Guliston davlat universiteti ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi



Download 7,53 Mb.
bet47/61
Sana08.11.2022
Hajmi7,53 Mb.
#862456
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   61
Bog'liq
portal.guldu.uz-YOG`-MOY MAHSULOTLARINI SAQLASH VA QADOQLASH TEXNOLOGIYASI

Qattiq sovunlardan namuna olish.Qattiq sovun partiyasi deb, bir vaqtda ishlab chiqarilgan, bir xil navli, bir xil nomdagi va bitta korxona ishlab chiqargan va bir vaqtda ishlatishga tavsiya etilgan aniq bir miqdoriga aytiladi.
Sovunlarni sifatini tekshirish uchun ularni ishlab chiqarilgan har bir partiyasidan tahlil qilish uchun namunalar olinadi. Atir sovuni uchun3 % upakovka birligida namuna olinadi. Kir sovun uchun – 1% upakovka birligida namuna olinadi. Har bir partiya uchun olinadigan namuna 3 upakovka birligidan kam bo`lmasligi kerak. Tahlil uchun har bir upakovka birligidan o`rtasidan atir sovun uchun 1 bo`lak, kir sovun uchun esa 3 bo`lak namuna olinadi. Har bir partiya uchun olingan namunalar miqdori (tahlil qilishda) o`rtacha 600 g ni tashkil qilishi kerak. Sovundan namuna olishda metall trubka (uzunligi 100 mm va diametri 5-10 mm) ishlatiladi. Metall trubka yordamida sovun bo`lagidan:
Atir sovun uchun 4 joyidan: o`rtasidan 2 ta va chekka qismlaridan 2 ta namuna olinadi.
Kir sovundan o`rtasidan 1 ta va chekka qismidan 1 ta namuna olinadi.
Sovunlarni tahlili uchun namuna olishni yana bir usuli ularni bo`lagini yarmini maydalash va ularni diagonal bo`lish orqali tahlil uchun kerakli qismini olishdan iborat.
Kunjaradan, shrotdan namunalar olish. Kunjara va shrotdan namunalar olish ularni vagonlarga ortishda yoki tushirishda avtomatik namuna olish uskunalari orqali amalga oshiriladi. Yana namuna olish ombordan kelayotgan kunjara yoki shrotdan vagonlarga tushish joyidan amalga oshiriladi. Namuna har bir tonna kunjara yoki shrot uchun 250 g miqdorida olinadi. Lekin umumiy olingan namuna har bir partiya uchun 2,5 kg dan kam bo`lmasligi kerak. Agar kunjara qoplarga yuklangan bo`lsa, namuna har bir beshinchi qopdan 0,5 kg miqdorida olinadi. Namuna qopdan konussimon shchup yordamida ustki qismidan, o`rtasidan va pastki qismidan olinadi. Olingan namunani umumiy miqdori 1 t uchun 1 kg dan kam bo`lmasligi kerak.
Shrotdan namuna olish har bir 10 chi upakovkadan amalga oshiriladi. Shrotdan ham xuddi kunjaradagi kabi namuna olinadi.
Olingan kunjara 100 mm qalinlikda yoyilib, diagonal bo`lish orqali tahlil uchun 2,5 kg kunjara ajratib olinadi. Olingan namuna laboratoriya tegirmonida teshiklari 3 mm bo`lgan elakdan o`tadigan bo`lguncha maydalanadi.
Shrotni va gorchista kukunini namunasini qisqartirish xuddi yuqoridagidek usulda olib boriladi, lekin ular yanchilmaydi va elanmaydi.
Barcha turdagi moyli urug`lar uchun ishlatilayotgan omborxonalar quruq bo`lishi kerak, pol er osti suvlaridan izolyastiyalangan bo`lishi, devorlar oqlangan yoki bo`yalgan bo`lishi lozim. Tom yomg`ir va qor suvlarini o`tkazmasligi, eshiklar zich yopilishi kerak. Omborxona urug` tashlanishidan oldin barcha chiqindilardan, har xilkemiruvchilardan tozalanishi va mumkin bo`lgan pereparatlar bilan dezinfekstiya qilinishi kerak. Asosiy talab shundan iboratki, omborxona toza, quruq va yaxshi ventilyastiyalanadigan bo`lishi lozim. Saqlashning asosiy usullari yirik o`lchamli urug`lar uchun to`kib saqlash, mayda o`lchamli urug`lar uchun esa qoplarda, maxsus konteynerlarda yoki siloslarda bajariladi.

  1. Kanakunjut (keleshevina) urug`ining saqlanishi. Bu urug`ning namligi 6% gacha bo`lganda omborxonaga to`kilib, urug`ning qalinligi 5m gacha bo`lgan qalinlikda saqlanishi mumkin. Agar namligi 6% dan yuqori bo`lsa, unda saqlanayotgan urug`ning qalinligi 3m gacha kamaytirilishi kerak. Mobodo, kanakunjut urug`i qop yoki konteynerlarda saqlansa, ularni to`kiladigan urug` bilan aralashtirmaslik kerak.

  2. Kanop, indov - bu urug`lar o`lchamlari mayda bo`lishiga qaramasdan namligi 8% gacha bo`lganda to`kish yo`li bilan saqlash mumkin. Namligi yuqori bo`lganda uzoq saqlamasdan qayta ishlash lozim.

  3. Xantal (gorchista) urug`i – bu urug` saqlanishidan oldin imkon boricha to`la tozalanishi lozim, aks xolda tez buziladi. Saqlanayotgan gorchista urug`ining namligi 8% dan oshmasligi kerak.

  4. Soya urug`i- tarkibida 50% gacha oqsil modda bo`lganligi sababli u nihoyatda gigroskopik hususiyatga ega. Shuning uchun soya urug`i saqlash jarayonida tez buziladi. O`zoq muddat saqlanayotgan urug` namligi 11% dan oshmasligi kerak.

  5. Kungaboqar urug`i- moyliligi yuqori bo`lganligi sababli kritik namligi ancha past, shuning uchun uzoq muddatga mo`ljallab saqlanayotgan kungaboqar urug`i namligi 6-7 %dan oshmasligi kerak. Kungaboqar va soya urug`lari silos tipidagi omborxonalarida saqlanishi lozim.

  6. Paxta chigiti (o`rta tolali navi)- ustida 4,5% dan oshiq bo`lgan lint qoplami bo`lganligi tufayli bu urug`ning oquvchanligi juda past, shuning uchun paxta chigiti poli tekis yoki qiya bo`lgan usti yopiq mexanizastiyalangan omborlarda saqlanadi. Uzoq muddatga (2-oydan oshiq) mo`ljallab saqlanayotgan chigit namligi 1-3 navlar uchun 9% dan ko`p bo`lmasligi kerak. Namligi 9% dan katta bo`lgan va 4-nav chigitlari birinchi galda saqlanmasdan qayta ishlanishi lozim. Omborxonalarning hajmi etishmagan hollarda o`rta tolali paxta chigiti ochiq maydonchalarda ham piramida shaklida saqlanishi mumkin.

Ingichka tolali paxta chigiti ustidagi lint qavati 4,5% dan kam bo`lib, asosan tepasi yopiq, poli qiya bo`lgan omborxonalarda saqlanadi.

Download 7,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish