Mavzu: Kanop mahsulotini quritish.
KANOP MAHSULOTINI QURITISH
Kanop zavodlarida kanoppoya va po‘stloqni ishlash vaqtida yuqori namlikdagi uzun tola va tolali chiqindilar olinadi. Ularni keyingi jarayonlarda ishlash uchun quritish kerak. Shuning uchun kanop zavodlarida tola va tolali chiqindilarni quritish jarayoni kanopni ishlash
2
1
6 9
8 10
3
4 5 7
3.7-rasm. AKV mashinasining texnologik chizmasi:
1 — chiqartiruvchi transportyor; 2 — o‘rish barabanlari; 3 — tebranuvchi transportyor; 4 — ta’minlanuvchi transportyor; 5 — uzatuvchi transportyor; 6 — siquvchi press; 7 — birinchi titish seksiya; 8 — oraliq tebranuvchi transportyor; 9 — ikkinchi titish seksiya; 10 — chiqaruvchi transportyor.
texnologik jarayonlaridan biri hisoblanadi. Bu jarayonning to‘g‘ri va ratsional uyushtirilishi keyingi mexanikaviy ishlashga katta ta’sir qiladi. Shuning uchun quritish jarayoni quritiladigan mahsulotning xususiyatiga va sifatiga qarab uyushtirilishi kerak. Uzun tola va tolali chiqindilar tabiiy va sun’iy usullarda quritiladi
Tabiiy usulda quritish
Tabiiy usulda quritish asosan havoning tabiiy sharoitiga bog‘liq bo‘lib, mavsumiy xarakterda bo‘ladi. Undan tashqari, bu usul sermehnat bo‘lib, tashish vositalari hamda katta-katta quritish maydonlari talab qiladi. Kanop zavodlarida tabiiy usulda uzun tola, tolali chiqindilar, ivitilib tayyor bo‘lgan past navli va chigal poyalar quritish maydonlarida quritiladi. Keyingi yillarda bu usulda quritish tobora kamayib bormoqda. Tabiiy usulda ho‘l uzun kanop tolasi quritish maydonlarida bir-biridan 1—1,2 m oraliqda tortilgan, diametri 6 mm li po‘lat tross yoki sim dorlarga osib quritiladi (3.11-rasm, a). Tola tez qurishi uchun zichlamay yupqa qilib (1 pom. m ga 1—1,5 kg dan) yoyiladi. Bu usulda tola o‘rta Osiyo sharoitida
– havo ochiq kunlari 10—12 soatda, umuman esa 1—2 kunda quriydi, ya’ni qurish muddati kunning taftiga bog‘liq bo‘ladi.
Kanop tolasi va chiqindilarini sun’iy usulda quritish ustida ilmiy tekshirish institutlari, konstruktorlar va kanopni dastlabki ishlash sohasida ishlayotgan mutaxassislar ko‘p yillardan beri ish olib bormoqdalar.
So‘nggi yillarda boyitilgan, siqib namligi kamaytirilgan tolali chiqindilarni sun’iy usulda quritish maqsadida SLG—120—L1 rusumli quritish mashinasi yaratildi hamda u kalta tola olish oqim liniyasiga o‘rnatildi.
Toylanmagan tolaning hajmi katta bo‘lgani uchun omborlarda
3.8-rasm. TMM—200 K rusumli ezish-titish mashinasining umumiy ko‘rinishi chizmasi:
1 — ta’minlovchi transportyor; 2 — birinchi titish seksiyasi; 3 — uzatib turuvchi mexanizm; 4 — ikkinchi titish seksiyasi; 5 — quvur; 6 — yuritgich.
saqlash, transportyor vositalari, yuk ortish va yuk tashish mexanizmlaridan foydalanish qiyinlashadi. Shuning uchun kanop zavodida tola maxsus presslarda toylanadi. Toylangan tolani uzoq saqlash va kanop fabrikalariga yuborish ko‘p jihatdan qulaydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |