Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor



TOSHKENT
2017


UO‘K: 821.512.133-3
KBK: 84(5O‘)6
M – 93
Muхtor, Asqad
Chinor: roman / Asqad Muхtor. – Toshkent: Yangi asr 
avlo di, 2017. – 576 b.
ISBN 978-9943-27-560-7
Asqad Muxtorning bu romani sharq adabiy an’analarini 
eslatuvchi yangi bir shaklda yozilgan. Chinorning azim 
shoxlariday har tomonga tarvaqaylab ketgan qissalar 
jonli voqelikni aks ettirsa, uning teran ildizlari – 
hikoyatlar yaqin o‘tmish haqida, rivoyatlar esa pildirab 
uchgan yaproqlar singari yengil, ular badiiy tafakkur 
qanotida qadim afsonalarga borib tutashadilar...
Bularning hammasi ham bir o‘zbek oilasi haqida. 
Bu oila katta, qadimiy, madaniy, mehnatkash va shu 
ma’noda «tagli-zotli». Uning har bir a’zosi xalq hayotida 
ma’lum bir mas’uliyatli yukni o‘z zimmasiga olgan. 
Jonajon tuproqqa chuqur tomir yoygan, baquvvat va 
qadimiy Chinor mangulik ramzi, xalqimiz timsolidir. 
Oila boshi Ochil buvaning safari bilan shartli ravishda 
o‘zaro bog‘langan qissalarning har biri mustaqil axloqiy-
estetik fikrni ilgari suradi. Hikoyatlar va rivoyatlar esa 
bu fikrni quvvatlab, yanada mustahkamlaydi.
UO‘K: 821.512.133-3
KBK: 84(5O‘)6
ISBN 978-9943-27-560-7
© Asqad Muхtor, «Chinor». «Yangi asr avlodi», 2017.


Tog‘ bag‘ridagi huv o‘sha bulut bulut emas
chinor. Darvoqe, tog‘ning o‘zi ham, qishloq ham 
uning nomi bilan Chinortog‘, Chinorqishloq deb 
ataladi. Bizning Ochil buva shu yerda tug‘ilgan. 
Men gapni to‘g‘ri shu kishidan boshlamoqchi 
edim-u, lekin bu joylarda chinorsiz hech narsani 
tushuntirib bo‘lmaydi. Hatto guzar, undagi kat­
ta gavjum choyхona haqida gap ketganda ham, 
«Chinorda chaqchaqlashib keldik», «Chinorga 
borib bir osh qilaylik», deyishadi. Butun qishloq 
shu chinorning soyasida joylashgan.
Ochil buva bugun chinor bilan хayrlashmoqda. 
Butunlay emas, albatta. Vaqtincha. U safar oldi-
dan, har gal shunday qiladi, tirik odam bilan хayr­
lashganday uzoq tikilib, pichirlashib хayrlashadi.
Hali oppoq tong. Nur uyg‘otgan qushcha to­
vushining ilk kumush halqachalari osmonga 
o‘rlab ketdi. Nim shabadada yashil bulutning har 
joy-har joyi sovunday ko‘pirib, azim chinorning 
sirli bag‘ridan chiqib kelgan sokin va qudratli 
shovillash olamni tutdi. Quloq solmaganga bu to­
vush eshitilmaydi ham, lekin Ochil buva uchun 
hozir tong ham go‘yo mana shu shovillashdangina 
iborat edi. U guzardagi katta oq tosh supada tik­
ka turibdi. Ana shu tog‘ qishlog‘ida bunday qoya­
tosh serob, ular yo‘lkalarda zinapoya, ariqlarda 


4
Asqad Muxtor
ko‘p rik, chashmalarda bosma, choyхonalarda 
supa vazifasini o‘taydi. Chinor ham ana shunday 
qoyatoshdan o‘sib chiqqan-u, lekin uning tomir­
lari tosh ostidagi ona tuproq bag‘rida Chinor­
tog‘ning ildizlari bilan tutashib ketgan deyishadi.
Hali oppoq tong. Guzarda ham, qishloq ko‘cha­
larida ham bir kimsa yo‘q. Faqat Ochil buva bilan 
chinor yuzma-yuz turishibdi.
Ochil buvaga u doim tirikday, qadrdon suhbat­
doshday tuyuladi. Dono suhbatdosh. Yoshi al­
laqachon mingdan oshib ketgan. Ming yil! Uning 
navnihol paytini ko‘z oldiga keltirib bo‘lmaydi. U 
vaqtlar yil sanog‘i faqat uchta raqam bilan ifoda­
langan bo‘lsa kerak. Ming yil! Har bahorda yan­
gi libos, yangi hayot. Uning o‘n to‘qqiz qulochli 
g‘o‘dir tanasi o‘zining minglab qatlamlari bilan 
go‘yo hayotning manguligini tasdiqlab turadi. 
Son-sanoqsiz panja barglari ham betinim qimir­
lab, nurli havodan rizqini terib olayotganday, 
yuksaklikka intilgani intilgan. Ochil buva uni 
doim yosh ko‘radi. Mana hozir ham oppoq tongda 
navqiron gurkirab, butun vujudidan sarin yosh­
lik barq urib turibdi. Tarvaqaylab o‘sgan silliq, 
yashil butoqlaridan ko‘z o‘rmalab tepaga chiqqan 
sari tanasi sutday oqarib boradi. Guzar ustiga 
og‘ib turgan yettinchi butog‘i hali juda yosh, bor­
gan bo‘lsa besh yuz-olti yuz yashardir, uning ta­
nasi qiz siynasiday oppoq, sof. U Ochil buvaning 
yigitlik chog‘ida ham хuddi shunday edi, o‘shan­
da ham uning ko‘ngliga shu qiyos kelgan.
Ha, chinorga tikilib Ochil buva butun umrini 
eslaydi. Unga qarab tursa ko‘z oldida dengizday 
bir cheksizlik, yam-yashil cheksizlik ko‘rinadi. 



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish