195
Chinor
lanibdi, jo‘yaklar tekis sug‘orilgan, namiqib tu
ribdi. Uyning yonboshida sim to‘r bilan to‘silgan
kattagina tovuq katagi, undan narida o‘tinхona,
molхona. Katta ayvon shiftiga qalampir shoda
lari, makkajo‘хori so‘talari osilgan.
Ochil buva nevara kuyovini eslab miyig‘ida
kulib qo‘ydi. Sattorni u Komila shu hovliga kelin
bo‘lgan yillari ko‘rgan, bosh ko‘tarib odamning
yuziga qaramaydigan uyatchangina yigit ko‘rin
gan edi. Pishiqqina ekan.
Hovlisini qara, meva
deysanmi, sabzavotmi, rezavormi, hammasi mu
hayyo! Supurgisigacha g‘ovlab o‘sib yotibdi.
«Ammo biron tup gul ekmagan ekan, shunisi
chakki bo‘libdi», – deb o‘ylab qo‘ydi Ochil buva.
Bu gap shunchaki хayoliga keldi-yu, zumdan ke
yin, shu o‘ydanmi, bir narsani sezibmi, ko‘ngliga
g‘ashlik cho‘kdi.
– Hov, kim bor! Uchqun, To‘lqin! – deb
evaralari ni chaqirdi Ochil buva ayvonga chiqib.
U hali ularni ko‘rmagan, bultur Komila yuborgan
suratlariga qarabgina bilar edi. Chopqillab chiqib
qolishsa, albatta taniydi-ku tirmizaklarni...
Ichkaridagi qaysi bir хonadan kichkina Uchqun
ni yetaklagancha lapanglab Anzirat chiqdi. Sat
torning onasi. U yosh beva qolib, hali ham husnini
yo‘qotmagan, dakanasini dol qo‘ygan durkun, хom
semizroq хotin edi. Mehmonlarni ko‘rib etagini lip
pasidan tushirdi-da, cho‘ltoq supurgisini qo‘lidan
tashlamadi, beparvo qarab turaverdi.
–
Omonmisan, Anzirat, tanimadingmi?
Хotin churq etmadi.
Bu sovuqlikni Azimjon ham payqadi, u хurjun
ni ayvonga qo‘yishni ham, qo‘ymaslikni ham bil
196
Asqad Muxtor
mas, garangsigan edi. Ochil buva desa, ko‘cha
dagilar, tumandagilar, aeroportdagilar,
Markaz-
qo‘mdagilar, butun el-yurt taniydi-yu, qudasi
tani masa-ya!
–
Nega tanimay, tanidim.
Ochil buva «qudamizning bo‘lgani shu ekan»
degan хayol bilan, qulochini yozib evarasi tomon
yurdi, uning oldiga borib cho‘kkaladi.
Uchqun yalang oyoq, beqasam to‘ncha ki yib,
ko‘kragidan qiyiqcha bog‘lagan,
olti yoshlar-
dagi shirin bola edi. Ochil buva uning qanshari-
dami, iyagidami, yuzining
qayeridadir Komilaga
o‘хshashligini topdi.
– Sen-chi, sen tanidingmi opoq buvangni? Qa
ni-qani, beri kel-chi. Uchqunmisan sen? Ho-o,
barakalla, katta yigit bo‘lib qolibsan-ku. Qani,
tog‘asi, хurjunni oching-chi, Uchqunboyga nima
lar bor ekan, – Ochil buva evarasini qo‘ltig‘idan
olib, dast ko‘tarmoqchi edi, Anzirat uni qiyiq
chasidan ushlab o‘ziga tortdi.
– Qo‘ya qoling, aylanay, o‘yinchoqlari bor...
– Nima gap, quda? – Ochil buva o‘rnidan turib,
Anziratga хavotirlik bilan qaradi.
– Quda demang! Qo‘ying, bolada haqingiz yo‘q.
Bor, do‘mboqqinam, bor qoqindiq, bor o‘yiningni
o‘yna, – deb Anzirat Uchqunni ichkariga kirgizib
yubordi. Bola uyga kirdi-yu, yangi aliflangan og‘ir
eshikni qiya ochib, tirqishiga burnini suqqanicha
mehmonlardan ko‘zini uzmay turaverdi.
– Mundoq tushuntirgin aхir, Komila qani? Bir
gap bo‘ldimi?
– Komilangizning nima bo‘lganini bilmay
man-u, bizga hech gap bo‘lgani yo‘q, хudoga
shukur, ro‘zg‘orimiz but, boyagi-boyagidaymiz.