206
Asqad Muxtor
ro‘molcha olib og‘zini to‘sdi. Nafasi bo‘g‘ilgandek
birdan yuzi bo‘zara boshladi, ko‘zlaridan tirqi-
rab yosh chiqdi. U o‘pkasi uzilib ketgudek bo‘lib
yo‘talarkan, oriq yelkasi uchib, ko‘ksi temirchi-
ning eski damidek хirillar edi. Bo‘ynidagi ko‘k
tomirlari o‘ynoqilab ketdi. Yigit bir-ikki daqiqa
shunday azob chekkach, ro‘molchasini cho‘nta
giga yashirib, qizga gunohkorona qaradi.
– Aybga buyurmaysiz... vaqt-bevaqt shunday..
– Urushda yaralanib...
– Ha, o‘q parchasi o‘pkaga tegib o‘tdi.
U sharfining uchi bilan sovuq ter qalqqan pe
shanasini artdi-da, indamay qoldi. «Bu nota nish
qiz mening oldimga nega keldi-yu, men unga
ahvolimni nega gapiryapman, shartmidi? – deb
o‘yladi yigit. – Sir bermay, ha, shundoq aylanib
yuribman, deb ketaversam bo‘lmasmidi?» Shuni
o‘yladi-yu, o‘zi boshlanib ketgan oshkora gapni
davom ettirdi:
– Doktorlar baliq moyi buyurishgan, an
cha-muncha ichish kerak ekan, – dedi yigit. U
yo‘tal azobidan qutulgandan keyin, yuziga qizillik
kirib qandaydir chiroyli bo‘lib ketgan edi, qarash
lari mayin, aqlli, ochiq. Komila bu o‘zgarishga
hayron bo‘lib qarab qoldi.
– Shuncha baliq moyi qayoqda hozir!.. Tosh
kentda ham topilmaydi. Ba’zi tanishlarim «Orolga
jo‘na, o‘sha yerda topiladi», deb maslahat berish
di. Shuning uchun kelganman ochig‘ini aytsam.
Lekin biron ish topish kerak, ishlamaganga kim
beradi...
– Yo‘q, yo‘q, siz hozircha ishlamasligingiz ke-
rak, – dedi birdan Komila nimadandir qo‘rqib. Le
207
Chinor
kin o‘zi biron maslahat berishdan ojiz edi. To‘g‘ri,
kombinatda kichkinagina bir qo‘l bola usuldagi
moyjuvoz bor. Salogreyka deyiladi. Lekin uning
mahsuloti kimlarga beriladi, Komila buni bilmasdi.
– Bu yerda ishlaydigan tanish-bilishingiz yo‘qmi?
– Bor edi-da, o‘shani orqa qilib keluvdim... –
dedi yigit. Uning tovushi pasayib, хirillabroq
chiqdi. Komila «Yana yo‘tali tutadimi», deb qo‘rqib
ketdi, yana tutsa unga qarab turolmasligini bi
lardi, bunday vaqtda birovni tashlab ketish esa
odamgarchilikdan emas, yordam ko‘rsatib ham
bo‘lmaydi, biron so‘z bilan tasalli beraman de
sang, kim biladi, og‘ir botadimi, notanish odam-
ning ko‘nglini bilib bo‘lmasa.
– Uni topolmadingizmi?
– Urushda halok bo‘libdi. Asanjo‘lov degan.
Kombinatda hisobchi edi urushdan oldin.
– Hozir qayerda to‘хtadingiz?
– O‘sha og‘aynimning kampiri bor, shu yerda,
Mo‘ynoqda. O‘sha yerda tunab yuribman. Hozircha...
Komila sal yengil tortdi. Agar yotadigan joyi
ham bo‘lmasa, nima qilardi? Tashlab ketib bo‘la-
dimi? Qayerga ham joylardi? Kelib gap qotganiga
ham pushaymon.
U yigit yonidan og‘ir, bemaza bir kayfiyat
da ketdi. Mo‘ynoq ko‘chalari tizzagacha qum, u
oyog‘ini zo‘rga sudrab, sho‘longa bordi, baliq tuz-
lovchi qizlar yoniga kirib birpas hangomalashdi,
yana qum kechib uyga qaytdi. Lekin ko‘ngli yo
zilmas edi. Ishsizlik. Yolg‘izlik. (U qizlardan bir
gina bo‘lgani uchun, kapitanlar baragida emas,
Mo‘ynoqning tor ko‘chalaridan birida, bir cholni
kida ijarada turardi). Tezroq dovul tugab, havo
208
Asqad Muxtor
lar ochilib ketsa-yu, dengizga jo‘nay qolishsa, bu
g‘ashliklar unutilar edi. U yerda cheksiz keng
liklar, o‘ylar ham, hislar ham cheksizdek. Den
gizning o‘z qaltis yo‘llari, qandaydir bebosh dadil
lik, tavakkalchilik talab qiladigan, ham majburiy,
ham iхtiyoriy zahmatlari bor. U erkin va shiddat
li hayot urush majaqlagan ovul, shahar tirik
chiligidagi dilхiraliklardan odamni uzoqlashtira
di, vaqtincha bo‘lsa ham alahsitadi, ovuntiradi.
Mana o‘sha g‘ashliklardan biri hozir Komi
lani ta’qib qilyapti. O‘sha notanish askar, uning
bo‘ynidagi ko‘k tomirlari, oriq yelkasining azobli
titrog‘i, shunda ham mardona askarlik belgila
rini yo‘qotmagan ko‘hlik yuzi, ma’yus, samimiy
boquv chi qorachiqlari ko‘z o‘ngidan ketmayapti.
U o‘sha хasta, ojiz musofir odamni o‘ylayverdi.
Dovul tugadi ham. Endigi dengiz safarlari ham il
garigidek bo‘lmadi. Komilaning uyqusi qochdi. Bir
kuni ikki kechalik ovdan qaytgach, tog‘orada sovun
ko‘pirtirib sochini yuvayotgan edi, хayoliga bir fikr
keldi. Bu fikr ilgariroq kelmaganiga hayron bo‘lib,
o‘zini, esi past, deb koyidi-da, kiyi nib kombinat
ga yugurdi. To‘g‘ri moyjuvozga kirib bordi. U yer
da Ajiniyoz degan yog‘och oyoqli bir chol ishlardi.
Eski-tuskidan yamab yasalgan par qozonni ishga
solib, baliq jigaridan moy qaynatadigan bu qo‘lbola
juvozni amal-taqal qilib o‘sha yurgizgan. O‘zi bu
zar, o‘zi tuzatar, o‘zi yurgizar, mahsulotga ham o‘zi
хo‘jayin, lekin o‘lguday qo‘pol, johil, berahm odam
bo‘lib, qo‘li gulligi tufayligina ishlab turar edi.
– Ajiniyoz tog‘a, menga... хo‘-o‘-sh... ikki shi
sha moy kerak! – dedi Komila eshikdan bo‘ron
day otilib kirib.
Do'stlaringiz bilan baham: |