8.3. Yog`-moymahsulotlarini saqlashda sodirbo`ladigannoxushfizik-kimyoviyo`zgarishlarnioldiniolishvabartarafetishchora-tadbirlari.
Xom ashyo tarkibidagi iflos aralashmalarni, moyli aralashmalar va metall aralashmalarni majburiy tartibda imkon boricha to`liq ajratib olish kerak, chunki aralashmalar birinchi navbatda xom ashyoni qayta ishlash uchun ishlatilayotgan apparatlarning aylanuvchi va ishqalanuvchi qismlarini intensiv ravishda emiradi, ba’zi bir xollarda mashinaning tez buzilishiga yoki sinishiga olib keladi. Ikkinchidan, aralashmaning miqdori ko`p yoki kamligiga qarab ishlatilayotgan mashinalarning mahsuldorligi kamayadi, ya’ni mashinaning bir qism quvvati faqat keraksiz chiqindi bo`lgan aralashma uchun sarf bo`ladi. Buning natijasida, umuman tsex yoki zavodning mahsuldorligi sezarli darajada susayadi. Uchinchidan, asosiy aralashmaning qaysi turi bo`lmasin, u o`zining hidi, ta’mi va ba’zi bir moyda eriydigan moddalarini olinayotgan moyga, kunjara yoki shrotga berib, bu mahsulotlarning sifatini buzadi, ya’ni moyda begona hid yoki ta’m paydo bo`ladi, uning kislotali darajasi oshadi, rangi bir muncha qorayadi. Kunjara va shrotdan esa hid va ta’mning buzilishi bilan birga ularning ozuqa sifati pasayib, tarkibida mineral va metall aralashmalarning miqdori me’yoridan anchagina ortib ketadi. Ushbu salbiy ta’sirlar bo`lmasligi uchun moyli urug`lar qayta ishlanishdan oldin ikki davrda tozalash jarayonidan o`tadi.
Birinchisi, xomashyoni saqlashga berishdan oldin tozalash (sыrevaya ochistka). Ikkinchisi, moyli urug`larni qayta ishlashdan oldin tozalash, yani ishlab chiqarish uchun tozalash (proizvodstvennaya ochistka).
Xomashyoni tozalash usullari va prinstiplari quyidagicha:
xomashyoni aralashmalardan ularning shakli va o`lchamlari turliligiga asoslangan holda elakli yuzalarda tozalash usuli;
xomashyoni aralashmalardan ularning aerodinamik xususiyatlari-ning farqiga asoslangan holda havo oqimli separatorlarda tozalash usuli;
moyli urug`larni aralashmalardan ularning metalli magnit xususiyatlariga asoslanib ajratish usuli;
moyli urug`larni aralashmalardan mexanik ta’sir yoki ishqalash yo`li bilan ajratish usuli. Bu usul quruq yuvish (suxaya moyka) deyiladi;
moyli urug`larni aralashmalardan suv yoki biror-bir tuzli eritma yordamida yuvib ajratish.
Yog`-moy korxonalariga keltirilayotgan moyli urug`lar, jumladan paxta chigiti tarkibida turli aralashmalar, iflosliklar bo`ladi. Moyli urug`lardagi barcha aralashmalar iflos (mineral va organik), moyli va metall aralashmalarga bo`linadi. Joriy etilgan standartlardagi tovarlarning sinflanishi bo`yicha “iflos aralashmalar” deb, yirik urug`lar (chigit, kungaboqar, soya, danakli urug`lar va boshq.) uchun diametri 3 mm dumaloq teshikli elakdan “o`tuvchi” frakstiya qabul qilingan. Mayda urug`lar (zig`ir, kunjut, kanop va boshq.) uchun esa – 1 mm elakdan o`tadigan jinslar tushiniladi. Elak ustida qolgan mineral aralashmalarga (tuproqli kesakchalar, qum, mayda tosh, shag`al va boshq.), umuman olganda barcha mineral asosga ega bo`lgan aralashmalar kirsa, organik iflosliklarga o`simlik poyasi qoldiqlari, po`stlog`i, bargi, urug` qobig`i va shunga o`xshaganlar; shikastlangan urug`lar (mag`zi to`liq buzilgan, qorayib ketgan); barcha boshqa madaniy va yovvoyi o`simliklarning puch, mag`izsiz urug`lari kiradi. Moyli aralashmalarga shu urug` turkumiga kirgan, ammo to`liq yoki qisman ezilib ketgan, zararkunanda hasharotlar kemirgan, urilgan, pachoqlangan, o`z-o`zidan qizib ketish yoki quritish ta’sirida buzilgan, mog`orlagan, qizish natijasida mag`izining rangi (sariqdan to`q jigarranggacha) o`zgargan; pishmagan, rivojlanmagan, puch; o`saboshlagan, murtak uchlari ko`rinib qolgan; sovuq urgan – etilmagan, mag`iz bo`laklari sezilarli darajada ko`karib, burishib qolgan urug`lar kiradi.
Urug`larning foizlarda ifodalangan tozalik darajasi quyidagi formula bo`yicha aniqlanishi mumkin
X = 100 – (A + B / 2)
bu yerda: A – iflos aralashmalar miqdori, %;
B – moyli aralashmalar miqdori, %/.
Tozaligi bo`yicha moyli urug`lar uch toifaga bo`linadi: toza, o`rta tozalikda va ifloslangan. Urug`dagi iflos aralashmalar ziyon keltiruvchi ballast bo`lib, xom ashyo korxonaga tashib keltirilayotganda trasport sarflari ko`payib ketadi, urug`lar saqlanayotgan paytda omborxonaning ma’lum bir foydali hajmi band bo`ladi. Korxona ichida transportirovkalanayotganda iflos urug`lar ko`p miqdorda chang chiqaradi va natijada ishlab chiqarishda og`ir mehnat sharoitlari paydo bo`ladi. Mineral aralashmalar zamburug`li va mog`or mikroorganizmlarining rivojlanishiga manba bo`ladi. Mineral iflosliklar urug`larni o`z-o`zidan qizib ketish hodisasining o`chog`i hisoblanadi. Urug`lar quritilayotganda o`simlik aralashmalari pechlarning yo`lkalarini tiqiltirib, qurilmalarning to`xtab qolishiga, hatto yong`in chiqishiga sabab bo`ladi.
Yog`-moy korxonalariga kirib kelayotgan moyli urug`larning iflosligi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatiga salbiy ta’sir ko`rsatadi, yo`qolayotgan moy miqdorini ko`paytiradi, mashina va apparatlarning eskirishi va sinishini tezlashtiradi, ularning quvvatini pasaytiradi va mehnat sharoitlarini yomonlashtiradi.
M i n e r a l a r a l a sh m a l a r elaklar, vallar, pichoqlar va qozon qasqonlarining emirilishini tezlashtiradi. Kunjara va shrotga tushib qolgan mineral iflosliklar bu mahsulotlarning protein miqdorini kamaytiradi, kuldorligini oshiradi, ozuqaviy sifatini pasaytiradi. Mineral aralashmalar moyni shimib olib, kunjara va shrotning moyliligini oshiradi, moy yo`qolishini kuchaytiradi. Mineral aralashmalar moyga tushib olib, moyning ta’mini buzadi, tuproq mazasini beradi va nihoyat, mineral aralashmalar moyda mikroorganizmlarning rivojlanishiga qulay muhit yaratib, moyni taxirlanishga olib keladi. Bulardan tashqari, moy zavodlarining tayyorlov bo`limlarida ko`p miqdorda chang ajralib chiqib, mehnat sharoitlarini og`irlashtiradi.
O r g a n i k a r a l a sh m a l a r asosan o`simlik kletchatkalaridan iborat bo`lib, hayvonlar uchun ozuqa mahsulotlari bo`lgan kunjara va shrotning sifatini pasaytradi. Bu aralashmalar ham moyni shimib olib, kunjara va shrot bilan moyning yo`qolishini ko`paytiradi.
M o y l i a r a l a sh m a l a r asosan qayta ishlanayotgan moyli urug`larning buzilganlari va boshqa moyli o`simliklarning urug`lari bo`lganligi uchun tayyor mahsulot – moyning sifatini pasaytiradi. Ko`p miqdordagi buzilgan moyli urug`lar yuqori kislotali va dimiqqan hidli bo`lganligi uchun olinayotgan moylarni sifatsiz, iste’molga yaroqsiz holda bo`lishiga olib keladi. Masalan, zig`ir urug`ida ko`p miqdorda indov va shu kabi turdosh moyli urug`larning bo`lishi yuqori sifatli olif olish uchun ishlatiladigan zig`ir moyining qimmatini tushirib yuboradi.
M e t a l l (f e r r o m a g n i t) a r a l a sh m a l a r o`lchamlari va shakllari bo`yicha turli-tuman bo`ladi. Ular metallning mayda zarrachalaridan boshlab, yirik bo`lakchalarigacha, urug` o`lchamlaridan birnecha marta katta bo`lishi mumkin. Metall changlari va qirindilari mashinalarning harakatdagi qismlari ishqalanishidan hosil bo`lsa, yirik metall zarrachalari va parchalari hosil yig`im-terim paytida va uni transportirovkalash davrida urug`lar ichiga tushib qoladi. Moyli urug`lar bilan birga metall aralashmalar uskunalarning ichiga tushib qolib, mashinalarning ishchi organlarini buzadi, tez aylanuvchi detallarni eyilishini tezlashtiradi va ba’zan avariyalar sodir etadi. Metall bo`lakchalari chaqish mashinalari pichoqlarining orasiga, yanchish stanoklarining vallari yuzasiga tushib qolsa, uskunaning buzilib qolish, sinish ehtimolligi oshib ketishi bilan birga, uchqun hosil bo`lishi va ma’lum darajada yong`in havfi paydo bo`lishi mumkin. Metall aralashmalarning kunjara va shrotda bo`lishi, bu ozuqa mahsulotlarini hayvonlar uchun yaroqsiz holga keltiradi.
Bayon etilgan fikrlarga ko`ra, moyli urug`larni qayta ishlab, o`simlik moyi olish texnologiyasini tozalashdan boshlanishi kerakligi aniqlandi. Ammo, momiqdorligi yuqori bo`lgan paxta chigitini tozalash effekti yuqori bo`lmay, zamonaviy tozalash agregatlari bu jarayonni mukammal ado eta olmaydi. Demak, yuqori tozalash effektiga ega bo`lish uchun chigitni linterlash kerak. Linterlangan chigitni tozalash jarayoni sezilarli darajada engil bajariladi. Toza chigitdan olingan moyning sifati ham yaxshi bo`ladi.
Moyli urug`larni iflosliklardan tozalash urug`larning va ular bilan aralashib yuruvchi aralashmalarning fizik xossalariga asoslangan bo`ladi. Aralashmalar urug`lardan o`lchamlari va shakllari bilan, zichliklari bilan, aerodinamik va magnit xususiyatlari bilan farqlanadi. Shu sababli urug`larni tozalash uchun turli tozalash prinstiplaridan foydalanilgan holda turli texnologik uskunalar ishlatiladi.
Moyli urug`larni aralashmalardan tozalash uchun quyidagi asosiy usullar qo`llaniladi: - urug`larni aralashmalardan ularning tarkibiy komponentlari o`lchamlari va shakllariga qarab ajratish. Iflos urug`larni bunday tozalash turli o`lchamli va shaklli elaklar yordamida elash yo`li bilan bajariladi;
- asosiy urug` massasi va aralashmalarni bir-biridan ularning aerodinamik xususiyatlariga qarab tozalash. Bunday usulda ishlaydigan mashinalarning ishlash prinstipi urug`larni aralashmalardan havo oqimida ajratishdan iborat;
- urug` va aralashmalarni bir-biridan mexanik ta’sir ostida urish va ishqalash usullari bilan tozalash;
- urug`larni aralashmalardan suyuqlik bilan ishlov berish yo`li orqali tozalash (yuvish, bu usul keng foydalanilmaydi);
- urug`larni metall (ferromagnit) aralashmalardan ularning magnit xususiyatlari farqlariga qarab tozalash.
Moyli urug`larni begona aralashmalardan mukammal ravishda tozalash uchun ko`pchilik hollarda tozalash mashinalarida turli tozalash usullarining kombinastiyasi qo`llaniladi. Masalan, paxta chigitini begona aralashma iflosliklardan birlamchi tozalash uchun burat hamda MXS (mexanicheskiy ochistitel xlopkovix semyan) mashinalari ishlatilar edi. Burat – qo`pol, yirik mashinalar toifasiga kirib, turli o`lchamlarga ega katta yuzali olti qirrali aylanuvchi elakdan iborat. Katta gabaritga ega bo`lgan bu tozalash mashinasi elagining foydali ish yuzasi faqat 20-25 % tashkil etib, uning unumdorligi paxta chigiti bo`yicha 100-120 t/kunga teng. Buratning bu kamchiliklari boshqa, mukammalroq konstrukstiyaga ega bo`lgan chigit tozalash mashinalari yaratilishiga turtki bo`ldi.
Paxta urug`ini begona aralashmalardan birlamchi tozalash uchun MXS mashinasi ham ishlatilishi mumkin. Bu uskuna ikki elakli tebrangich mashinaning modernizastiyalangan modeli bo`lib, bosqichli o`rnatilgan ikkita romdan iborat. Romlarga qaytma-ilgarilanma tebranma harakat uzatiladi. O`z-o`zini tozalab turuvchi elaklarning bosqichli qilib o`rnatilishi, elak harakati ta’siri ostida, paxta chigitini bir tekis, yaxshi siljishini ta’minlaydi. MXS mashinasining elakli yuzasi buratga nisbatan deyarli to`liq foydalaniladi, shu bois uning gabaritlari buratnikidan bir necha marta kichik bo`lsada, unumdorligi kam emas (120 t/kun). Burat va MXS mashinalarining tozalash effekti yuqori bo`lmaganligi uchun (35-50 %) bu mashinalarda birlamchi tozalangan paxta chigitini pux, chang va puch chigitlardan tugal tozalash uchun pnevmatik separator PO ishlatila boshladi. Bu havo separatori ta’minlagich, tortqichlar yordamida osib qo`yilgan tebranuvchi elakli rom, ventilyator, havo kamerasi va tozalangan chigitni apparatdan chiqarib yuboruvchi valikdan iborat. Separatorga kirib kelayotgan chigit ta’minlagich yordamida elakning butun yuzasi bo`yicha bir tekisda yoyib beriladi. Elak yuzasida harakatlanayotgan chigitdan mayda og`ir mineral iflosliklar ajratib olinib, elak ostidagi taglikda yig`iladi va qopqoq oxiridagi cho`ntak orqali apparatdan chiqarib yuboriladi. Urug`lar elakning ikkinchi uchidan havo kamerasiga kirib kelish ostonasida ventilyator hosil qilgan havo oqimi bilan so`rib olinib, ostonadan o`tadi va kamera ichida havo oqimining tezligi susayganligi tufayli kamera ostidagi valikka qulab tushadi va apparatdan chiqariladi. Yirik og`ir iflosliklar ostonadan o`taolmay maxsus kanal orqali tashqariga chiqib ketadi. Urug`lardan ajralgan chang, mayda momiq va puch chigitlar havo oqimi bilan vetilyator yordamida so`rilib stiklonga uzatiladi. Havo oqimi bilan to`qroq chigitlar ham stiklonga ketib qolmasligi uchun kamera ichiga qalqon o`rnatilgan.
Tozalik darajasiga ko`ra moyli urug`lar uch kategoriyaga bo`linadi: toza, o`rtacha tozalikdagi va ifloslangan. Urug`lar tozalanmasdan saqlangan xollarda, ulardagi aralashmalar omborxonalarning foydali hajmining ko`p qismini ishg`ol kiladi, bu urug`liklarni saqlashni qimmatlashtiradi. Tozalanmagan urug`liklar bir joydan boshqa joyga uzatilganda juda ko`p chang chiqadi va mexnat sharoitlari yomonlashadi.
Mineral aralashmalar tufayli urug`larda zamburug` va mog`or mikroorganizmlari tarqaladi, urug`larning o`z-o`zidan qizib ketishi sodir bo`ladi. Urug`liklar quritilganda aralashmalar quritgichlarda tiqilib qolib yonginga olib kelishi mumkin.
Umuman, urug`larning ifloslanishi mahsulotning sifatini pasaytiradi, moyning yo`qolishini osharida, uskunalarning sinish va eyilishini ko`paytiradi, ishlab chiqarish samarodligi pasayadi, antisanitar mexnat sharoitlari vujudga keladi.
Mineral aralashmalar uskunalarning eyilishini tezlashtiradi, kunjaradagi, shrotdagi oqsil miqdorini kamaytiradi, kulning miqdorini oshiradi, shrotdagi moy miqdorini kamayishiga olib keladi, moyni ta’mini buzadi va uning taxirlanishiga olib keladi.
Organik aralashmalar, qobiq hujayrasi (kletchatka) – kunjara va shrotning ozuqa sifatini yomonlashtiradi, moyning yo`qolishini oshiradi.
Moyli aralashmalar tayyor mahsulotning sifatini yomonlashtiradi, ularning ko`p miqdorda bo`lishi, moyni iste’mol qilib bo`lmaslik darajasigacha olib keladi, chunki moyning kislota soni ortib ketadi.
Metall aralashmalar – mashinalarning emirlishini va sinishini oshiradi, kunjara va shrotning ozuqa sifatini yomonlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |