Nazorat savollari
Nima uchun shrot va shulxa o`z-o`zidan qiziydi?
Yog`larning perekis soni nima?
Nima uchun yog`lar oksidlanadi?
9-mavzu.
Yog`-moy mahsulotlarini saqlash omborlari. Yog`-moy mahsulotlarini tashish.
Reja:
9.1.Yog`-moymahsulotlarini saqlashomborlarivaularningturlari. Omborxonalargaqo`yiladigan sifattalablari.
9.2.Yog`-moymahsulotlarinitashishelementlari, texnikavajihozlari. Yog`-moymahsulotlarinitashishtexnikalarigaqo`yiladigantalablar. Yog`-moymahsulotlarinitashishsharoitlari.
Tayanch so`z va iboralar: saqlash omborlari va ularning turlari,saqlash sig`imlari,omborxona talablari.
9.1.Yog`-moymahsulotlarini saqlashomborlarivaularningturlari. Omborxonalargaqo`yiladigan sifattalablari.
Omborxonalarning turlari. Katta miqdordagi urug`larni qayta ishlashgacha minimal yo`qotishlar bilan saqlash murakkab va mas’uliyatli ish hisoblanadi. Moyli urug`larni qayta ishlovchi korxonalar to`xtamasdan ishlash uchun xomashyo zahirasiga ega bo`lishi kerak. Zahira miqdori korxonani ishlab chiqarish quvvatiga bog`liq bo`lib, kungaboqar uchun 90 kunga, soya uchun esa 30-50 kunga, paxta chigiti uchun 40 kunga etadigan bo`lishi lozim. Korxonani bir maromda sifatli xom ashyo bilan ta’minlab turish va uning katta miqdorini saqlash uchun yog`-moy zavodlarida katta hajmga ega bo`lgan omborlar mavjud.
Moyli urug`lar omborlari tushirish – yuklash operastiyalarini mexanizastiyalashgani darajalariga qarab bir necha turga bo`linadi: silosli omborlar yoki elevatorlar, qiya yoki gorizontal polli chayla tipidagi mexanizastiyalashgan omborlar, buntli maydonlar va qavatli omborlar. Urug`larning xususiyatlariga qarab, katta qatlamda saqlay oladigan omborlarga silosli yoki elevatorli omborxonalar kiradi.
Elevator tipli ombori tuzilishi dumaloq yoki kvadrat shaklidagi vertikal temir betonli yoki metall 2-siloslar (yacheykalar)dan iborat. Silosli omborxonalarning ichida urug`lar saqlanib, ularning tor biqin tomoniga quritish – tozalash 1-minorasi biriktirilgan. Siloslarning tepa qismida moyli urug`larni to`kish uchun bir necha qator 3-transportyor lentalari o`rnatilgan.
Metalldan yasalgan elevatorlar devoridan issiqlik yaxshi va tez o`tishi ularning kamchiliklaridan biri hisoblanadi. Bunday siloslar ichidagi haroratning keskin o`zgarishi natijasida devorlar atrofidagi namlik kondensastiyalanadi va yon qatlamdagi urug`larning namligi ortib ketadi. Bundan tashqari metalldan yasalgan silos devorlari korroziyaga uchraydi.
Temir betondan yasalgan elevatorlar keng tarqalgan. Monolit temir betondan iborat silos korpusining yacheykasi dumaloq shaklda bo`lib, diametri 6 va balandligi 30m ni tashkil etadi. Yacheyka diametri 12m va undan katta bo`lgan siloslar qurilishi va ekspluatastisi iqtisodiy jihatdan tejamlidir. To`rtta dumaloq silos yacheykalari oralig`idagi bo`shliq (yulduzchalar) ham urug`larni saqlash uchun ishlatiladi.
Tozalash-quritish minorali elevator
Elevatorli ombor tarkibiga urug`larni qabul qilish va uzatish uskunalari, tozalash, quritish bo`limlari va silos korpusi kiradi. Elevatorli urug` saqlash ombori kuchli transport vositalari bilan jihozlangan bo`lib, ular urug`larni qabul qilish ishlarida siloslarni to`ldirish, siloslar ichidagi urug`larni aralashtirish va ishlab chiqarish uchun berishga xizmat qiladi. Odatda, bu operastiyalar bir biriga bog`liq bo`lmagan holda bajariladi.
Silosli yacheykalar ustida joylashgan 3-lentali transportyorlar sistemasi yordamida urug`larni sifatiga qarab xohlagan silos yacheykasiga beriladi. Yacheykalar tagida joylashgan 4-lentali transportyorlar urug`larni bo`shatish uchun xizmat qiladi. Urug`larni vertikal ko`tarishga 5-noriyalar xizmat qiladi. Yacheykalar ichidan urug`lar o`z og`irligi hisobiga bo`shatiladi.
Moyli urug`larni elevatorda umumiy harakatlanish sxemasi quyidagi rasmda ko`rsatilgan. Rasmda ko`rinib turganidek korxonaga avtotransport orqali keltirilgan urug`lar avtomobil tortish tarozida tortiladi. Yukni tushirish 12-avtomobil bo`shatgich uskunasi orqali uning ostida joylashgan o`raga bo`shatiladi. U yerdan yuk 13-, 14-transportyorlar va 3-, 4-noriyalar (3, 4) orqali urug`lar tarozisi ustidagi 5-bunkerga kelib tushadi.
Urug`lar 6-tarozida tortilib, 7-aylanuvchi-taqsimlovchi nov va voronka orqali 9-separator ustidagi 8-bunkerga oqiziladi. Tozalangan urug`lar 10-bunker yoki 11-quritgichdan o`tkazilib, korxonada qayta ishlash uchun beriladi.
Urug`lar tortilgandan so`ng tozalangan va zarur bo`lgan paytda quritilgan xom ashyo silos ustidagi 20-, 21-, 22-transportyorlarga, u yerdan 23-elevatorlarga beriladi. Agar nam va ifloslangan urug`lar ko`p miqdorda keltirilgan bo`lsa siloslarga qisqa muddatga saqlash uchun berilishi mumkin. Siloslarda uzoq vaqt saqlab turish uchun tozalangan va optimal namlikkacha quritilgan urug`lar beriladi. Urug`lardan ajratilgan aralashmalar 9-separatordan 15-shnek orqali 16-bunkerga uzatiladi, so`ngra avtomashina yordamida korxonadan chiqarib yuboriladi.
Korxonaga 19-temir yo`l vagonlari orqali kelgan urug`lar vagon tarozilarida tortilib, 17-qabul qilish o`rasiga bo`shatiladi. U yerdan urug`lar 18-transportyorga tushadi, keyin esa 1- yoki 2-noriya orqali 6-tarozilar ustidagi 5-bunkerlarga beriladi.
Elevatorda moyli urug`lar harakatining umumiy sxemasi
Urug`lar 6-tarozida tortilgandan so`ng, xuddi avtomobil transporti yordamida keltirilgan urug`lar kabi, tozalanadi va ichki transport vositalari yordamida saqlash uchun siloslarga beriladi. Quritilgan urug`lar ham noriyalar orqali silos ustidagi transportyorlarga, u yerdan siloslarga uzatiladi.
Elevatordan urug`lar siloslar tagidagi 24-, 25-transportyorlar yordamida 1-, 2-, 3-, 4-noriyalarga, ulardan urug`lar qaytadan tozalash va quritish uchun yoki ishlab chiqarish uchun uzatiladi. Zarur bo`lgan paytlarda silos ustidagi transportyorlarga qaytarilib, urug`larni shamollashtirish maqsadida bir silosdan ikkinchi silosga o`tkazish uchun beriladi.
Bunday elevator turidagi omborxonalarning texnologik sxemasi katta uddaburonlik va ustalik talab etilgan holda boshqariladi. Elevator turidagi omborlar qurilishi nisbatan arzon, qulay, yong`inga chidamli, ekapluatastiya qilishda xavfsiz ekanligi, hamda ortish va tushirish ishlari mexanizastiyalashtirilgan va omborda barcha ishlarni masofali boshqarish imkoniyati mavjudligi ularning afzalliklaridan dalolat beradi.
Kamchiliklari, unda yomon sochiluvchan urug`larni (masalan paxta chigitini) saqlash imkonini yo`qligi, hamda siloslarga yuklash va bo`shatishda yoki saqlash davrida yuqori qatlam bosimini pastki qatlamga ta’siri natijasida sinib ketishi mumkin bo`lgan mo`rt yoki yumshoq qobiqli urug`larni saqlash imkonining yo`qligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |