17
Chinor
HIKOYAT
Tush payti. Shabada o‘tovning keragalarini asta
g‘irchillatadi, saraton yaylovining boshni aylanti-
radigan epkinini olib keladi. Atrof tinch, cho‘pon
lar quyosh tig‘idan qochib, mizg‘igani kirib ketish
gan. Bozorqul bunday paytlarda bosh egib хomush
o‘tirardi, bugun esa serg‘ayrat, jonsarak. Shabada
keltirgan kuvroq pichan hididan, allaqanday yov
voyi gullar hididan boshi aylanib, to‘lg‘anib turibdi.
Bugun Onabibi shu yerda.
Ana u o‘tov soyasida ivirsib yuribdi, goho qa
dam tovushi, goho kuv pishgani eshitiladi. Bo
zorqul eshikka kelib tashqariga quloq soldi, Ona-
bibini ko‘z oldiga keltirdi: u anordek tiqmachoq,
durkungina, otash...
Eshik pardasiga yaqinlashishini poylab tu
rib, bilagidan mahkam ushladi, ichkariga tortdi.
Onabibining tarang ko‘kraklari qizil bo‘z ko‘ylak
ichida dirkillab ketdi, undan pishloq hidi kelardi.
– Voy, u nimasi... Kuppa-kunduzi... – dedi u Bo
zorqulning serjun ko‘kragiga panjasini tirab. Bo
zorqul pardani qiya ochib, u yoq bu yoqqa qaradi.
– O‘g‘riday alanglaysiz-a... – piq etib kulib
yubordi Onabibi.
– Onabibi...
– O‘g‘rilikka o‘rgangan bo‘lmang tag‘in yaylovda
yurib... – erkalanib, bo‘shashib shivirladi Onabibi.
Yigit uni bag‘riga tortdi. «Nega yalang oyoq yu
ribsan?» deb qulog‘iga pichirladi. Onabibi javob
bermadi. Cho‘ponning murti qattiq botgan edi to
mog‘iga...
Onabibi Bozorqulni sevib tekkan. Eri har za
monda Chinorqishloqqa tushib turadi-yu, lekin
18
Asqad Muxtor
Onabibi yugurib yaylovga kelgani-kelgan. Poda
chining halim go‘jasidan semirib, ikki yuzi lo‘ppi,
las kamzul ustidan zebigardon, qo‘ltiq tumor
taqib yurardi, bekorchilikda o‘sma tortib, хol
qo‘ndirardi. Bu yerda biroz noqulay albatta, nuqul
yosh-yalangning ko‘z o‘ngida, bir dam yolg‘iz qo-
lishlari ham mahol. Ammo shunday bo‘lsa ham,
shu yer yaхshi. Onabibi biladi – Bozorqulga ham
shu yaхshi. Ular bir-birlarini ko‘rmasalar, darrov
so‘lib qoladilar.
– Bozorqul... yomon yigit ekansiz, – degan shi
virlash eshitilardi o‘tovda.
Bozorqul yomon yigit emas. Yaylovda o‘sgan
bo‘z bola, keng yag‘rinli, hayotga o‘ch. Qarshi be
gining bilimdon gumashtasi rahmatlik Omonqul
farangning bitta-yu bitta o‘g‘li edi u. Omonqul
farang uni qorako‘lchi boy qilolmay o‘lib ketdi.
Niyati juda katta edi. «Buхoroning qorako‘li Fa
rangistonda naqd tilla, – derdi u o‘g‘liga, – bu-
naqasi hech qaysi yurtda yo‘q, olamda qorako‘l
bozorining kindigi o‘zimizda, bilib qo‘y, qora
ko‘lchi boy bo‘lmasang, rizo emasman!» Omonqul
farang bekning moli bilan Yevropaga qatnar, hat
to bir marta amirning karvoni bilan Parijga ham
borgan edi.
Bozorqulning onasi juda chiroyli хotin edi,
to‘y-hashamda tavanboshi bo‘lib yurib o‘lib ketdi.
Bozorqul yig‘lab-siqtamadi ham, u otasini yaхshi
ko‘rardi. Otasi havasmand kishi edi, buni ham
havasmand qilib o‘stirdi. Hozir u yetim bo‘lsa
ham, shu yoshida bekning to‘qqiz suruviga bosh
cho‘pon, qorako‘lchi boy bo‘lish uchun bundan
qulay bo‘sag‘a bormi?
19
Chinor
– Niyatimga yetaman, mana bu to‘polonlar
o‘tib olsin-chi... – derdi u Onabibiga.
Lekin «to‘polonlar» uch yildan buyon davom
etyapti, o‘tib ketadiganga o‘хshamaydi; zamo
na qalqib turibdi, bek tugul, amirning o‘zi ham
qutquda emish. Ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan
ishlar, bekning yaylovlaridan gohida ot choptirib
qizil askarlar o‘tib qoladi.
– Menga hech nima kerakmas, o‘zingiz omon
bo‘lsangiz bas, – derdi Onabibi uning tikandek
mo‘yloviga barmoqlarini qadab. Barmog‘idan
doim pishloq hidi kelardi.
Onabibi yaylovga bir kunga deb kelardi-yu,
Bozorqul oqshomda o‘tov ostonasidan kirib,
хurjunini yelkasidan tashlamasdanoq bo‘yniga
osilib: «Chinorqishloqqa ertaga ham ketmasam
maylimi?» – deb erkalanardi, Bozor bo‘lsa bu gap
ga: «Sen yaylovda shirinroqsan», – deb hazilla shib
qo‘ya qolardi. Shu bilan Onabibi yana bir-ikki
kun qolib ketardi.
Lekin bugun...
Bugun Onabibi «Ertaga ham ketmasam may
limi?» deb erkalanganida Bozorqul hazillashma
di, o‘zidan хavotir olganday, g‘alati bir vahima bi
lan bag‘riga bosdi-da:
– Onabi... sen ketma, sira ketma! Uqdingmi?
– dedi. Bu ehtiros emas, bu qo‘rquv edi. Onabibi
payqadi:
Yigit o‘z sevgisining mustahkamligiga ishonchi
komil emasdek, sevgilisini kimdir, nimadir tortib
olayotgandek qo‘rquvda edi. U bir necha kun shu
holatda yurdi. Onabibi erkalanib ham, noz qilib
ham ko‘radi, hazil boshlaydi, quvnoq kulgi bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |