3-sinf o'qish kitobidagi she'riy sarlar ustida ishlash
MUNDARIJA
Kirish
I BOB. Badiiy asarni ifodali o‘qish va uning nazariy asoslari
1.1. Ifodali o‘qishda she’riy o‘lchovlarning o‘rni va ohangdorlikni
oshiruvchi vositalar
1.2. 3- sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlarning mavzu ko‘lami
va mazmundorligi
II BOB. 3-sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlarning badiiy
tasviriy ifodaviyligi va leksik-semantik tahlili
2.1. 3- sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlarda qo’llanilgan badiiy
tasviriy vositalar va poetik figuralar
2.2. 3-sinf “O‘qish kitobi” dagi she’riy matnlarning leksik-semantik tahlili
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Ta’lim-tarbiya tizimida uning har bir bo’g’ini muayyan maqsadga yo’naltirilgani kabi boshlang’ich ta’lim, xususan, o’qish darslarida o’quvchilarni erkin fikrlashga o’rgatishi va mustaqil mutolaaga rag’bat uyg’otishiga ko’ra alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalar adabiyoti so’z san’ati va tarbiya vositasidir. Bolalar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos kitobxonlar qalbida o’y –fikrlar uyg’otadigan yorqin obrazlarga boy, yuksak g’oyalarga, ulkan va porloq ishlarga ilhomlantiradigan bo’lishi zarur. Eng muhimi mavzular tushunarli, soda va qiziqarli tilda ifodalanishi kerak. Bolalar adabiyoti yoshlarni imon-e’tiqodli kishilar sifatida va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda mustaqil mamlakatimizning qudratli qurolidir. Faqat qudratli chinakam badiiy asarlargina bolarga kuchli ta’sir ko’rsatib, ana shu yuksak talaablarga javob bera oladi. Shu sababli bunday kitoblar pedagogik nuqtai nazardan ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalar adabiyoti bu vazifani bajarishda badiiy tilga suyanadi. Adabiy asarning tili uning g’oyaviy mazmunini aniq va ifodali ochib berish vositasidir. Yaxshi, aniq, obrazli, ravon, boy til bilan yozilgan asar yozuvchining maqsad va fikrlarini kitobxonlarga tez va oson yetkazadi. Bunday asarlar, ayniqsa, yosh kitobxonni mustaqil fikrlashga, asar g’oyasini to’g’ri anglashga yordam beradi. Boshlang’ich ta’limning “O‘qish kitobi”da berilgan she’riy va nasriy asarlarning poetik xususiyatlari, g’oya va shakl uyg’unligini dars jarayonida chuqur o’rgatib borish o‘quvchilarni badiiy asarning yaratilishi haqidagi tasavvurlarini oshirib, malakalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, 3- sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlarning g’oyaviy mazmuni va badiiy tasviriy ifodaviyligini tahlil va talqin qilish orqali o‘quvchilarning she’riy asarlarni yaratilishi xususida bilimlarini oshirish oqrali, ularni ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirish, adabiyot orqali hayotni sevishni o’rgatish, mustaqil mushohada yuritishga undash mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
O’quvchilarni yuksak e’tiqodli, bilimdon kishilar qilib tarbiyalashda o’quv predmetlari bo’yicha o’tkaziladigan asosiy darslar bilan bir qatorda o’qish darslarining ham ahamiyati katta. Bu darslarning asosiy vazifasi o’quvchida badiiy kitoblarni o’qishga havas uyg’otish, o’qigan kitoblari yuzasidan kundalik yurita olishga o’rgatish, bolalar adabiyotning mashhur adiblari hayoti va ijodlari bilan elementar tarzda tanishtirish, she’riy asarlarni ifodali o’qish usullarini o’rgatishdan iborat.
Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashimizda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo’lagi bo’lgan bolalar adabiyotining ahamiyati ham kattadir. Bolalar adabiyoti o’z oldiga kelajak avlodni jismonan baquvvat, ruhan pok, fikran sog’lom, imon-e’tiqodi butun, bilimi, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tarbiyalashdek katta va murakkab vazifani qo’yganligi bilan ajralib turadi. Tadqiqotning ilmiy-metodik yangiligi boshlang’ich ta’lim tizimida o’quvchilarni she’riy asarlarni ifodali o’qish usullarini, qoidasini o’rgatish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, mantiqiy tafakkur qobiliyatini rivojlantirishda 3-- sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlarning g’oyaviy mazmuni va badiiy tasviriy ifodaviyligini tahlil qilish orqali o‘quvchilarning she’riy asarlarning yaratilishi haqidagi bilim va ko’nikmasini shakllantirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |