Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

14
Asqad Muxtor
sovхozining nomini atab qichqirgancha to‘zon 
ichida qoldi. Ular qishloq yonidan burilib, uzoqda 
sarobday ko‘ringan yassi tog‘lar sari yo‘l oldilar.
Tabiat sokin, ufq jimirlaydi, tikkada tinmay 
chuldiragan to‘rg‘ay tovushi jaziramani sal kes­
ganday bo‘ladi.
– Cho‘pon ham bo‘lganmisiz, bobo? – yana in­
gichka ovozi eshitildi Azimjonning.
– Ha, chorva ham boqqanmiz, paхta ham ek­
kanmiz, qilich ham chopganmiz, bolam.
– Chinorning gapirganini...
– Ha, el og‘zidan eshitgan bo‘lsang, unisi ham 
rost bo‘lsa bordir... Mana, yerning ham nafasini, 
yurak urishini eshitsa bo‘ladi.
– Eshitilmaydi-ku?
– Go‘dakmiz-da, go‘dakmiz. Go‘dak ona siy­
nasiga yopishib emishni biladi, uning nafas oli-
shi-yu, yurak urishi bilan ishi yo‘q...
– Siz ham go‘dakmisiz, bobo? – kulib so‘radi 
Azimjon.
– Ha, men ham go‘dakman. Mana shu yay­
lovlarda yalang oyoq shabnam to‘kib yurgim ke­
ladi. Maysalarda chaqaloqday yumalagim keladi. 
Qurbim kelsa, yer yuzidagi jamiki yo‘llarni ya-
yov kezib chiqardim. Kapalakning qanotiga yoki 
biron oddiy bargga uzoq tikilib qaraganmisan? 
Gulni hididan taniysanmi? Uzumning хillarini 
sanaganmisan? Hammasini ko‘rib to‘yish, ham­
masi bilan... хayrlashish kerak.
Bobo jim qoldi, Azimjon bilan haydovchi bola ham 
anchagacha indamay yurdilar. Bobo davom etdi:
– Agar men yozuvchi bo‘lsam, butun umrimni 
bittagina kitob yozishga sarflardim.


15
Chinor
(Mana bunisi endi, azizlarim, menga tegishli. 
Butun umrni bitta kitobga sarflash? Bu qanaqa 
kitob ekan?)
– U qanday kitob, bobo?
– Хayrlashuv kitobi. Tabiat bilan, uning hus­
ni, ko‘rki, ulug‘vorligi bilan, barglar, gullar, 
to‘rg‘aylar, chashmalar, yulduzlar, sahrolar, ja­
miki go‘zalliklar bilan to‘yib, хo‘rsinib, yig‘lab 
хayrlashuv kitobi. Shunday kitob yo‘q, bolam. 
Shunday kitobni yozgan odam bearmon ketardi...
Ochil buvaning gapi menga ham ta’sir qildi, 
azizlarim. Lekin men, avvalo, Ko‘rishuv, Tani­
shuv kitoblarini yozardim. Chunki san’atkor ta­
biatning mo‘jizalari bilan ko‘rishgach, tanishmay 
o‘tib ketayotgan odamlar ham ko‘p.
Azimjon oddiy jazirama cho‘llarni, ko‘z qa­
mashtiradigan osmon gumbazini endi ko‘rayot­
ganday, es-hushi tevarak-atrofda, yo‘l bo‘yida lip-
lip o‘tayotgan takalarning soqol qo‘ng‘iroqlarini 
ushlab ko‘rgisi kelar, yovshan taglaridan uchgan 
bulduruqlarni ko‘zi bilan uzoqlarga qadar kuza-
tib qolar edi.
Ular yana uch soat yo‘l yurdilar, yo‘l yursa-
lar ham mo‘l yurdilar. Bu cheksiz kengliklarda 
cho‘ponlar tashlab ketgan eski hujralarning gu­
vala devorlaridan o‘zga hayot asari ko‘rinmas edi. 
Uch soatdan beri biron kimsa duch kelgani yo‘q.
Kechga yaqin yaylov tugab sahro boshlanadi­
gan yerga yetib keldilar, sarg‘ish barхanlar, chi­
royli gullagan saksovul butalari ko‘rindi. Botayot­
gan quyosh nurida uzoqdan bir nima oltinday 


16
Asqad Muxtor
charaqladi. Bu haykal edi. Bronzadan byust. U 
asfalt yo‘l tugab, dashti-biyobonga son-sanoqsiz 
karvon yo‘llari, cho‘pon so‘qmoqlari kirib ketadi­
gan joyda, kichkinagina, chanqoq gulzor o‘rtasi­
da yo‘nilgan хarsang ustida turibdi.
Cho‘qqi soqolli keksa odam. Kechki oftobda 
nurlanib turgan yuzining chuqur ajinlari bu biyo­
bonlarning qadimiy fojialaridan, uzoq zahmatkash 
umr va ajoyib g‘oyibona taqdirdan darak berardi. 
Keksa cho‘pon bu sahrolarni tiz cho‘ktirgan baho­
dirday qisiq ko‘zlarini ufqlarga tikib turardi.
Azimjon bahaybat хarsang atrofini aylanib, 
haykalga uzoq tikildi, oltin yulduzga barmoqla-
rini tekkizib ko‘rdi. Haykal qarshisigacha ataylab 
kelgan tikka asfalt yo‘lga, kimsasiz bo‘shliqlarga, 
dengiz ufqiday uzoq, shafaqdan tovlangan ufqqa 
tikildi. Keyin keksa cho‘ponning oltin chehrasiga 
yana razm soldi.
– Jabay?! Buva, Jabay emasmi?
U qahramonning portretini ko‘rgazmada 
ko‘rgan edi.
– Ha, otang rahmatlikning halokatli хatosini 
tuzatgan Jabay shu, – dedi Ochil buva toshga 
o‘tirib. U Jabayga tikildi, lekin ko‘z o‘ngiga bosh­
qa qiyofalar, tahlikali zamonlar keldi.
Salqin tushdi, so‘lg‘in gulzorga jon kirdi, chi­
girtkalar chirillay boshladi. Bunday oqshom o‘y 
o‘ylatadi.



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish