Urug` massasining zichligi. Qattiq zarrachalar hajmining urug` massasining umumiy hajmiga nisbati urug` massasining zichligi deyiladi.
Sorbtson xususiyatlari. To`kiluvchan moddalarning sorbtsion xususiyatlari ularning sorbtson sig`imi bilan belgilanadi. Sorbtsion hajm deb, urug` massasining atrof muhitidan gaz yoki bug` xolidagi moddani qancha miqdorda sorbtsyalash va desorbtsiyalash qobiliyatiga aytiladi. Bu turkumda moyli urug`lar uchun suv bug`larini atrofdan yutib olish va chiqarib yuborish xususiyati (gigroskoplik) muhim ahamiyatga ega. Gigroskopiklik atrof muhitdagi suv bug`larining parstial bosimiga bog`liq bo`ladi. Aniq bir sharoitda moyli urug`lar atrof muhitdan yutib olgan va o`zidan chiqarib yubarayotgan suv miqdori tenglashib, mahsulotning namligi mo`’tadil bo`lib qoladi. Bu namlik muvozanatnamlik (ravnovesaya vlajnost) deb ataladi.
Shu narsa xarakterliki, havoning nisbiy namligi 100 % yoki koeffistient jihatdan 1.0 ga teng bo`lganda, muvozanat namlik eng yuqori bo`ladi va aksincha havoning nisbiy namligi 0 % (k = 0.0) bo`lganda muvozanat namlik eng kam bo`ladi. SCHya va desorbtsya izotermalari moyli urug`lar uchun bir-biriga mos kelmaydi va bu farq sorbtson gisterezis deb nomlanadi. Bunday farq urug`larning ko`p komponentli mahsulot ekanligidan yuzaga keladi. Bir xil turdagi mineral va organik moddalar uchun sorbtsya va desorbtsya chiziqlari bir-biriga mos keladi. Sorbtson gisterezis tufayli moyli urug`lar, hattoki bir yoki bir necha oy saqlangandan keyin ham, o`z namligini barcha zarrachalar uchun teng qilolmaydi, bu esa ilgari aytilganidek, mahsulotning haqiqiy namligini aniqlashda qiyinchilik tug`diradi. Namlik esa urug`ning saqlanish davomida havoning nisbiy namligiga qarab, o`zgarib turadi va shu bilan birgalikda namlik o`ta yuqori bo`lgan qismdan pastroq namlik bo`lgan qismga ko`chib o`tadi. Buni namlikning migrastiyasi, ya’ni siljishi deyiladi. Bundan tashqari, bir to`plam mahsulotning o`rtacha namligi uning haqiqiy namligini kursatmaydi. O`rtacha namlikning o`zgarmay turishi esa namlikning qobiq va mag`izdagi turlicha miqdoriga bog`liqdir. Masalan, chigit massasining namligi 10% bo`ladigan bo`lsa Vs=10%, mag`izining namligi Vya=8-8,5%, qobig`ining namligi Vo=12-12,5% bo`lishi mumkin. Bu farq urug` qobig`ida asosan suvga o`ch moddalar kletchatka, stellyuloza bo`lganligidan, mag`izida esa suvni qaytaruvchi moyli moddalar ko`pligidandir. Shuning uchun muvozanat namlik va haqiqiy namlik urug`larni qanaqa sharoitlarda saqlanishini oldindan belgilab beradi, ya’ni aniqlangan namlik miqdoriga qarab saqlanayotgan urug` o`zi-o`zidan sekin asta quriydimi yoki yukori namlik ta’sirida o`zi-o`zidan kizib ketadimi, shu aniqlaniladi. Urug` massasidagi harorat darajasi ham uning saqlanishida o`ziga yarasha ta’sir ko`rsatadi, ya’ni harorat yuqoriroq bo`lgan joydan, issiqlik ta’sirida, namlik harorat kamroq bo`lgan tamonga siljiydi. Yuqorida izoh qilingan o`zgarishlar urug`ni saqlash jarayonida namlik asosiy rol uynashini ko`ramiz. Shu tufayli urug`lar uchun kritik namlik tushunchasi ham kiritilgan, bu namlik shunday darajaga egaki, agarda mahsulotning namligi kiritik namligiga teng yoki undan oshsa xom ashyo tarkibida sezilarli darajada intensiv oksidlanish jarayonlari, xom ashyoning intensiv nafas olishi, ba’zi xollarda o`z-o`zidan qizish xodisasi ro`y beradi. Bu aks o`zgarish xom ashyo tarkibidagi asosiy yog`li moddalarni parchalanishiga va kelajakda olinadigan mahsulotni kamayishiga, sifatini pasayishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |