Xom ashyodan ishlab chiqarishda namuna olish. Sanoatda elementar namunalarni qo`lda yoki avtomatik namuna tanlagichlarda olinadi.
Elementar namunani qo`lda olishda urug oqimining kengligi va qalinligi bo`yicha tushish joylaridan kesib chiqish yo`li bilan ajratiladi.
Yirik korxonalarda elementar namunani smena davomida kamida 6 marta olinadi; qolgan korxonalarda smena davomida kamida.4 marta olish tavsiya etiladi. Elementar namunalardan smenaning bosh namunasi tuziladi va uni diagonal bo`lish yo`li bilan laboratoriya namunasigacha /2 kg atrofida/ qisqartiriladi.
Tahlil uchun tortmalarni ajratish-Tahlil uchun tortmalarni o`rtacha namunadan ajratiladi. Laboratoriya va o`quv-tadqiqot ishlarini bajarganda talaba tadqiqoti uchun berilgan namuna o`rtacha namuna hisoblanadi.
Tajriba uchun urug` namunasi diagonal bo`lish usuli yoki D-2 uskunasi yordamida ajratiladi. Bo`lish uskunasida 50g va undan ko`p tortma ajratib olinadi. Kichik namunalarni olish uchun ajratilgan namunani diagonal bo`lish usulidan foydalaniladi.
Agar ajratilgan tortmada talab etilganga nisbatan 10% ko`p urug` bo`lsa, u holda ortiqcha urug`ni quyidagicha olib tashlanadi. Tortmani tekis yuzaga to`kiladi, yupqa qatlam qilib tekislanadi, ortiqcha urugni kurakcha bilan turli joydan olinadi.
Suyuq, qattiq moylar va sovunlardan namuna olish.Yog`-moy korxonalariga qabul qilinayotgan o`simlik va hayvon yog`lari va moylar (oziq-ovqat va texnik) nazorat qilinishi kerak bo`ladi. Nazorat qabul qilinayotgan yog` va moylarni alohida-alohida partiyalarga bo`lib ko`zdan kechirishdan boshlanadi. Yog` va moyni partiyalarga bo`lish deb, ularni bir xil naviga, turiga, bir vaqtda qayta ishlanganiga va ishlab chiqarilganiga, bitta transportda jo`natilganiga va sifat ko`rsatkichlari bitta xujjatda ko`rsatilganiga qarab bo`lishga aytiladi.
Masalan: yog` va moylarni jo`natish temir yo`l vagonlarida yoki avtostisternalarda amalga oshirilganda, o`sha har bir avtostisterna 1 ta partiya deb qabul qilinadi.
Har bir nuqtadan namunalar olish GOST 5471-83 bo`yicha yog` va moylarni qabul qilib olishda va ularni korxonadan jo`natishda amalga oshiriladi.
Amaliyotda namunalar olishda ko`p qo`llaniladigan hol – bu yog` va moylarni idishlardan trubao`tkazgichlar orqali bir joydan ikkinchi joyga haydashda turg`un namuna olgich shtusterlar orqali namuna olishdir.
Namuna olish haydash vaqti davomida uzluksiz va bir me’yorda olib boriladi. Olingan namunalar berilgan moy partiyasining o`rtacha namunasi hisoblanadi. Olingan o`rtacha namunalarni VNIIJ – 9 ajratgich uskunasiga solib, undan tahlil uchun ajratib olinadi.
Olingan 1l namuna oldindan yaxshilab yuvilgan va quritilgan 2 ta butilkaga solinadi.