Aytishlariga



Download 34,09 Kb.
Sana13.07.2021
Hajmi34,09 Kb.
#117974
Bog'liq
Mahmur ijodi



XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida Qo`qon xonligida amaldorlar sinflar mehnatkash xalq ommasini nodonlikda tutishga, diniy taassub, xurofotni kuchaytirishga urinar edilar. Mamlakatni idora qiluvchi hukmron sinf bilan mehnatkash xalq ommasi o`rtasida keskin sinfiy kurash borar edi. Buning ustiga xonliklar orasida urush, talashlar davom etar va bularning butun og`irligi mehnatkash xalqning ustiga tushar edi. Sinfiy kurash madaniy va adabiy hayotda ham davom etdi. Bu kurash reaksion adabiyot bilan demokratik tendensiyadagi adabiyot o`rtasidagi kurash edi.
Reaksion saroy adabiyoti g`oyaviy jihatdan qashshoq, formalistik adabiyot bo`lib, xon saltanatini maqtash bilan shug`illanar edi. Bu adabiyotga qarshi kurash olib borgan demokratik tendensiyadagi adabiyot feodalizm hukmronlik qilgan davrdagi mehnatkash xalqning hayoti va kurashini tasvirlar edi. Bu adabiyot vakillari o`z asarlarida feodal hukmronlarini, xon amaldorlari va ularning malaylarini, umuman amaldorlar guruhini tanqid qildilar. Ana shu demokratik tendensiyadagi adabiyotning vakillaridan biri shoir Mahmur edi.
Aytishlariga qaraganda Mulla Shermuhammad Akmal o`z davrining tanilgan xattotlaridan Turdialining qiziga uylangan. Xattot Turdiali katta naqshdor yozuvlar yozish ishida shuhrat topgan kishi bo`lgan. Turdiali asli, “Hapalak" qishlog`idan bo`lgan va Maxmurning onasi esa ana shu qishloqda tug`ilgan bo`lishi kerak. Maxmurning asli Hapalak qishlog`iga yaqin aloqasi borligini uning o`zi “Hapalak” she’rida ko`rsatib, u she’rga “Dar sifati qishloqi Hapalak”ki, Maxmur Maxdum taalluq yoft” (Maxdum Maxmur aloqador bo`lgan Hapalak qishlog`ining sifatida), deb Maxmur taxminan XVIII asrning oxirgi choragida Qo`qonda tug`ilgan. U oilaning bosh farzandi edi. Uning asli nomi Maxmud bo`lib, Maxmur adabiy taxallusidir.

Maxmud madrasai Mirda o`qigan. U yoshlik chog`laridanoq adabiyotga qiziqib, keyinchalik o`zining o`lmas asarlarini yaratgan. Shoirning bolalik, yoshlik chog`lari to`g`risida yetarlicha ma`lumot hech qaysi manbada keltirilmagan. Lekin uning yoshlik chog`laridayoq adabiyotga qiziqqani, she`rlar yoza boshlagani va uning bu she’rlari adabiyotshunoslar diqqatini o`ziga jalb qilganligiga guvohlik beruvchi quyidagi bir voqeani hikoya qiladilar:



Maxmur o`z otasi Akmal bilan birga bir guruh shoirlar majlisida bo`layotgan she’r bahsida ishtirok qiladi. Shoirlar unga uncha ahamiyat bermaydilar. She’r o`qish navbati Maxmurga keladi va u o`zining bir she’rini o`kib beradi. She’rning mazmuni Maxmurning iste’dodli yosh ekanini ko`rsatib turardi. Shundan so`ng majlisdagi shoirlar unga ofarinlar aytadilar.
Mahmurning otasining asl ismi Mulla She`r bo`lib, u Qo`qon shahri yaqinidagi Boytuman qishlog`idan tug`ilgan va keyinchalik Qo`qonga kelib qolgan. Akmal uning taxallusi hisoblanadi va u bu taxallus bilan she`rlar yozgan. Mulla Sher Akmal Qo`qon shahridagi Madrasai Mirda dars berar edi. Mana shunday oilada hukm surgan muhit va shoirga olloh tomonidan berilgan iste`dod va adabiyotga bo`lgan qiziqish uning ijodkorlik qobiliyatining shakllanishi va yana ham rivojlanishiga xizmat qildi.
XIX asr boshlari Qo`qon adabiy hayotida ko`zga ko`rinarli o`rin tutgan, o`zbek va fors tillarida she’rlaridan ikki devon tartib etgan. Akmal Amir Umarxon saroyida to`plangan ko`psonli ijodkorlar jumlasidan bo`lib, she’riyat muxlislari o`rtasida nom chiqargan va shu bois Fazliy Namangoniy tuzgan "Majmuat ush-shuaro" tazkirasida bir necha bor hurmat bilan tilga olingan, asarlaridan namunalar keltirilgan. Maxmur yosh chog`idan boshlab otasi tashabbusi bilan uyushtirilgan mushoiralarda, adabiy suxbatlarda ishtirok etish imkoniga ega bo`ldi. Bu haqida yuqorida ham aytib o`tildi. Maxmurning Qo`qondagi Madrasai Mirda chuqur tahsil olish jarayonida fors tilini mukammal egallaganligi ma’lum, uni tugatgandan keyin, o`zi qayd etganidek, ma’lum muddat sarbozlik-sipohiylik qilgan. Bu haqida Maxmur o`z she’rlarining birida an’anaviy faxriya uslubida "ham ilm-u fanda, ham sipohlikda moxiram, jang kunida botir qahramonam", deb g`ururlanadi. Xuddi shu o`rinda o`zining "she’r ilmidagi" mahorati haqida so`z yuritadi. Bir namunada oilasi va uch farzandi borligi to`g`risida so`z yuritsa, bir qator she’rlarida shaxsiy hayotidagi yetishmovchilikdan shikoyat qiladi, moddiy qiyinchilikdan nola qiladi, turmush tashvishlari yuzasidan fig`on chekadi. Shoir Qo`qon xoni Amir Umarxon nomiga yozilgan she’riy arizasida o`zining nihoyatda og`ir iqtisodiy sharoitini quvonch bilan bunday tasvirlaydi:
Kechalar yotgani na ko`shim bor,
Kunduzi ichgani na no`shim bor.
Bir hovuch na uyimda g`allam bor,
Ikki gaz na boshimda sallam bor.
Boshimda gaz desamki, sallam yo`q
Salla desam uyimda g`allam yo`q!
Maxmur hayotda botirso`z, dovyurak, qo`rqmas kishi bo`lgan, tabiatan munofiqlik va riyokorlikni, ayni zamonda qat’iy qoralovchi, xiyla-nayrang va qing`ir ishlarni yoqtirmaydigan, nozikdil va serjahl, o`z qadr- qimmatini yuqori tutuvchi inson bo`lgan. Shoir tabiatidagi bu belgilar bir qator zamondoshlari va yuqori lavozimdagi amaldorlar bilan sovuq munosabatlarni shakllantirganidek, ijodida shaxsiy yo`nalishdagi turkum hajviyalarning yaratilishiga ham turtki bo`lgan.
Buning ustiga Mahmur feodalizm davridagi hayotning butun jabru jafolarini boshidan kechirdi. Shoir o`z zamonida xalqparvar olimlar, donolarning nihoyat o`g`ir hayot kechirganliklarini, feodallar, boylar xon amaldorlari qo`lida esa hisobsiz boylik to`planganligini ko`rib, nihoyat g`azablanadi oddiy xalqning qadr-qimmatga ega bo`lmagan hayoti shoir qalbini tirnaydi. O`z davridan norozi bo`lgan shoir shunday shikoyat qiladi:

Qaysi bir zulming etay te`dod ey garduni dun,
Kim sening bedodu javring haddu g`oyatdin burun,
Behunar johilga berding beadad dunyoi dun.
Jam`i donolarni qilding holini zeru zabun,
Zog`ni a`lo qilib, to`tini nodon aylading.

Mahmur ana shunday zog`lar farog`atda, donolar kulfatda yashagan bir davrda umr kechirdi. U johillar, feodallar, xon amaldorlari boylik egasi bo`lib, keng xalq ommasi va uning manfaatini ko`zlagan olimlar, donolarning xoru zor bo`lganidan qattiq afsuslanadi. Shoir o`zining bu kabi she`rlarida feodalizm davridagi ijtimoiy voqelikni tasvirlab, adolatsizlikka, jabr-zulmga qarshi keskin norozilik bildiradi.
Mahmurning she`rlarida kuylangan fikr- hislar faqat shoirninggina emas, balki o`sha davrdagi barcha ilg`or kishilarning noroziligini ifodalovchi fikr-hislar edi.
Mahmurning o`zi ham ana shu jabr-zulm ostida bo`lgan xalq vakillari kabi feodalizm tuzumining o`g`ir iskanjasi ostida qiynalib hayot kechirdi va muhtojlik uning ijod namunalarida ham aks ettirildi.
Maxmurning oilasi haddan tashqari og`ir iqtisodiy qiyinchiliklarda yashagan. Shoirning bolalari och va hatto Hayit kunlarini ham kiyimsiz yalang`och o`tkazganlari haqida zorlanib Maxmur o`zining bir she’rida bunday deb yozadi:
Har se atfoli duogoyi, ki hazrat donand,
Har sero banda tasadduk, kunam az hazrati jon.
Ro`zi idast nadorand libose har se
Onchi zodand zamon nav hamon, tara hamon;
Tarjimasi:
Bu duogo`yning har uch bolasiki, hazrat biladilar, Har uchalasini men jonimning eng qimmatli joylaridan sevaman.
Bugun bayram kuni har uchchovida ham biror xil kiyim yo`q
Qanday holda tug`ilgan bo`lsa, hozir ham o`sha turda, o`sha tarzda.
U o`z bolalarining och qolganini ko`rib yuragi ezilar, o`zining qattiq muhtojliklar ichida yashaganidan ma’yuslanar edi. Maxmur o`zining bir she’rida o`zining xon qo`shinida harbiy xizmatda ham bo`lganini aytadi (ayladi bandazod kulni sipoh). Uning xonning vaziri Qosim beklar begiga yozgan ariza shaklidagi she’ri shoirning chidab bo`lmaydigan mashaqqatli turmushini aks ettiradi. SHoir oilani boqish, og`ir turmushdan qutulish maqsadida vazirdan moddiy yordam so`rashga majbur bo`lganini ko`rsatib bunday deb yozadi:
Osafo, avqot ilgida ado bo`ldim vazir.
Muflisu qalloshlikdan g`amzado bo`ldim, vazir,
Uch
bola-ki non topolmay benavo bo`ldim, vazir, Misli soyillar kabi sohib nido bo`ldim, vazir.
Shoir o`zining xo`rlangani, tubanlar oldida tiz cho`kishga majbur bo`lganidan zorlanib, boshqalarning sira ham bunday ahvolga tushmasliklarini orzu qiladi, o`z turmushidan bezib, bunday deb yozadi:
Hech kishi olamda mendek tolib, non bo`lmasin,
Non so`rog`ida xaloyiq ichra sarson bo`lmasin, Matbaxi osaf aro har kecha tovon o`lmasun,
Xo`sha chiyni xoni ne’matbaxshi inson bo`lmasin,
Nega ko`rmay oqibatni kadxudo bo`ldim, vazir.
Bu misralarda vazirga qilinayotgan arzga qaraganda o`z og`ir axvolidan nolish, pushaymon qilish va xo`rlik alomatlari ko`prokdir.

Maxmur bu she’rida bolalarining ochlik azobida qiynalganligini zo`r yurak dardi va alam bilan tasvirlaydi, bir qizi va ikki o`g`lining ertalab uyqidan non deb uyg`onganini aytib yuragi eziladi.

Subhkim partav urar dahr ichra mehri xovari Non deb o`rnidin turar bir xohar, ikki dodari.

Maxmur yana boshqa bir she’rida qahraton kish kunlarida uy-joysiz qolganini, uyida na un va na yarimta kulcha non ham yo`k ekanini aytadi.

Bir she’rida shoir Uz xolatini bunday deb tasvirlaydi:

Zi yaksu g`ussai davri, ey yak su ranchi Maxmuri,

Zi yak ro` zahmati avqot, ey yak ru raxmati zan xam.

Ba bazmi abtari iflos faxri foqa bindastam


Zi dasti soqii davron chashidam jomhoi g`am

Tarjimasi:


Bir tomondan davr g`ussasi, bir tomondan maxmurlik azobi,

Bir tomondan vaqt zahmati, bir tomondan xotinimning vafoti.

Noobodlik, qashshoqlik, bazmida kambag`allikning to`rida o`ltiribman,

Davron soqiysining qo`lidan jomlarda g`am ichmoqdaman.

Maxmurning iqtisodiy ahvoli ana shunday edi. Uning faryodlariga hech kim quloq solmas, feodal aristokratiya shoirni shunday muxtojlik changalida tutar, uni ruhan azoblar edi. Ushbu misralar Maxmurning ayanchli hayotining yaqqol kartinasidir.

Bu she’riy parchalardan ko`rinib turadiki, Maxmur moddiy kiyinchiliklarda yashagan, u xon amaldorlari tomonidan hech kanday iltifot ko`rmagan. Bu to`g`rida uning o`zi Umarxonga yozgan bir she’rida bunday deydi:

Na maro kasb, na dar dast hunar g`ayr va she’r,

Na maro yovare, na dodare gayr az-shon.

Na maro g`alla zi ahdi tu rasid, na choma,

Na maro boisi avqoti amal haot ayon.

Tarjimasi:

Mening she’r yozishdan boshqa qo`limda na bir kasb, na bir hunar bor,

O`shandan boshqa menda na biror yovar, na qarindosh bor.

Sening davlatingda menga na biroz g`alla, ust-bosh tegdi,

Na mening umr o`tkazishimning boisi ma’lum bo`ldi.

Shoir Maxmurning o`z she’rlarini o`zbek va tojik tillarida yozishi uning har ikkala tilni ham mukammal bilganini ko`rsatadi, U o`z atrofini o`ragan, johil va nodon kishilarga qattiq g`azab bilan qarar edi. O`zining Umarxon nomiga yozgan bir she’rida atrofini o`ragan joxil kishilar muhitidan bezishini aytib, shikoyat qiladi.

Agar ba go`shai mashme ba sun man nigari

Shavam saromadi arkonu, sarvari fuzalo.

Shaho, zi dasti kamin banda harchi meoyad,

Zi ilmu fannu, sipoxiy-u, xoh g`ayri xumo...

Agar amiri chahongir hastam fazoili man


Karik yofta sozaid roziam, ammo
Chunonki vay buvad az har funun chu man Vomiq
Zi ilmi she’ru ta’rixu, daftarim imo.

Tarjimasi:


Agar ko`zingni qiri bilan mening tomonimga qarasang
O`z tengqurlarimning ko`zga ko`ringani, fozillarning sarvariman
Ey shoh, bu past qulning qo`lidan har ish keladi
Ham ilmu-fanda, ham sipohlikda, ham boshqalarda.
Agar jahongir amir mening fazilatlarimga
Sherik bo`la oluvchi kishini topsa, roziman.
U har bir fanda men kabi Vomiq bo`lsa
Ham she’r, ham ta’rix, ham imo daftarida.
Bu she’r shoirning ilmi va fazilati yuqori darajada bo`lganini bildiradi. Lekin shunday bo`lishiga qaramay, shu ilmga yarasha obro` va qimmatga ega bo`lmadi. Uni aristokratlar xo`rladilar, kiyimsiz, ovqatsiz qorldirdilar. O`z qadriga yetishni xondan so`ragan shoir albatta ijobiy javob ola bilmas edi, chunki xon, Maxmur va u kabi olim kishilarning kulfatli hayot kechirishlariga sabab bo`lgan unsurlarning eng kattasi edi.

Og`ir turmush orqasida Maxmurning ahvoli yomonlasha bordi. Uning ko`knor, nasha chekish bilan shug`ullana boshlagani ba’zi she’rlarida ko`rsatiladi (Masalan “Imshab”) Maxmurning bu kamchiligi to`g`risida Fazliy

“Majmuai shoiron”da kinoya va zaharxanda bilan so`zlaydi. Doimiy muhtojlik, mashaqqat ichida yashagan shoir, davridagi mashaqqatli hayotni ko`rib turgan va o`z boshidan kechirgan inson undan qutulish yo`lini topa olmadi va shu hayotnng qurboni bo`ldi. Maxmurning qancha umr ko`rgani ma’lum emas. Ammo uning vafoti sanasi Qori Qunduziy Komiyning tarixi orqali aniq qayd etilgan. U Maxmurning hijriy 1279-yilda, milodiy 1844-yilda Qo`qonda vafot etganligini ma’lum qiladi.

XX asming 50-yillarigacha Maxmurning "Majmuat ush-shuaro"da keltirilgan beshtagina g‘azali («Hapalak», «Tarog‘» radifli va boshqalar) hamda Qori Qunduziyning «Tavorixi manzuma» asaridagi ba’zi ta’rix she’rlarigina ma’lum edi, xolos. Adabiyot tarixi bilan shug'ullanuvchi olimlar Maxmurning shaxsiyati, ijodi haqida shu sanoqli she’rlar asosidagina fikr yuritardilar. 50-yilar boshlarida qo‘qonlik aruznavis shoir Charxiy hamda tazkirachi olim Po'latjon Domulla Qayyumovning say-harakati bilan Maxmurning hajviy asarlarini o‘z ichiga olgan qo'lyozmasi topildi. Unda yetmishga yaqin g‘azal, muxammas, masnaviy shakllarida yozilgan hajviy asarlar mavjudligi ma’lum bo‘ldi. 0‘sha yillari yosh olim bo'lgan, hozirda esa akademiklik ilmiy darajasiga erishgan Azizxon Po‘latjon Domulla o‘g‘li Qayumov Maxmurning yangi topilgan asarlari ustida tadqiqot olib bordi. 1956 yili uning tadqiqot va matnlardan iborat «Maxmur» nomli kitobi nashr etildi. Bu kitobning I qismi Maxmur hayoti va ijodiga oid ma’lumot hamda fikrlardan, ikkinchi qismi esa, Maxmur asarlaridan iborat. Maxmur otasi Akmal kabi zullisonayn shoir bo‘lgan. Uning hajviy asarlari ichida fors-tojik tilida yozilgan, ba’zan o‘zbek- tojik tillarida shiru-shakar, mulamma’ usullarida bitilgan she’rlari bor.

Masnaviylarining bir baytini o‘zbekcha, ikkinchi baytini forscha yozgan. Bir she’rni ikki tilda yozish Maxmur ijodiga xos xarakterli xususiyatdir.

U Turdi kabi shoirlar an’analariga ergashib, hamma she’rlariga asar mazmuniga ishora qiluvchi forscha nomlar qo'ygan. Shu jihatlarni hisobga olib, Aziz Qayyumov o‘z kitobida Maxmurning forsiy she’rlari matnining tarjima ma’nolarini ham keltirganki, natijada matn bilan tanishayotgan har bir inson bu she’rlarning mazmuni, mohiyati va badiiyatini tushunib olishda unchalik qiynalmaydi. Kitobda olim «Majmuat ush-shuaro»da Fazliy tomonidan Maxmur sha’niga aytilgan ba'zi noxolis fikrlarning asossiz ekanligini ta’kidlab o'tadi. Maxmurning hajviy asarlarni o‘z ichiga olgan yuqoridagi majmuadan tashqari, turli qo‘lyozma bayozlar, manbalarorqali Hofiz, Soib kabi shoirlar g‘azallariga yozilgan tazmin muxammaslari ham topildi. Jumladan, u shirinzabon lirik shoir Hofizning juda mashhur bo‘lib ketgan


Agar on turki Sherozi ba dost orad dili moro,
Bo xoli hinduyash baxsham Samarqandu Buxororo.

(Agar u sherozlik turk jononi ko‘nglimizni olsa, hinducha xoliga Samarqand va Buxoroni bag'ishlar edim) g'azaliga mahorat bilan tazmin muxammas bog‘lagan. Biroq bizning ko‘z o‘ngimizda Maxmur asosan qalami o‘tkir, tili achchiq hajvchi shoir sifatida namoyon bo'ladi. Shuning uchun ham uning o'zbek mumtoz adabiyotidagi o'rnini hajviy asarlari orqali tayin etish mumkin.

Maxmurning 1956-yili chop etilgan hajviy asarlari majmuasida yettita turkum asarlaridan (har bir turkum ikkita, ba’zan uchta g‘azal va masnaviyni o‘z ichiga oladi) tashqari:

1.Munojat ba dargohi Qozi al-Xojot, mulamma’ muxammasi.

2.Tarifi viloyati Qurama muxammasi.

3.Dar sifati Qosim beklarbegi muxammasi. I

4.Dar hajvi Xo‘ja mir Asad masnaviysi.

5.Dar hajvi domullo Atoi Ashti muxammasi.

6.Avsofi Karimqul mehtar masnaviysi.

7.Dar sifati Niyozcha og‘olik mullama’ masnaviysi.

8.«Dar sifati amir Olimxon ta’rix o‘» hajviy tarixi (masnaviy) kabi asarlari bor. U bu asarlarining anchasini, masalan, masnaviylarining bir baytini o‘zbekcha, ikkinchi baytini forscha yozgan. Bir she’rni ikki tilda yozish Maxmur ijodiga xos xarakterli xususiyatlardan sanaladi. U adabiyotimiz tarixida mulamma’ usulida she’rlar yozishga alohida ruju’ qo'ygan zullisonayn shoirlardandir.

Maxmur hajviyotida uning ko‘z o'ngida sodir bo‘lib turgan voqea-hodisalar, ularning ishtirokchilari real shaxslar ifodalangan. U o‘z zamonasidagi illatlarni-qalloblik, diyonatsizlik, riyokorlik, nodonlik va zulmni nufuzli shaxslar qiyofalari orqali aks ettiradi. Ularning adolatsizliklarini el ko‘zi oldida fosh qiladi. Yuqorida sarlavhalari keltirilgan asarlardan ham ma’lum bo‘lib turadiki, ular ichida o‘lib ketgan Amir Olimxon-u, shoir Fazliydan tortib beklarbegi, qozi, nodon tabib, mehtar og'alik, xazinachi, munshiy kabi amaldoru din arboblarigacha bor. Maxmur hajviyotidagi satirik obrazlar bir- birini to'ldiradi. U hatto qozi, hoji, tabib, mulla, saroy shoiri Fazliy hajviga bag‘ishlab ikkita she'r yozadi. Ba’zi manbalarda esauchta she’r yozgan deb beriladi. Bunday turkumlilik Maxmur hajviyotiga xos alohida xususiyatdir.

Maxmuming turkum, bir mavzuga bir necha hajv bag'ishlangan she’rlari quyidagilardir:


  1. turkum: 1.g‘azali Qozi Muhammad Rajab Avj (monolog- g‘azal). Qozi Rajab o‘zini o‘zi fosh etadi. Bu usulni Maxmurdan avval Boborahim Mashrab hamda Huvaydo «0‘zim» radifli g'azallarida qo‘llagan edilar; 2. «Avsofi Qozi Muhammad Rajab Avj» qozining satirik obraziga shoir Maxmur tomonidan berilgan tavsif, masnaviy shaklida.

2-turkum va boshqa turkumdagi asarlar ham monolog-g‘azal va shoir tavsiflaridan iborat bo‘lib, bir-birini to'ldiradi va har bir o‘quvchida ikki-uch asar orqali bir satirik obraz haqida to'la tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Bular Hoji Niyoz, Loubol 0‘ratepagi, Hakim Turobiy, | Mulla Yoqub Xo‘jandiy, Qozi Xo‘ja Sag‘bon, Fazliy haqidagi asarlardir. Shoir riyokor Mulla Yoqub va Fazliyga atab uchtadan she’r yozgan. Masalan, «Avsofi Qozi Muhammad Rajab Avj» masnaviysida qozining munofiq, riyokor, diyonatsiz shaxs ekanligi, asli andijonlik bo'lib, Yangiqo‘ig‘onda istiqomat qilishi, Qoratepa qishlog'ida qozi ekani aytiladi. Katta qozilik mansabida o‘tirgan bu shaxs johil va badaxloqligi bilan «mashhur» bo‘lgan.
Ajab qoziyi, kohili, johile,
Bo‘lib omiylik «ilmi»ga komile.
Aning ko‘ksini chok qilsang, hama,
G'ilu g‘ishtini pok qilsang, hama.
Adamdur, alif anda ko'p iztama,
Bu narxarni qozi debon sizlama...

Maxmur Muhammad Rajabning tashqi ko'rinishini ham siyratiga (ichki dunyosiga) mos qilib tasvirlaydi. Uning kelbatini Mozandaron deviga o‘xshatadi, ikki oyog'ini Jayhun bilan Sayhun daryolariga ko‘prik qilsa bo‘ladi, deydi. Terakday beo'xshov bo‘yi, ola ko‘zlari, savatday haybatli sallasi odamlarda hayrat uyg‘otishini eslatadi:


Buzub jumla darvozarti sallasi, Eshiklarni vayron qilur kallasi.

«G‘azali Qozi Muhammad Rajabi Avj dar borai xud» monolog- g‘azaldir. Unda Avjning o‘zi o‘z qilmishlari haqida tilga kiradi.

Maxmuming ijodkorlar hamda el orasida mashhur bo'lib ketgan she’rlaridan biri «Hapalak» radifli she’ridir. Mahmurni Hapalak qishlog'ining ayanchli ahvoli, xalqining ocharchilik va qiyinchilik tufayli tortayotgan azoblaridan qattiq iztirob chekkan. «Hapalak» g'azali qishloqning o‘sha vaqtdagi ahvolidan amir Umarxonni voqif qilish, iloji boricha, uning moddiy yordamiga erishish istagi bilan yozilgan. Asami hapalakliklar nomidan hukmdorga yozilgan arznoma desa bo‘ladi. G‘azal tilining, badiiy vositalarining jozibador, ta’sirli bo‘lishidan tashqari, mavzuning hayotiy lavhalar asosida yoritilganligi bilan ham ajralib turadi. Maxmur Hapalakning real tasviri orqali o‘sha davrdagi qishloqlarning xarob ahvoli va unda istiqomat qiluvchi fuqarolarning qashshoqligini umumlashtirgan. Shu ma’noda, «Hapalak» she’ri o‘zbek adabiyotida yaratilgan nodir | asarlardan sanaladi. XIX asrning birinchi yarmida yashab, ijod etgan Muqimiy, Nodim kabi mashhur shoirlar unga tazmin muxammaslar yozganlar.
Ey, jahondori zafar kavkabai dam falak,
Go‘sh qil qissai qishloqi xarobi Hapalak.

Turfa qishloqi g'azab kardaki, parrandalari,

Tovug'i ignachiyu o'rdagu g'ozi — kapalak.
Bor-yo‘q uylarini banda bayon gar qilsam:
Bir katak, ikki kapa, uch olachuq, to ‘rt katalak.
Dema uy, balki, zaminkandur, agar kirsa kishi,
Har taraf beliga urgaylar aning ko'rshapalak.
Xalqini ko'rsang agar o'lasiyu qoqu xarob,
Ochlikdin egilib qomati misli kamalak.
Ajiriq tomirini o‘g‘irida mayda tuyub,
Qaynatib kunda ichar, otini derlar sumalak.
Gar tahorat qilsa qavmi suv topolmay nochor,
Betini qumga yuvib ko'ziga surtar guvalak.
Kecha go ‘yo eshitib shuhrati tillo pulini,
Hapalak qo ‘rqusidin uchdi misoli kapalak.
Ey falak, qadru adolal shiyamu mulki malak,
Marhamat chog'ida rahm ay la baholi Hapalak.
Himmating yo'lida bir turf a karomat qilg'il,
Hapalak boz qo ‘nub joyig'a bo‘lg‘ay hapalak.

Maxmur qo‘ygan nom: «Maxmur Maxdum aloqador bo‘lgan «Hapalak» qishlog‘ining sifatida». Maxmuming yana ikkita xonga arznomadan iborat she’ri bor. Biri g'azal, biri masnaviy. Uning «Ta’rifi viloyati Qurama» muxammasi sayohatnoma tarzidagi asardir. Unda shoiming Qandil dovoni va Qirovchi cho‘li orqali Quramaga qilgan sayohati taassurotlari aks ettirilgan. Qurama yo'llaridagi xarob joylar, cho‘lu biyobonlar, xasis boy-badavlat kishilaming xudbinligi shoir tomonidan afsus bilan ifodalanadi. Muhammas o‘n to'qqiz beshlikdan iborat. Maxmurning bu asari o‘sha davrdagi zamondoshi Dilshod- Barnoning Farg'ona viloyati shaharlari haqidagi muxammasining, XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib esa, shoir G‘urbatning Namangan safari haqidagi sayohatnoma muxammasining, Muqimiy sayohatnomalarining paydo bo'lishiga ta’sir ko‘rsatgan.

Maxmur hajviyotiga mansub asarlar ichida hazil-mutoyiba, chandish orqali o‘ziga yoqmagan shaxsni tanqid qiluvchi yumoristik she’ri ham bor. U satira bilan yumorga xos xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan asardir. U «Avsofi Karimqul Mextar» mavzusidagi masnaviysida mansabdor shaxs Karimqulning Maxmurga ot va’da qilib, unga nihoyatda xarob bir otni hadya etganligi, bu otning kulgili qiyofasi tasvirlanadi.

Garchand yumoristik she’rlar Maxmurgacha ham og‘zaki hajviyotda, ham yozma adabiyotda (Turdi she’rlari) yaratilgan bo'Isa-da hazil-mutoyibaning o'tkirligi, hayotiyligi, kulgi qo‘zg‘atish kuchi jihatidan Maxmur she’rlari darajasida emas edi. Shu bois, bu turkumdagi she’rlar Muqimiyda yumorning muhim o‘rin tutishiga omil bo‘ldi. Muqimiy bevosita Maxmurning shu mavzudagi she’ridan ta’sirlanib, muxammas shaklida «Ot», «Hajvi ot», g‘azal shaklidagi «Bu otingiz», «Otim», «Dar sifati asbi Toji tilgirofchi» asarlarini yaratdi.



Mahmur hajviyotda mubolag'a, bo'rttirish, piching, kesatiq, laqab qo‘yish, kinoya, masxaralash, satirik tavsif, obrazning o‘zini tilga kiritish, syujetli hajviy hikoyalar yaratish kabi an’anaviy usullarni rivojlantirgan, ayrim yangiliklar bilan boyitgan, shular asosida hayotiy, zamonaviy asarlar yoza olgan.







Download 34,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish