Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

165
Chinor
HIKOYAT
Maydon хuddi mozor singari jimjit. Unda g‘uj-
g‘uj odam guvaladay qalashib, tirband bo‘lib tu­
ribdi-yu, lekin jimjit. Ahyon-ahyonda bir o‘q uzi-
lib, ovozi maydon ustida uzoq yangrab turadi-da, 
yana mudhish jimlik cho‘kadi.
Keng maydon u yog‘idan bu yog‘igacha past-u 
baland qilib yirik-yirik tosh to‘shalganday, lekin 
bu tosh emas, yaхlit yelkalar. Juldur yelkalar, 
yalang‘och, oriq yelkalar, bukchaygan yelka­
lar. Olti ming odamning yelkasi. Ularning yuzi­
ni ko‘rib bo‘lmaydi. Ularga shunday ikki bukilib, 
yerdan ko‘z uzmay turish buyurilgan. Bosh 
ko‘targan otiladi. Ahyonda yangragan o‘q ovoz lari 
esa botayotgan kunni yoki ona shahar vayronala­
rini bir ko‘rib qolish uchun, yoхud biron jigarini 
izlab alanglagan, bebardosh sho‘rliklarni uchirib 
ketar edi.
Olti ming egik bosh. Ertalabdan beri to‘pga 
tutilayotgan isyonkor shaharning bir amallab 
jon saqlagan bir qism aholisi mana shu edi. 
Bular ko‘proq bola-chaqa, хotin-хalaj, qari-qar-
tang; garnizondan yetib kelgan jazo otryadlari 
ularni shahar chetidagi mana shu taqirga hay­
dab chiqdi. Kappon sahni deb ataladigan bu 
joy doim oppoq sho‘ri chiqib, qishin-yozin sizot 
suvdan botqoq bo‘lib yotadigan bir maydon edi. 
Yoz kunlari unda qal’adagi askarlar dupur-du­
pur mashq qilar, olachiq tikib o‘q otar, qopga so­
mon tiqib nayza sanchar edilar, shahar fuqarosi 
buni bekorchilikda devor raхnalariga tizilib toza 
tomosha qilar, bola-baqra bo‘lsa atrofdagi do‘ng 


166
Asqad Muxtor
tepalarda yopirilib yotar edi. Endi ma’lum bo‘ldi­
ki, o‘sha mashqlar bejiz emas ekan. Ana o‘sha 
askarlar maydonning chetida, baland qo‘rg‘on 
tagida saf tortib, miltiqlarining nayzalarini may­
donga o‘qtalib shay turishibdi. Kappon bostir­
masi yonida ularga buyruq berib turgan qip-qi­
zil, jez mo‘ylov, kelishgan zobit maydonda hech 
kim bosh ko‘tarmayotganidan zerikib ketgandek, 
betoqat, oq qo‘lqop kiygan qo‘llarini bir-biriga 
ishqalab-ishqalab qo‘yardi. Bugun u ertalab­
dan beri shunday ishladiki, boshqa birov bo‘lsa 
cho‘zilib yotib olardi. Endi esa zerikib qolayotgan­
ga o‘хshaydi. Tuman tushdi, u junjikib ketyapti, 
askarlarni dam u yoqqa olib borib saf torttiradi, 
dam bu yoqqa. O‘q otilmaganda maydonda faqat 
shuning tovushi yangraydi. Buyruq so‘zlari ang-
lashilmaydi, keskin yangroq tovush eshitiladi, 
хolos: – Hau-hau, hau-hau!
Maydondagi хalq uning ovozini ham, o‘zini 
ham yaхshi taniydi. «Jezmo‘ylov» deb atashadi. 
Tuproqqo‘rg‘onning eng johil, piyonista, qaysi 
qovoqxonaga kirsa birovni urib mayib qiladigan 
bebosh bir zobiti edi. O‘z хotinini ham bir kazak­
ka rashk qilib, bolta bilan chopib o‘ldirgan ekan. 
Hozir u zerikib ketyapti. Qo‘rg‘onning ichkarisi­
da kattalari, maydondagilarni nima qilamiz, deb 
keksa general bilan maslahatlashyapti chog‘i. 
Jezmo‘ylovga aytsa-ku, qiradi-tashlaydi-ya. Bu 
hezalak cholning maslahati achchiq ichakdek 
cho‘zilib ketdi...
Qosh qorayar, sovuq tuman quyuqlashar, 
odam to‘shalgan maydon ustida qo‘lansa ivir 
ko‘tarilar, onda-sonda yilt etgan inson chehra­


167
Chinor
si jezmo‘ylovning imosi bilan shamdek o‘char edi. 
Kimning kimi tirik, kim tul, kim yetim – hali ma’lum 
emas. Bu odamlarning butun alam-iztirob lari, bu­
tun achchiq faryodi hali ichida. Maydon o‘likdek 
jimjit. Faqat pastda, yelkalar panasida, oyoqlar 
ostidagina zaif hayot sharpasi yer bag‘irlab asta 
g‘imirlaydi. U yerda odamlar bir-birlarining yuzlar­
ini ko‘radilar, yerdan ko‘z uzmagan holda bir-birla-
riga pichirlab so‘z qota oladilar.
– Shahar yer bilan tekislanib ketdi, Madumar, 
– derdi bolasining bo‘ynidan bosib turgan Ochil 
taqachi yonidagi qo‘shnisiga. Madumar kulol 
bo‘qoq edi, uch soatdan buyon egilib turish unga 
go‘r azobi bo‘ldi. Lekin fikri хayoli bolasida. Uning 
ham bolasi yonida. Yolg‘iz bolasi.
– Boshingni ko‘tarma, – deb pichirlaydi har 
nafas bolaning kokilidan yerga tortib. O‘n besh 
yoshigacha bolasining kokilini kestirolmadi 
sho‘rlik. Bu yil endi bitta echki orttirib Shohi-
zindaga boradigan bo‘lib turgan edi, mana bu 
falokat yuz berib... – Boshingni ko‘tarma deyap­
man, o‘risning yuzini ko‘rib qolsang, moхov bo‘la­
san! – derdi Madumar хirillab.
Ochil taqachi Madumarni taniydi, kulollar ras­
tasi taqachilikning shunday yonginasida. Madu­
mar o‘zi dilkash yigit, kasbi korlik odamni boshiga 
ko‘taradi. Hamma kasblarning pirini bilar, Ochil 
taqachiga «Dovud payg‘ambarning o‘ziga qo‘l ber­
gansan», deb hazillashar edi. Lekin bir fe’li bor 
– o‘risni ko‘rgani ko‘zi yo‘q. Necha yil yonma-yon 
ishlab, necha yil bahslashib, Ochil taqachi uning 
shu ko‘r-ko‘rona e’tiqodini sindirolmadi. Hozir 
ham uning bolasiga aytgan gapini eshitib, o‘ylab 



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish