qirilib ketdi.
Kollektivlashtirish natijasida dehqonlar soni uchdan bir qismga kamaydi,
jami g‘alla yetishtirish amalda ko‘paymagan bo‘lsa-da, davlatga g‘alla sotish
1937-yilga kelib 1928-yilga nisbatan 3 baravar ko‘paydi. Bunga qishloq
aholisini xonavayron qilish hisobiga erishildi. O‘zbekistonda paxta
yetishtirishni ko‘paytirish hisobiga Sovet davlatining paxta mustaqilligi
ta’minlandi.Madaniy inqilobning asosiy vazifasi eski tuzumdan meros qolgan madaniy qoloqlikni tugatish,sotsialistik ziyolilarni shakllantirish, madaniyatni partiya siyosatiga bo‘ysundirish va jamiyatda yagona mafkura — kommunistik mafkura hukmronliginiqaror toptirishdan iborat bo‘ldi.Bolsheviklar yangi sotsialistik madaniyat asosini marksistik mafkura tashkil etadi, deb hisoblardilar. Binobarin, sotsialistik madaniyat proletariatning (ishchilarning) sinfiy kurashi vazifalariga xizmat qilishi zarur edi. Bolsheviklarning madaniyat sohasidagi siyosatiga ziyolilar qarshi turdilar. Ular aholining 2,2 foizini tashkil etardi. 1917-yilda ziyolilarning 10 foizdan kamrog‘i bolsheviklar partiyasi, bir qismi kadetlar va liberal sotsialistlar