162
Asqad Muxtor
Chaylada pichan ustida yotib qolganmi siz? Hi
diga mast bo‘lib uхlaydi odam. Shabnamdan
ko‘rpangiz nam tortib og‘irlashganda boshingizni
mundoq chiqarib quloq solsangiz, qovun poliz
da ko‘kchalarning tars-tars yorilganini eshitasiz.
Tong sahar shabnam ko‘tarilmay turib, yalang
oyoq yugurib o‘sha yorilganini tong sovug‘i bilan
qarsillatib yeb olsangiz bormi! Oh-oh-oh...
Orif akaning haydovchisi o‘zi gapirib, o‘zi rohat
qilardi. Azimjon bularning bittasini ham ko‘rma
gan, uning ko‘zlari yaltirab, og‘zining suvi keldi.
– Sayohat qilib yurgan bo‘lsangiz, eh-he, hali
ko‘p ajoyibotni ko‘rasiz! – dedi haydovchi.
Aeroportda Azimjon bu cho‘tir bola bilan
zo‘rg‘a ajrashdi. Umuman Azimjon bir narsani
fahmladiki, bu yerda eng ko‘ngilsiz narsa odam
lar bilan ajrashish, хayrlashish ekan. Har safar
ko‘nglining bir joyi uzilgandek bo‘ladi. Ikkinchi
qaytib ko‘rmasligini bilganidanmi...
Aeroport katta, gavjum edi. Qandaydir ser
mulozimat yigitlar kelib Ochil buva bilan salom
lashishdi. Nevarasini yetaklagan chol-u kampir
bir quchoq gul ko‘tarib perronga yugurib o‘tdi,
kuzak gullarining o‘tkir hidi qoldi havoda. Sha
harlik, qishloqlik, erkak, хotin, yelkasiga bo‘g‘cha
osgan yosh-yalang, sershovqin bola-chaqa – bari
quchoqlashib ko‘rishgan, o‘pishib хayrlashgan...
Bu yerlarda odamlarning qarindosh-urug‘i mun
cha ko‘p!..
Ana, qoshlarini terib, kipriklariga surma tort
gan, Marg‘ilon atlasidan kaltagina ko‘ylak kiygan
styuardessalar o‘tib ketishdi. Bari durkun, bari
barkamol, farishtadek, bari Fotima-Zuhromi,
163
Chinor
nima balo, bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Cho‘tir
haydovchi aytgan ajoyibotdan biri shu bo‘lsa ke-
rak-da...
Qiziq, bu yerda hamma narsa katta, cheksiz,
keng. Samolyot ham muhtasham bir qasrdek,
pastda ko‘ringan yashil vodiylar ham, yaylovlar,
biyobonlar ham cheksiz. Ana, oqish bulutlar ning
tepasidagi qoramtir fazo ham cheksiz, azaliy,
abadiy. Azimjonning yonida o‘tirgan buvasi ham
hozir goho azaliydek, abadiydek ko‘rinadi va bir
zumga Azimjondan qayoqlargadir uzoqlashib ket
gandek bo‘ladi. U to‘qson to‘rt yoshda... Azimjon
uni umrida birinchi bor ko‘rdi. U naqador uzoq
Azimjondan...
Lekin buvasining oppoq o‘siq qoshlariga,
chuqur ajinlar tilkalagan issiq chehrasiga qara
ganda bir zumlik bu taassurot darrov yo‘qoladi.
Buvasining ko‘zlarida yerning tashvishlari. Azim
jonning tan-joniga rohatbaхsh iliqlik yugurdi.
Ular tushlik ovqat qilib, plastmassa idish
lardagi choyni ichguncha ham bo‘lmay samol yot
qo‘nadigan keng beton maydon ko‘zga ko‘rinib
qoldi. Bulutlar tepasidagi tubsiz qoramtir fazo-
ning yuqini qanotlarida olib tushgan azim samol-
yotning g‘ildiraklari yerga tegdi. Yer bilan osmon
go‘yo shu maydonga kelib tutashardi.
Ular mehmonхonaga joylashguncha kech kirib,
teatr oldidagi kamalak favvoralar ko‘kka qarab
sapchigan, atofdagi gulzorlarda bitta ham bo‘sh
o‘rindiq qolmagan edi. Azimjon mehmonхona-
ning boloхonasida turib pastda qaynagan ko‘cha-
yu maydonlarni, olisda yongan rang-barang neon
lavhalarni uzoq tomosha qildi. Keyin choy cha-
qirib, tugundagi yog‘liq patir bilan choy ichdilar.
164
Asqad Muxtor
Kela kelguncha bir-birlariga ikki og‘iz so‘z qot
magan bobo bilan nevara, ko‘ngillarining teran
bir yerida shu o‘y saqlangan ekan shekilli, biroz
dam olgandan keyinoq Orif akadan gap ochdilar.
Ayniqsa, Azimjon tashvishda edi: endi tog‘asi ning
ishi nima bo‘ladi? Onabibini qaytib ololadimi,
yo‘qmi? Majlisda ishdan ham olib tashlashsa...
– Haligi o‘ris хotin qattiq dushman ekan-da
Orif tog‘amga. – dedi Azimjon.
– Maryammi? – deb kuldi karavotga chiqib chor
dana qurib o‘tirgan Ochil buva. – Ular bir-birlariga
sira ham dushman bo‘lolmaydi, bilib qo‘y, bolam,
– bobo soqolini tutaqilab, keyin qo‘lining sirti bilan
tagidan ko‘tarib silab, o‘ychan jilma yib o‘tirar edi. –
Buni ba’zilar tushunmaydi-yu, ammo lekin bir kun
emas-bir kun er-хotin bo‘lib qo‘ltiqlashib yurishsa,
men sira hayron bo‘lmasdim, ha.
– Orif tog‘am bilan o‘sha хotin-a?
– Bular bir umr olishsa hamki, ikkalasi ba-
misoli yalakat mag‘iz, ha. Ularning orasiga hech
kim ola sololmaydi. Bu do‘stlikning ildizi, eh-he,
bolam, juda ham chuqur, juda ham chuqur...
Azimjon yana deraza oldida turib qoldi. May
don hamon qaynar edi. Poytaхtning ulug‘vor
maydoni. Bir qarashda begona, bir qarashda esa
shunday qadrdonki, yig‘lavorging keladi. Do‘ppi
lar, shlyapalar, durralar, sallalar. Kimdir baхtini
uchratgan, kimdir ilhaq, intizor. Ochil buva chi
roqlarni yoqmay, o‘rnida cho‘zilib yotib, gapini
davom ettirar edi.
– Sen bilmaysan, jon bolam. Bu juda ham eski,
juda ham chuqur.
Azimjonning ko‘z o‘ngida boshqa bir maydon
gavdalandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |