Mavzu: Yoshlik jurnalidagi yangi asarlarga munosabat bildirish



Download 1,28 Mb.
Sana09.06.2022
Hajmi1,28 Mb.
#649027
Bog'liq
2 5465341095271471974

Mavzu: Yoshlik jurnalidagi yangi asarlarga munosabat bildirish

Reja: 1. Yoshlik jurnali haqida 2.Yoshlik jurnalidagi maqolalar 3.Yoshlik jurnalidagi asarlar tahlili

Matbuot tili leksikasi eng tez o‘zgaruvchi va jamiyat tomonidan eng samarali qabul qilinuvchi sath hisoblanadi. Bu ustunlik (yoki imtiyoz) nashr­larning davriy ekanligi tufaylidir. To‘rtinchi ho­kimiyat maqomini olgan OAV zimmasiga yuqoridagi ustunlik-imtiyoz o‘quvchilari auditoriyasi, demakki, jamiyat a’zolarining umumiy saviyasiga javobgarlikni ham yuklaydi. Zotan, matbuot ijtimoiy ongni o‘zgartirishga, o‘zga yo‘nalishga solishga qodir. Bu esa barcha tub burilishlar ibtidosidir.

“Yoshlik” jurnali milliy matbuotimizning kishilik jamiyatiga doimiy va faol ta’sir ko‘rsata, ijtimoiy tafakkur shakllanishi va yo‘nalishini nazorat qila, o‘quvchilar auditoriyasi aro ommaviy muloqot o‘rnata olayotgan asosiy nashrlaridan biri sanaladi. O‘z o‘rni va mavqeini tobora kengaytirib borayotgan jurnal boshqa adabiy nashrlardan o‘ta talabchanligi, muharrirlik ishini zargarona olib borishi bilan ajralib turadi. Shu bois unda asar chiqarish mushkul. Bosilgan asar esa zumda ommalashadi.

“Yoshlik” 2012 yil davomida taqdim etib borgan asarlar hayotiy ko‘lami kengligi, murakkab insoniy taqdirlarni, qahramonlar ruhiyatidagi cheksiz tovlanishlarni voqealar asnosida ko‘rsata bilishi nuqtai nazaridan har qanday sinovga bemalol dosh beradi. Ularda qahramonlar kechinmasini tasvirlash, obrazlar yoki hikoyachi kayfiyati ifodasini berishdan ko‘ra, shu tuyg‘ularning paydo bo‘lish jarayoni va ildizlarini ko‘rsatishga ko‘proq e’tibor qaratilgan. Jurnalda chop etilgan qissalarga muallif pozitsiyasi bo‘rtib turmasligi, hissiyot voqealar qa’riga berkitilishi, qahramonlar esa harakatda kashf etilishi xosdir. Luqmon Bo‘rixon, Ismoil Shomurodov, Istam Hamroyev, Dinora Rahimova, Akbar Mirzo, G‘ozi Rahmon va Zulfiya Misbaxlarning asarlari zamonaviy o‘zbek nasrining diqqatga loyiq namunalari hisoblanadi. Qissa qahramonlari individual fe’l-atvorga ega jonli odamlardir. Bu tirik odamlarning xatti-harakatlari, gap-so‘zi o‘ziga xos, ularda ijodkorlarning san’atkorligi namoyon bo‘lgan.

Yoshlik” jurnalida chop etilgan qissalarni kuzatgan kishi o‘zbek adabiyotida jahon adabiyoti namunalari bilan bemalol bellasha oladigan saviyadagi asarlar bor va juda ko‘pligiga guvoh bo‘ladi. Tahririyat asarlarni juda sinchiklab tanlaydi, muharrirlik malakasiga ega o‘quvchi sifatida o‘qib, pichoqqa ilinganini: asar syujeti o‘quvchi kutmagan tarzda yakunlangan, biz har kuni ko‘radigan odamlarning biz ko‘p-da ko‘ravermaydigan qirralari bo‘rtib turgan, ya’ni el qatori odamning el qatori bo‘lmagan tomonlari yoritilgan asarlarni oladi. Ismoil Shomurodovning “Kultepada kechgan hangomalar” qissasi shunday asardir. Asar “Qishloqdagi yagona jinoyatchi Nurmon – “Shilliqqurt” beshinchi marta qamalib chiqqach, … halol yashashni” odam qilgani bilan boshlanadi. Ammo “… uning “halol yashash” tushunchasi jamoa qarashlari bilan ayro ekan”.

Shuningdek, Istam Hamroyev qalamiga mansub “Tazarru” qissasi ham badiiy mantig‘i bilan kishi e’ti­borini tortadi. Ko‘ngli istaganiday yashash u qadar oson, yoqimli emasligi chavandoz obrazi misolida ko‘rsatib berilgan. Qissa qahramonlari tirik odamlar, ayniqsa, chavandozning onasi Bozorgul yaxlit, to‘laqonli chiqqan. Dinora Rahimovaning “Qishloqdagi buvijonim” qissasi ham samimiy, bolalarga xos beg‘ubor ifoda tarziga ega. Inson ko‘ngliga, uni qiynayotgan og‘riq va armon, orzu-istaklariga daxldor asarlar, qachon bitilganidan qat’iy nazar, ohorini yo‘qotmaydi, hamisha o‘qiladi. Chunki inson yaralganidan buyon tuyg‘ulari, hatto chekadigan iztiroblari deyarli o‘zgarmagan. Jurnalda chop etilgan hikoyalarga bu kabi inson haqidagi iztiroblar tasviri xosdir. Ular shuning uchun ham hayrat va hayajon bilan o‘qiladi, eskirmaydi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish