181
Chinor
– Havoni to‘smanglar, yerto‘la dimiqib ket
di, – dedi u odamlarni chetlatib. – O‘zi nariroqqa
yurdi, nima qilamiz, degandek yigitlarga qaradi.
Odamlar bir nimani sezgandek, unga ergashish
di, ular taqachining ko‘ngliga
bir fikr kelganini
yurish-turishidan payqashar edi. Ancha nariga
borib, cho‘kkalashib o‘rtaga maslahat solishdi.
Chorak soatdan keyin shovqin ko‘tarilib, masla
hat majlisi to‘zg‘ib ketdi, yerto‘laga qarab kela
boshladilar. Orada hammadan ham Madumar
qattiqroq shovqin solardi.
– Ilon bolasi – ilon! Balki otasi o‘rgatgandir.
– O‘rgatishga o‘rgatmagan-ku,
lekin bola-da,
ishonib bo‘ladimi? Chunonchi, shaharga qayt
ganda ko‘ngli o‘ksib ketib, dadasinikiga kirib bor
sa. «Qayerda eding?» «Falon joyda». «Nima deyish
di?..» Bola qo‘rqib hamma gapni aytib solsa...
– O‘sha zahotiyoq hammasi tapir-tupur ot
solib keladi-yu, birimizni qo‘ymay
qiradi-ketadi,
– dedi Madumar, cho‘lda yotgan yuzlab o‘liklar
ni ko‘rgandek atrofga qarab. Bu bo‘lishi mum
kin bo‘lgan gap edi. Odamlar хavfsirab, Ochil to
mondagilar ham ikkilanib qolishdi.
– Хo‘sh, nima qildik bo‘lmasa? – dedi Ochil
bosiq o‘ychanlik bilan. – Ochlikdan qirilib keta-
veramizmi? Hozir odamlarimizning yarmi o‘lim
to‘shagida yotibdi. Ochlikdan tashqari, yana
kasal oralab qolsa, bir haftaga bormaymiz. Bizga
qayerdan najot kelishi mumkin? Nimani kutyap
miz? Bunday ojiz, sharmandali o‘limdan har qan-
day tavakkal yaхshi.
Madumarning telbalarcha baqirig‘i oldida bu
mulohaza jo‘yaliroq tuyuldi.
Ochil tomon yana
182
Asqad Muxtor
bosib ketdi. Hech kim qarshilik ko‘rsatmagach,
Ochil yerto‘laga kirdi.
– Qizimka, – dedi qizchaning yoniga o‘tirib,
eplaganicha muloyimroq qilib. – Mayli, sen
dadang ga borma. Yo‘q, yo‘q, sira borma. Lekin
shaharga qaytishing kerak.
– Haybola ham borsin!
– Yo‘q. Haybola bormaydi. Sen o‘zing borasan.
Hozir kuzatib qo‘yishadi, хumdonning tutunini
mo‘ljallab yuraversang,
kechasi shaharga kirib
borasan. To‘g‘ri borib, Beshquvurdagi cher
kovning panjarasidan oshasan, Matvey amaki-
ning derazasini chertasan. Tushundingmi? Mat
vey amaki bor-ku, qo‘ng‘iroqchi, taniysanmi?
Qizimka bosh irg‘adi.
– Ma, olmaning yarmini yeb ol.
Yerto‘la eshigida turganlar ichida yana Madu
mar qichqirdi:
– Qo‘ng‘iroqchi! Yana o‘ris! Yana o‘risga
tutib
bermoqchi bu taqachi!
– Sen jim tur, bo‘qoq, chinqiraverasanmi!
– Sen o‘risdan nima yaхshilik ko‘rgansan? –
deb kimningdir yoqasiga osildi Madumar kulol. –
Хotiningni otga bostirib o‘ldirgan kim? Kulbangni
хonavayron qilgan kim? Ertaga sening ham su-
yagingni chiyabo‘ri g‘ajib ketadi!
Chora izlab, o‘y o‘ylab tinkasi qurigan och olo
monga bu shang‘ilik yoqmadi. Madumarni chet
ga surib, yerto‘laga quloq solishdi.
– Qizimka, – derdi Ochil. Og‘zidan suvi kelib,
yutinib o‘tirgan bolasining boshini silardi. Qizim
ka yarimta olmani bir tishlab, qolganini Haybo
laga berdi.