Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

168
Asqad Muxtor
turdi-yu, bu safar bir nima deyolmadi. Nima ham 
desin Madumar bechora? «Boshingni ko‘tarma, 
o‘q yeysan!» desinmi? Bolaga-ya?..
Pastda hayot oyoqlar oralab hamon o‘rmalardi. 
Dam ilondek vishillab xunuk mish-mish taralar, 
dam taqdirga tan bergan birontasi Azroil haqida 
achchiq hazil tarqatar, kimdir noumid shayton, 
degandek bilar-bilmas bashorat qilar edi.
– Eshitdingmi, yarim kechaga oborib hammani 
bitta-bitta otib tashlarmish...
Bo‘g‘iq faryod, yig‘i yer bag‘irlab bir-biriga 
ulanib ketadi.
– Shuncha odamni otolmaydi, shahar ko‘cha­
larida yotgan o‘liklarning hisobiga yetsin avval...
– Qo‘zg‘olonning boshliqlarini terib olarmish... 
Kimdir хotinchalish хunuk tovush bilan yig‘lab, 
burnini artardi:
– Men qo‘zg‘olonini bilmayman, mardikorga olib 
ketgan ko‘chaga ham chiqqanim yo‘q, ayting lar, 
jon qo‘shnilar, qozoq o‘risga aytinglar, nachalik­
ka aytinglar...
– Nafasingni o‘chir, ko‘sa! – dedi unga kimdir. 
– Bitta senmiding! Son ming odam bosh egib tu­
ribdi bu yerda!
– Voydod, birodarlar, o‘lib ketaveramizmi, gu-
no himiz nima!
O‘q yangradi. Yana kimdir ketdi. Ochil taqa­
chi past-u baland gaplarga quloq solar, o‘zidek 
chi dam bilan ikki bukilib turgan to‘qqiz yashar 
bolasining belini silar, o‘ylar edi. O‘limni emas, 
bo‘lib o‘tgan voqeani o‘ylardi. Nahotki shu bilan 
tamom bo‘lsa? Yo‘q, shuncha qon, shuncha qur­
bon bekor ketishi mumkin emas. O‘zbek yerlarida 
hali bunaqasi bo‘lmagan. O‘t tushdi, o‘t ketdi...


169
Chinor
Madumar kulol hadeb tipirchilagan bolasining 
kokilidan yerga tortardi. Tun ayoz, oydin. Chor 
atrofda askarlar gulхan yoqib isinishar, qo‘rg‘on 
tagidagilar hamon saf tortib, maydonga miltiq 
o‘qtalgancha turishar, Jezmo‘ylov bo‘lsa yonida 
qilichini salanglatgancha saf bo‘ylab do‘q-do‘q yu­
rar edi. Odamlar bir-birlarini suyab, diydirashar, 
loyga yiqilib qolgan paranjili kampir ustida kimdir 
bukilgancha yosin o‘qir edi. Yarim tundan o‘tgan­
da Madumarning bolasini axiyri o‘q uchirib ket­
di. Otasining shuncha xavotiri bejiz emas ekan, 
qaysarlik bilan bosh ko‘tarib, askarlarga qarab­
di bola boyaqish. Ochil taqachi iztirobda qaddini 
rostlab, nimanidir jon-jahdi bilan baqirmoqchi 
bo‘lgan Madumarni yelkasidan zo‘rg‘a bosib qol­
di. Shundan keyin Madumar bolasining o‘ligi us­
tida egilgancha azongacha g‘iq etmadi. 
Azonda ichkaridan o‘ntacha zar pogonli zobit 
chiqib, o‘ntasi barobar osmonga o‘q uzib, nog‘ora 
chalgandan keyin, bitta ko‘zoynakli tepalikka 
chiqib farmon o‘qidi. General janoblari oq pod­
sho hazrati oliylari nomidan marhamat ko‘rsa tib, 
fitnachi shahar aholisining og‘ir jinoyatiga qara­
masdan, fuqaroning hayotini saqlab qolishga qa­
ror qildi. Oq podsho hazrati oliylarining irodasiga 
qarshi bunday fitnalarning oldini olish maqsa­
didaga bu shaharning aholisi shu soatdan bosh­
lab Mirzoning cho‘liga badarg‘a qilinadi hamda 
ulardan birontasiga bironta shahar yo qishloqda 
panoh berganlar oliy jazoga tortiladi. 
Maydon birdan qo‘zg‘aldi. Boshiga qon quyil­
gan, ko‘zlari qip-qizil odamlarning qad ko‘tarol­
ganlari gandiraklab ketdi, belini yozolmaganlari 


170
Asqad Muxtor
qichqirib yubordi: Biri og‘riqdan, biri o‘limdan qol­
ganiga, biri «badarg‘a» degan so‘zning dahshatidan, 
biri хudo ni tilga olib; biri jigarining murdasini o‘z 
qo‘li bilan yerlolmay tashlab ketayotganiga...
O‘liklarni oldirmadilar. Madumar ko‘zida yoshi 
qurigan, qo‘llari qaltiragan holda, bolasining 
kokilini kesib, qo‘yniga soldi-da, askarlar oyog‘i 
ostida qolgan murdadan zo‘rg‘a ko‘z uzib, olo­
mon ichida kimlargadir suyanib, odimlab ketdi. 
Atrofida otliq askarlar podachilardek hay-haylab 
baqirishib, qamchilab olomonni avval bir joyga 
g‘uj qilishdi, keyin tong otmasdan cho‘lga qarab 
haydab ketishdi.
Tong otganda Ochil taqachi atrofida hech kim­
ni tanimadi. Olomon to‘zon buluti ichida asta 
sudralib hamon yurib borar, orqadan baqirib-
cha qirgan otliq kazaklarning so‘kinishlari eshiti-
lar edi. Ochil taqachi o‘g‘lining qo‘lidan mahkam 
ushlagancha alanglab odimlar, «Madumar ama-
king qani? Ko‘rmadingmi?» deb so‘rar edi. Bola 
eshitmadi. Uning quloq-burniga tuproq to‘lib, 
bitib ketgan edi.
Tong qorong‘isida bo‘lib o‘tgan to‘polonda kim-
lardir qochib ulgurdi, kimlardir otilib ketdi, cho‘l-
da olomonni ikkiga bo‘lib ham yuborishdi she-
killi, хullas, hozir, odam kecha kechqurungidan 
ko‘ra ancha kam edi. Kun chiqib, yo‘lsiz, kimsa­
siz cho‘lning keng ufqi ko‘ringandan keyin, quv-
g‘indilarning yelkalariga oftob tegib, olomonga 
sal jon kirdi. Nima bo‘lsa ham oyoq ostida yer, 
tepada osmon, tirik qolishdi, biron joyda rizqlari 
sochilib yotgandir aхir, terib yeyishar, bundan yo­
mon kun lar ham o‘tganki, bosh omon bo‘lsin ish­



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish