Moylarni saqlashning asosiy yo`llari. Asosan quyidagi saqlash tadbirlari ishlatiladi:
1) quruq holda saqlash;
2) sovitilgan holda saqlash;
3) havosiz joyda saqlash.
Saqlashning yordamchi tadbirlariga quyidagilar kiradi:
a) aralashma va iflosliklardan tozalash;
b) aktiv ventillyastiyalash;
v) kimyoviy konservatsiyalash va boshqalar.
Quruq holda saqlash. Moyli urug`larni bu holda saqlash juda keng tarqalgan bo`lib eng arzon va oson usuldir. Ma’lumki, quruq xolda saqlanayotgan xom ashyo namligi kritik namlikdan imkoniyat boricha past bo`lishi lozim. Past namlik bilan saqlanayotgan xom ashyo tarkibida oksidlanish jarayoni sust, nafas olish nihoyatda sekin, mikroorganizmlarning ta’siri juda kam bo`ladi, chunki past namlikda saqlanayotgan xom ashyo yarim anabioz holida bo`ladi.
Sovitilgan holatda saqlash.Moyli urug`larning kam issiqlik va harorat o`tkazuvchanligini hisobga olib, ularni saqlashdan oldin bir marotaba sovitib olinsa, bu holat o`zoq muddat saqlanib turishi mumkin. Albatta, sovitilgan xom ashyo tarkibida barcha aks ta’sir etuvchi jarayonlar sust ketadi, lekin bu usulda saqlash uchun omborxonalar deyarlik germetik bo`lishi va maxsus sovutish moslamalari bilan jihozlangan bo`lishi lozim. Bu esa albatta juda qimmat turadi.
Havosiz joyda saqlash.Yuqorida o`rganilgan ma’lumotlardan ma’lumki xom ashyo havosiz joyda saqlansa unda faqatgina anaerob nafas olish jarayoni bo`ladi. Bu esa o`z yo`lida xom ashyoni nisbatan o`zoqroq vaqt saqlash imkonini beradi. Lekin havosiz joyda saqlash uchun omborxona nihoyat germetik bo`lishi shart. Bunday omborxonalar qurish nihoyatda katta mablag` talab qiladi.
Aktiv ventilastiyalash.Harakatsiz urug` massasi orqali majburiy havo oqimini o`tkazish (aerastiyalash) aktiv ventilyastiyalash deyiladi.
7.3.Yog`-moymahsulotlarini saqlashtexnologiyalarivajihozlari.
Xom ashyoni qabul qilishda namuna olish- Yog`-moy sanoatida saqlash va qayta ishlash uchun kelayotgan o`simliklarning moyli xom ashyolarini sifatini nazorat qilish katta ahamiyatga ega. Urug`larni qabul qilish va saqlashdagi texnik nazoratning maqsadi korxonani amaldagi Davlat standartlari talabalariga javob beradigan sanoat moyli xom ashyosi bilan ta’minlashdir.
Har bir vagon, yoki alohida urug` navining turkumidan qo`lda yoki ko`chma namuna olgich yordamida kamida 20 joydan turli chuqurlikda namuna olinadi. O`rtacha xom ashyo namunasining umumiy og`irligi 2 kilogrammdan kam bo`lmasligi kerak. Avtomashina yoki pristeplardan kamida 4 joydan namuna olinadi.
Agar chigit qo`shni paxta korxonasidan transportyor lentasi yordamida uzluksiz kelib tursa har 2 soatda 400-600 g atrofida namuna ajratib olinadi.
Olingan va kerak miqdorgacha qisqartirilgan namunalar qopqoqli bankalarga joylashtirilib, banka etiketkasiga ta’minlovchi tashkilot nomi, chigit navi va turi, turkum raqami yoki temir yo`l hujjatlari raqami, kun va namuna olingan joy yozib qo`yiladi.