Guliston davlat universiteti ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi



Download 7,53 Mb.
bet60/61
Sana08.11.2022
Hajmi7,53 Mb.
#862456
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Bog'liq
portal.guldu.uz-YOG`-MOY MAHSULOTLARINI SAQLASH VA QADOQLASH TEXNOLOGIYASI

9.2. Yog`-moymahsulotlarinitashishelementlari, texnikavajihozlari. Yog`-moymahsulotlarinitashishtexnikalarigaqo`yiladigantalablar. Yog`-moymahsulotlarinitashishsharoitlari.
Yog` moy korxonalarining vazifalariga shrot va kunjarani ishlab chiqarishdan tashqari ularni istemolchiga etkazguncha saqlash ham kiradi. Kunjara va shrotlar nam joyda yaxshi saqlanmaydi va saqlashga yuborilayotgan bu mahsulotlarning harorati 35-40oSdan oshmasligi kerak. Kunjara va shrotlar saqlanayotganda ularning yuzasida katta miqdorda mikroorganizmlar paydo bo`lishi mumkin. Shu bilan birgalikda mog`orlashi ham mumkin. Saqlash vaqtida namlik ortib ketsa mahsulot o`z-o`zidan qizib ketadi. Bu esa mahsulotning sifatini buzilishiga olib keladi.
Kunjara va shrotlarning noto`g`ri saqlanishi kuygan ta’m va noxush hid berishi mumkin. Bunga sabab ular tarkibidagi yog` kislotalarining oksidlanishi jarayonidir. Bunday jarayonlarni oldini olish uchun mahsulotni saqlashdan oldin namlik va harorat bo`yicha kondistiyalanadi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga quyidagi talablar qo`yiladi:

  • begona moddalar bo`lmasligi (mog`or, kuygan moddalar va chirindilar, qum, tuproq);

  • moy, protein va kulning ma’lum miqdorda bo`lishi;

  • saqlanayotgan paytda mahsulotning harorati 35-40oSdan oshmasligi;

  • namligi 8-9% atrofida bo`lishi;

  • shrotdagi benzin miqdori 0,1%dan ortiq bo`lmasligi kerak.

Presslash usuli bilan o`simlik yog`i ishlab chiqarilganda (bir, ikki yoki uch marta presslash rejimlarida) olinadigan kunjaraning harorati 120-1300S, namligi 4-5% atrofida va moyliligi 6-7% bo`ladi.
Omborxonaga tashish vaqtida kunjaraning harorati biroz pasayadi. Namligi esa deyarli o`zgarmaydi.
Bunday kunjarani saqlaganda bir qator noxush jarayonlar sodir bo`ladi. Chunki, saqlashning dastlabki davrlarida haroratning pasayishi tufayli suvning bug`lanishi hisobiga namlik biroz kamayadi, keyin esa atrofdagi havo namligini sorbtsyalanishi sababli namlik ortib boradi.
Odatda, omborxonadagi havoning nisbiy namligi 60-75% oralig`ida bo`ladi, kunjara namligi muvozanat namlik, ya’ni 11-14%ga etadi. Bu namlik saqlashga kelayotgan kunjara namligidan ancha yuqoridir. Namlikni ortishi o`z navbatida ajralib chiqayotgan sorbtsyalanish issiqligi ta’sirida kunjara haroratini ortishiga olib keladi. Avval ta’kidlaganimizdek, harorat oshishi bilan birga havodagi namlikni sorbtsyalanishi natijasida butun bir massani notekis namlanishi buzilish jarayonini rivojlanishiga va o`z-o`zidan qizishni yuzaga kelishiga olib keladi.
Kunjarani maydalash, namlik va harorat bo`yicha kondistiyalash saqlashga tayyorlashning rastional usuli hisoblanadi. Saqlashga yuborilayotgan kunjaraning namligi 7,5-8,5%, harorati 350Sdan yuqori bo`lmasligi va bo`lakchalar o`lchami 10-15 mm dan yuqori bo`lmasligi kerak.
Kunjarani namlash vaqtda unga berilayotgan suv bug`lanadi buni natijasida kunjara biroz soviydi va ayni vaqtida issiqlik ajralishi bilan namlikni sorbtsyalanishi ham sodir bo`ladi. Biroq, bug`lanishda chiqayotgan issiqlik, sorbtsyalanishda chiqayotgan issiqlik miqdoridan ko`p bo`ladi. Shu sababli kunjara massasidagi harorat kamayadi. Kunjarani optimal haroratgacha sovitish mahsus sovitkichlarda yoki tashish jarayonida amalga oshiriladi.
Kunjaraga suv bilan ishlov berish, odatda, metall qobig` bilan o`ralgan va so`rish trubasiga ega shnekda amalga oshiriladi. Suvni kunjara massasiga bir me’yorda berish uchun forsunkalardan foydalaniladi va ular shnek ustiga 150 mm balandlikda o`rnatiladi. Forsunkalar shunday o`rnatiladiki, chiqayotgan suv oqimlari bir biri bilan kesishmaydi.
Kunjarani sovitishda hosil bo`ladigan suv bug`lari aspirastiya yordamida so`rish trubasi orqali chiqarib yuboriladi.
Namligi va harorati bo`yicha kondistiyalangan shrotni ma’lum bir sharoitda uzoq vaqt davomida sifatini buzmasdan saqlash mumkin. Shrotlarni sifatli saqlash uchun optimal sharoitlarga: optimal namlik, yuqori bo`lmagan harorat, tarkibidagi erituvchi miqdorining minimal bo`lishi kiradi.
Shrotlar sig`imi 2000, 3000, 4000 va 5000 t bo`lgan mexanizastiyalangan omborlarda, silosli elevatorlarda saqlanadi.
Shrot saqlaydigan silosli elevator 15.9-rasmda keltirilgan. Elevatorlar istiqbolli hisoblanadi, chunki ularni boshqa omborlarga qaraganda bir qator avfzallliklari bor: kam maydonni egalaydi, ostki transportyorlarni joylashtirish uchun yuqori darajadagi chuqurlik talab etilmaydi. Ularda shrotlarni saqlash uchun yaxshi sharoitlar ta’minlanadi, chunki har bir yacheyka(7)ga 80 t shrot joylashadi va shrotni bo`shatish jarayoni oson kechadi. Agar shrotni omborlardan vagonlarga yuklaganda maxsus temir yo`l yuklash moslamalari talab etilsa, siloslarni bo`shatilayotganda esa o`z-o`zidan oqib tushadigan truba(1)lar ishlatiladi. Vagonlarga yuklash bevosita chetda joylashgan siloslardan amalga oshiriladi. Qolgan siloslardan uzatish quyidagi transport elementlari orqali amalga oshiriladi: lentali transporterlar (2, 3, 4, 5), noriya va silos silosusti konveyer (6).
Shrot qizib ketganda uni sovitish va silosdan silosga ko`chirish uchun ham shu sxemadan foydalaniladi.
Ba’zan elevatorlar ikki qavatli qilib quriladi. Bu esa har bir silos yacheykasi balandligini uzaytirmasdan uning sig`imini ikki baravar oshirish imkonini beradi, chunki shrot uyumining balandligini oshishi uning bosilib zich bo`lib ketishiga olib kelishi mumkin. Pastki qatordagi siloslar yuqoridagi siloslardagi shrotni tushirish yo`li bilan to`ldiriladi.
Paxta chigitidan tashqari barcha moyli urug`larni qayta ishlashda olingan shrotlarni elevatorda saqlash mumkin. Po`stlog`i ajratilgan paxta chigitidan olingan shrotining sochiluvchanligi past va bosilib zich bo`lib qolishga moyli bo`llanganligi uchun u mexanizastiyalashgan qiya polli omborlarda saqlanadi.
Barcha moyli urug`lardan olingan shrotlarni to`kilgan xoldan tashqari qoplarda ham saqlash mumkin. Bunda sizot suvlari ta’sirida shrotlarni zaxlanishini oldini olish uchun omborlar poldan 10 sm dan past bo`lmagan maxsus to`shama bilan jixozlangan bo`ladi.
Qoplar bir biriga zich taxlanadi birinchi qator to`shama uzunligi bo`yicha ikkinchi qator unga perpendikulyar va h. k. taxlanadi.
Qumaloq va saqlab bo`lmaydigan shrot partiyalarini saqlash uchun silos va qoplangan holda saqlash uchun kombinastiyalangan omborlar qurish kerak.

S hrotni saqlash uchun tipik silosli elevator


Shrot va shrot changlarini portlashga xavfliligini hisobga olgan xolda ularni saqlaydigan omborlar B toifaga taalluqli, tunnelli, yerto`la va yer to`lasimon xonalar esa A toifaga kiradi. Shuning uchun portlashga xavfsiz sharoit yaratish uchun ular havoni so`rib oluvchi ventilyatorlar bilan jixozlanadi. Shrot saqlovchi omborxonalar soz, quruq, silliq (yorilmagan) lat emagan pollarga va zich yopiluvchi eshiklarga ega bo`lishi kerak.


Shrotlar asosan omixta em sifatida ishlatilganligi uchun ularga oyna siniqlari tushmasligi uchun omborlar maxsus to`r va to`siqlar bilan jixozlangan bo`ladi. Omborlarni toza tutish alohida e’tiborga loyiq: galereya, transport elementlari, oyna, eshiklar doimo changdan tozalab turiladi.
Shrotni saqlash jarayonida uning sifati ya’ni harorat nazorat qilinadi. O`z-o`zidan qizib ketishi belgilari aniqlanganda ular aktiv yoki passiv sovitiladi.
Passiv sovutishda quruq sovuq havo qo`llaniladi. Buning uchun omborni oyna va eshiklari ochiladi, so`ruvchi ventilyastiya moslamalari yoqiladi.
Aktiv sovitish shrotni transport vositalaridan o`tkazish yordamida amalga oshiriladi.
Shrotni saqlashda ombor havosidagi erituvchi bug`larining miqdori doimiy nazorat qilib turiladi. Erituvchi bug`lari aniqlangan holda shrotlar toza ventilyastiyalangan yacheykalarga o`tkaziladi. Birinchi navbatda saqlab bo`lmaydigan va o`z-o`zidan qizishi boshlangan shrotlar jo`natiladi.
Odatda kunjarani mexanizastiyalashgan va mexanizastiyalashmagan omborlarda balandligi 5 m gacha bo`lgan uyum holda saqlanadi.
Kunjara omborlariga qo`yiladigan talablar shrot omborlariga qo`yiladigan talablar bilan bir xil. Saqlash jarayonida uning harorati nazorat qilib boriladi. O`z-o`zidan qizib ketish belgilari aniqlangan holda kunjarani sovitish oyna, eshiklarni ochish va ventilyastiyani yoqish bilan amalga oshiriladi, hamda uni omborni bir bo`lagidan boshqa bo`lagiga ko`chiriladi.
Harorat va namligi bo`yicha optimal parametrgacha kondistiyalangan kunjarani o`z sifatini buzmagan holda 2-3 oy saqlash mumkin.



Download 7,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish