Chegaraviy me’yorlarga javob beruvchi urug`lar deganda esa shunday sifatdagi urug`lar tushiniladiki, ularga ko`shimcha ishlov berib qayta ishlangandagina sifatli mahsulot olsa bo`ladi.
Urug`larni yaxshi saqlash uchun ularning namligi kritik namlikdan bir muncha past bo`lishi kerak. Shundagina moyli urug`larni qo`shimcha ishlovlarsiz oddiy omborlarda saqlash mumkin.
Ko`pgina moyli urug`lar uchun namlikning asosiy me’yori 9 - 14 % ni tashkil qiladi, bu urug`ning o`lchami va turiga bog`liq. Ba’zi urug`lar namligining asosiy me’yori.
Kunjut va chigit - 9 %
Eryong`oq, ko`knor, zig`ir - 11 %
Gorchista, raps, kungaboqar - 12 %
Maxsar, kanop - 13 %
Soya - 14 %
Bu namlik kritik namlikdan ortiqcha, shuning uchun ularni saqlashdan oldin quritish kerak.
Asosiy me’yor bilan aralashmalar ham nazorat qilinadi. Bular iflos aralashmalarga mineral (tuproq, qum, toshlar) va organik (barg, tayoqchalar, puch chigitlar, chigit qobiqlari va boshqa yovvoi o`simlik urug`lari) aralashmalar kiradi.
Moyli aralashmalarga shu moyli urug`ga ta’luqli bo`lgan yanchilgan, zararkunandalar tomonidan zararlangan, unib chiqqan urug`lar kiradi. Davlat standartida har bir moyli xom ashyo uchun undagi aralashmalarning ruxsat etilgan miqdori ko`rsatilgan.
Moyli xom ashyolarning iflos va moyli aralashmalari chegaraviy me’yori ko`pgina moyli urug`lar uchun bir xil va u 15 % iflos va moyli aralashmalarni tashkil qiladi. Bunda iflos aralashma miqdori 5 % dan oshmasligi kerak.
Yog`-moy korxonalariga kelayotgan moyli urug`lar yuqori talablarga javob berishi kerak. Bu talablar asosiy me’yorga nisbatan ham kuchli. GOST 22391-77 ga asosan kugaboqar namligi 6-8 % bo`lishi kerak. Davlat standartti bo`yicha kungaboqar urug`i namligining asosiy me’yori - 12 %. Ko`pchilik moyli urug`lar turlari uchun ularni texnologik qayta ishlash uchun zarur bo`lgan namlik urug`lar namligining asosiy me’yoriga to`g`ri keladi. Faqatgina zig`ir va raps urug`lari uchun texnologik qayta ishlash uchun kerak bo`lgan namlik miqdori urug`lar namligining chegaraviy me’yorga teng.
Korxonalarda qayta ishlashga berilayotgan moyli urug`lar tarkibidagi iflos aralashmalar miqdori - 3 % dan oshmasligi kerak, bundan faqat kungaboqar urug`i isteCHo. Undagi iflos aralashma miqdori - 5 % gacha ruxsat etiladi.
Paxta chigiti paxta tozalash korxonalaridan fizik va kondistion og`irliklar bo`yicha amaldagi standartda o`rnatilgan me’yorlarda keltirilgan namlik, tukdorlik, mineral va organik iflosliklar bo`yicha qabul qilinadi va hisobga olinadi.Moyli urug`larning qurishihavo tasirida moylar tarkibidagi to`yinmagan yog` kislotalarning oson o`zgarishi va asta-sekin quyuqlashib, oqibatda qotishidir. Amaliyotda moylarning bu xususiyati lak va kraskalar ishlab chiqarishda qo`llaniladi. Moylar vakuumda yoki inert gaz atmosferasida qurimaydilar. Moylar quriganda ularning kislota, astil va sovunlanish sonlari oshsa, yod soni esa kichiklashadi. Moy tarkibidan engil uchuvchan moddalar ajralib chiqadi va bu moddalarning o`zi yog` kislotlardan hosil bo`ladi.
Tarkibida uchqo`shbog`li yog` kislotalar bo`lgan moylar, masalan zig`ir moyi juda (yozda 2-3 kunda) tez quriydi. Qurigan moy tarkibida qoladigan asosiy moddalar oksinlar yoki linoksinlardir. Ular oddiy organik erituvchilarda erimaydi faqat dietil efirida shishadi va efirga ayrim oksidlanish mahsulotlari o`tadi. Suvda linoksinlar mikrog`ovaklariga suv kirganligi uchun xiralashadilar. Oksidlanish natijasida hosil bo`lgan quyimolekulyar kislotalar ana shu suvda eriydi. Linoksin 230-2500S haroratda erimasdan, elimlanadi va parchalanadi.
Ikkiqo`shbog`li yog` kislotalari ko`p bo`lgan (paxta, kungaboqar) moylari nisbatan ancha sekin quriydi. Bulardan hosil qilingan oksinlar ancha yumshoq, yopishqoq, dietil efirida oson eriydi. Bu moylarning oksinlari linoksin 95-1250S haroratda eriydi.
Birqo`shbog`li yog` kislotalari bo`lgan (zaytun, bodom) moylari qurimay faqat bir oz quyuqlashadi.
Suyuq o`simlik moylaridan faqat kastor moyi (kanakunjut) havo kislorodi ta’sirida quyuqlashmaydi. Shuning uchun u qurimaydigan moy hisoblanadi.
Hosil qilingan oksinlarning sifati nafaqat yog` kislotalar tarkibiga, balki quritish haroratlariga ham bog`liqdir.
Moylarning qurishiga olib keladigan jarayonning asosi kimyoviy o`zgarishlari quyidagi, linol kislotasi misolida ko`rsatilgan, sxema bilan tushintirilishi mumkin:
- CH2-CHCH-CH2-CHCH- O2 -CH2-CHCH-CH-CHCH- O – ON
Uglevodorod radikalining erkin elektroni (-CH-) bu bosqichda qo`shni turgan qo`shbog`lari bo`lgan, izomer uglevodorod radikaliga aylanadi:
- CH2-CHCH-CH-CHCH- -CH2-CHCH-CHCH-CH-
Bu mexanizmga asosan oksidlanishning o`z-o`zidan qo`shni turuvchi qo`shbog`lari bo`lgan radikallar hosil bo`lishi natijasida, bu radikalning erkin energiyasi kamayadi. Bunday uglevodorod radikallari dienli sintez sxemasi bo`yicha polimerlanadi:
CN - R2
C H
R1-CHCH-CHCH-CH-R2 CHCH-CHCH-CH- R4
C HCH – R3
R3-CHCH-CHCH-CH-R4 CH
R1
Turli glitseridlar tarkibidagi oksidlangan shunday yog` kislotalar qoldiqlari, o`zaro yuqorida ko`rsatilgan aktiv uglerodlari bilan birikishi hisobiga polimer to`ri hosil bo`ladi.
Moyli urug`lar saqlanish davrida ularning qo`yidagi fizik xossalari hisobga olinadi: to`kiluvchanlik (sochiluvchanlik – sыpuchest); o`z-o`zidan xillarga ajralib qolish (samosortirovaniye); g`ovaklik (skvajistost); zichlik (plotnost); sorbtson xususiyatlar; issiqlik va harorat o`tkazuvchanlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |