Qattiq disk (Vinchester)



Download 0,5 Mb.
Sana28.09.2022
Hajmi0,5 Mb.
#850575
Bog'liq
Qattiq disk (Vinchester)


Qattiq disk (Vinchester)
Qattiq disk (Vinchester) tashqi xotira hisoblanib, kompyuterda asosiy axborot saqlovchi qurilmadir. Unda barcha programma va ma’lumotlar saqlanadi. Qattiq disklarda tashuvchilar aylanadigan ferromagnetik qatlam bilan qoplangan alyuminiyli va karamikali disklardan iborat bo’lgani uchun ko’pincha qattik disk deb ataladi.

Qattiq disk o’lchamlari turlicha bo’lishi mumkin. Zamonaviy kompyuterlarda 80 Gb dan 1 Tb (Терабайт) gacha bo’lgan qattiq disklar qo’llanilmoqda.


Vinchesterning tuzilishi.
Har bir Qattiq disklar (Vinchester) bitta o‘qqa o‘rnatilgan magnit disklar paketiga ega. Dastlabki qurilmalarda 3600 ayl/min aylanish tezligi qo‘llanilar edi, biroq o‘qish/yozish tezligiga bo‘lgan talablarning ortishi bilan ko‘pchilik qurilmalarda disklar blokining aylanish chastotasi 7200 ayl/min gacha oshirilgan.

1 – rasm. Qopqog‘i olingan hozirgi zamon vinchesteri

Disklar, sirtiga yo‘qori sifatli ferromagnetik surilgan alyuminiy, shisha yoki keramika plastinalardan iborat. Magnit qoplama tarkibi juda murakkabdir – u, odatda, changlash yoki vakuumli yotqizish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Dastlabki disklarda temir oksidi qoplamalaridan foydalanilgan edi, hozirgi vaqtda esa magnitli qoplama materiallari sifatida temir va uning oksidlari ham, boshqa magnitli metallarning plyonkalari (pardalari) ham ishlatilmoqda. Metall plyonkali qoplamalar yo‘qori zichlik bilan yozishni va disk sirtining mustahkam bo‘lishini ta`minlaydi. Qoplamaning mustahkam bo‘lishi zarbga duchor bo‘lish ehtimolligi yo‘qori bo‘lgan ko‘chma kompyuterlarda disklarni ishlatishda muhimdir.


Ishlov berilgan disklarni bir paketga jamlanadi (bir paketda odatda 2 tadan 12 tagacha disk bo‘ladi ) va yuritgichiga o‘rnatilgan o‘qqa mahkamlanadi.

Har bir disk ikkita ishchi sirtga ega, biroq ba`zi qurilmalarda paketdagi chetki disklarning tashqi sirtlaridan konstruksiya mulohazalariga asosan foydalanilmaydi.


Magnit kallaklar
O‘qish-yozish kallaklari diskli jamlovchining eng muhim elementlari jumlasiga kiradi. Vinchester kallaklarining ish tamoyili oddiy magnitofon kallaklarining ish tamoyiliga o‘hshash, biroq ularga magnitofon kallaklariga qaraganda ancha qattiq talablar qo‘yiladi. Diskli jamlagichlarning kallaklari o‘zlarining o‘lchamlari kichikligi bilan ajralib turadi.

3 – Rasm. O‘qish-yozish kallaklari

Kallak disk sirtidan doimo biror masofada (0.13mkm atrofida) turadi, bu masofa diskning tez aylanishida havo oqimi hosil bo‘lishi hisobiga ta`minlanadi. Kallak sirti va disk orasidagi bo‘shliqning kamayishi o‘qishda signalni kuchaytiradi va yozuv tokini kamaytirish imkonini beradi, biroq qurilmaning tebranishlar va zarblarga turg‘unligini juda pasaytiradi. Kallak bilan disk sirti orasida bo‘shliqning mavjudligi kompyuter o‘chirilganda disk sirti va kallak mexanik tutashganda ularning zararlanishining oldini olish uchun kallaklarni parkovka qilinishini (ularni ishchi sirti doirasidan tashqariga ko‘chirishni) talab etadi. Eski qurilmalarda kallaklarni parkovkalash uchun maxsus dasturlardan foydalabish lozim edi ( ularni kompyuterni uzishdan oldin ishga tushirilar edi ), zamonaviy vinchesterlar tok ta’minoti uzilganda kallaklarni disklarning ishchi sohasidan tashqariga avtomatik ko‘chiradi.


Vinchesterning o‘rnatma nazoratchisi (boshqarish platasi).
Har bir diskda disklar bloki va yuritmasidan tashqari bosma plata o‘rnatilgan bo‘lib (u odatda tagiga mahkamlanadi), u kallaklar va disklar yuritmalarini boshqarish, shuningdek, yozish-o‘qish signallarini ko‘chaytirishni ta`minlaydi. Bundan tashqari, bu platada kallaklarni boshqarish buyruqlarini deshifratori, stabillashtirish (turg‘un qilish) sxemalari va boshqalar o‘rnatilgan.

4 – Rasm. Vinchesterning boshqarish platasi
Vinchesterlar o‘lchamlari
Hozirga zamon disk qurilmalari eni (disklar diametri) bo‘yicha to‘rt tipli o‘lchamda va balandligi bo‘yichauch tipli o‘lchamda ishlab chiqarilmoqda. Disklar diametri ko‘pchilik hollarda 1.8, 2.5, 3.5 yoki 5.25 dyuymga teng, balandligi 3.25 dyuym (yeng baland qurilma), 1.63 dyuym (yarim balandlikdagi qurilma), yoki 1 dyuymdan kichik (pastprofilli qurilma).
Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish