Guliston davlat universiteti ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi



Download 7,53 Mb.
bet39/61
Sana08.11.2022
Hajmi7,53 Mb.
#862456
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   61
Bog'liq
portal.guldu.uz-YOG`-MOY MAHSULOTLARINI SAQLASH VA QADOQLASH TEXNOLOGIYASI

Nazorat savollari

  1. Yog`-moy mahsulotlarining ikkilamchi mahsulotlariga nimalar kiadi?

  2. Shrot va shulxa haqida to`liq ma’lumot bering.

  3. Fosfatid konsentrati nima maqsadda ishlatiladi?

  4. Glisterin qanday saqlanadi?



7-mavzu.
Yog`-moymahsulotlarini saqlash usullari vatexnologiyalari.
Reja:
7.1.Yog`lixomashyolarni saqlashusullarivasharoitlariningmahsulot sifatigata’siri.
7.2.Yog`lixomashyolarniqaytaishlashusullarivasharoitlariningmahsulot sifatigata’siri. Yog`-moymahsulotlarini saqlashusullari.
7.3.Yog`-moymahsulotlarini saqlashtexnologiyalarivajihozlari.
Tayanch so`z va iboralar: yog`li xom ashyo, saqlash omborlari, lipidlarning parchalanishi, saqlash sharoitlari.
7.1.Yog`lixomashyolarni saqlashusullarivasharoitlariningmahsulot sifatigata’siri.
Yog`-moy sanoatida qayta ishlanayotgan barcha moyli urug`lar zavodlarga tug`ridan-tug`ri shirkat va jamoa xo`jaliklaridan olib kelinadi. Faqatgina paxta chigiti bundan mustaCHodir. Chigit moy zavodlariga paxta tozalash zavodlaridan etkazib beriladi. Umuman olganda moyli urug`laravtomobil, temiryul va suv transporti yordamida tashiladi. Keltirilgan har bir alohida miqdor urug`lar o`zining maxsus sifat belgilariga ega. Bular: namlik, ifloslik, moylilik, hamda paxta chigiti uchun esa, qobiq ustidagi kalta momiqmiqdori (pux, podpushka)bilan belgilanadi.
Keltirilgan har bir partiyadan xom ashyoning har eridan turli chuqurlikda tahlil uchun bir qancha miqdorda xom ashyo ajratib olinadi. Namuna uchun olingan xom ashyoning yarimisi kopqog`i zich yopiladigan metall idishlarda yoki stelofan qopchalarda bir oy muddatda saqlab turiladi.
Olingan laboratoriya natijalari qabul qilinganurug`ning sifat va navini belgilaydi. Mabodo laboratoriya tahlil natijalari urug`ning sertifikatidagi ko`rsatkichdan farqli bo`lsa, xomashyo yuboruvchi va qabul qiluvchi tashkilot o`rtasida bu farq “Sifat” markazi vakili ishtirokida o`zaro kelishuv yuli bilan bir xulosaga kelinadi. Mabodo ikkala tomon odil bir fikrga kelishaolmasa, bu masala arbitraj yordamida hal qilinadi.
Zavodga etib kelgan xom ashyo maxsus tarozilar (avtomobil,temiryul torozilari) yordamida tortiladi so`ngra, xomashyo mexanizastiyalashtirilgan moslamalar yordamida zavod omborlariga joylashtiriladi. Bu jarayonlar uchunmaxsus avtomobil ag`dargichlar, vakuum-bo`shatgichlar,vibroko`priklar, ba’zan esa, o`z-o`zidan bo`shaydigan vagonlar ishlatiladi. Mahsulotni esa transport vositalari yordamida omborxonaning kerakli qismiga yo`naltirish uchun zavodda ishlatiladigan uzatuvchi vositalardan foydalaniladi. Bularga shneklar,redlerlar, tarnsport lentalari, o`ziyurar moslamalar, noriyalar, pnevmotransport va boshqalar kiradi.
Moyli urug`larni saqlash o`simlik moyi olish jarayonida asosiy hollardan biri hisoblanadi. Chunki to`g`ri tashkil qilingan saqlash sharoitlari urug`dagi asosiy moddalar – moy, oqsil va boshqa foydali mahsulotlar deyarlik kamaymasdan saqlanib qolishiga sabab bo`ladi. Saqlash sharoitiga qo`yilayotgan talablarga javob bermagan taqdirda namlik, issiqlik, mikroorganizmlar va ba’zi bir kemiruvchi jonivorlar ta’sirida, birinchi galda asosiy modda – lipidlarning parchalanish jarayoni kuchayadi. Bunday xom ashyodan olingan moy esa sifat jihatidan past, rangi yuqori, kislota soni katta, oksidlangan moddalar miqdorining ko`pligi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun keltirilgan xom ashyoning turiga qarab, uni saqlash sharoitlari, omborxonaning esa texnik jihozlanishi me’yorida bo`lishi kerak. Keltirilgan xom ashyoning sifati eng avvalo ekish uchun ishlatilgan urug`lik sifatiga bog`liq va shu bilan birgalikda urug`likning o`sishdagi vegetastion sharoitiga, etilgan hosilning yig`ib olish sharoitiga, hamda moy zavodiga etib kelguncha daladagi saqlash sharoitlariga bog`liq. Ma’lumki xom ashyo tarkibida asosiy mahsulotdan tashqari yovvoyi o`simliklar urug`lari, asosiy o`simlikning bargi, gulbargi, poyasi, hamda atrof muhitdan aralashib qolgan organik, mineral va metall iflosliklar bilan birga bo`ladi. Shu bilan birgalikda asosiy xom ashyo va unga qo`shilib kelgan aralashmalar namliklari turlicha bo`ladi, ya’ni organik va mineral iflosliklarning namligi o`ta yuqori bo`lsa, asosiy xom ashyo namligi esa pastroq bo`ladi. Buning ustiga xom ashyo tarkibidagi mikroorganizmlar va kemiruvchilarning miqdori aks ta’sir qilib, uning sifatini buza boshlaydi.
Xulosa qilib aytganda, asosiy ko`rsatkichlar me’yorda emasdaligini nazarda tutsak, moyli urug`larni saqlashdagi jarayonlar ancha murakkabligi namoyon bo`ladi. Saqlash jarayonida yuqori ko`rsatgichli faktorlar (namlik, ifloslik) ta’sirida urug`ning sifat jihatidan buzilishi oddiy ko`rinishda o`z-o`zidan qizib ketish hodisasi bilan belgilanadi. Albatta, urug`larni saqlash paytida o`z-o`zidan qizib ketish darajasigacha qoldirish mumkin emas. Chunki bu xodisa avval kichik bir hajmda yuz bersa, bir oz vaqtdan so`ng butun bir urug` uyumi hajmida yoyilib ketishi mumkin. Bu holda urug` xo`jaligi moddiy jixatdan katta talofat ko`radi va buning ustiga, qizish natijasida kuyib ketgan urug` ko`mirdek qattiq qatlam hosil qilib, nixoyatda katta kuch va mablag` hisobiga ombordan tashib chiqarishga to`g`ri keladi. Shu hodisa ro`y bermasligi uchun urug` saqlash xo`jaliklarida doimiy nazorat olib borish lozim. Bu nazorat urug` to`plamining turli joyida, har xil chuqurlikda harorat va kerak bo`lganda namlikni doimiy ravishda aniqlash yuli bilan bajariladi.



Download 7,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish