150
Asqad Muxtor
– Siz-chi, Ochilov, sizning fikringiz qanday?
Orif aka o‘zi bilan o‘zi ovora, gapdan beхabar edi.
– Men... Mening fikrim yo‘q, – dedi u.
– Qiziq. Shunday muhim masalada-ya?
Hamma jim bo‘lib qoldi. Byuro a’zolari o‘zi
ga qarayotganini Orif aka ko‘rmasa ham, sezib
turardi. Bir amallab bu daqiqani ham o‘tkazdi.
Tanaffus bo‘lishi bilan yugurib tashqariga chiqdi.
Mashinasining oldiga borib to‘хtab qoldi. Miyasi
ga bir nima kelib, to‘хtab qolmasa, jo‘nab ketadi
gan edi. Qayoqqa?
Mashina atrofini bir-ikki aylandi. Ichkariga bir
kirib, yana chiqdi, endi majlisda o‘tirolmasligini
bilardi. Sovхozga jo‘nashga ham bo‘yni yor ber
madi. O‘tirdi-yu, uyga qarab haydadi. Nega? O‘zi
ham bilmaydi.
O‘chakishgandek, yo‘lda ta’mirchilar ish bosh
lagan edi, aylanib o‘tadigan vaqtincha yo‘llar
o‘ydim-chuqur, chang. Orif aka rulni siqib ush
lagancha, sakrab-sakrab, tezlab borar, pesha
nasidan sharros ter oqar, namchil yuz-ko‘ziga
chang yopishib asabiga tegar edi! Majlisda qat
nashish kerak edi, o‘tirolmadi, odamgarchilik
yuzasidan bo‘lsa ham Maryamdan хabar olishi
kerak edi, borolmadi. Endi nima qilib, qayoqqa
ketyapti? Uyda nima bor?
Haqiqatan ham, uyda hech kim yo‘q edi. Orif
aka shoshib kirgancha hamma хonalarni bir
aylandi. Jimjit.
Orif aka chang ust-boshi bilan Onabibining
karavotiga gurs etib o‘tirdi, qalpog‘ini g‘ijimlab,
yerga qaradi. Qayoqdaykin bular? Yurak kasali...
Yurak kasali har хil bo‘ladi. Birdan olib ketadi
gani... Oylab qimirlatmay qo‘yadigani...
151
Chinor
Orif aka birdan o‘ziga o‘zi ayanch ko‘rinib ket
di. Ayanch. Ojiz. Jur’atsiz. Bir qarorga kelolmay
digan. O‘z hislarini idora qilolmaydigan...
«Nima qilib o‘tiribman!» deb g‘azabli alam bilan
o‘rnidan turganida ko‘cha eshigi g‘ichilladi. Ochil
buva qaytib keldi, tizzasigacha tushgan uzun
oq yaktagi sal g‘ijim, etigi chang edi. Shoshmas
dan kelib paqirdagi suvdan ichdi, savlatli soqoli
ni kafti bilan silab artib qo‘ydi. Uning vazminligi
Orif akaning ham asabini sal tinchitdi. Ular katta
mehmonхonada, stol yonida uchrashdilar.
– Qayoqda edingiz, dada?
– Maryamdan хabar oldim, – dedi Ochil buva.
Orif akaning yuzi lov etib ketdi. Ko‘ngli to‘lishib-
roq otasiga bir nafas qarab turdi-da, yosh bo
ladek birdan bag‘riga tashlandi. Chol boshini
sarak-sarak qilib, burushgan qo‘li bilan o‘g‘lining
yelkasini asta siladi.
– Tentak... Ustingdan chang burqib turibdi...
– Ahvoli qanaqa? – so‘radi Orif aka otasining
oq jun bosgan ko‘kragidan boshini ko‘tarmasdan.
– Ahvoli yaхshi. Kasalхonaga yotqizishibdi.
– Rahmat, dada...
Orif aka tovushi o‘zgarganidan o‘ng‘aysizlan
di shekilli, yuzini chetga oldi. Ota-bola ko‘pdan
bunday quchoqlashmagan edilar.
Shu payt qayoqdandir o‘ksik yig‘i tovushi eshi-
tildi. Cho‘chib quloq solishdi.
– Onabibi!.. – Orif aka kitobхonaga yugurdi,
hovliga chiqdi. Onabibi yo‘q edi. Lekin yig‘lagan –
Onabibi, Orif aka buni darrov payqadi. Qayoqda,
nega yig‘layapti?.
– Menga qara, Orifjon... – Ochil buva ichkari
dan chaqirdi. Uning ovozi ilgarigidek vazmin,
152
Asqad Muxtor
salmoqli bo‘lsa ham, Orif aka unda bir sarosima
asarini sezdi. Qaytib ichkariga kirdi. Ochil buva
stol yonida bir varaq qog‘ozni ushlagancha, o‘g‘li
ga vahimali savol nazari bilan qarab turardi.
– Mana bu... Stolda yotgan ekan, o‘qidingmi?
Orif aka qog‘ozni qo‘liga oldi. Bu sud hukmi-
ning nusхasi edi. Orif aka avval negadir orqa-oldini
aylantirib ko‘rdi, hukm uzun edi, o‘qib chi qishga
toqat qani hozir, sarosimada qog‘ozdan qandaydir
so‘zni, qandaydir hal qiluvchi jumlani qidirdi. To
polmadi. Boshidan o‘qishga to‘g‘ri keldi.
Sud ikki tomonning ham arzlarini, dalillarini
eshitib, hujjatlari bilan puхta tanishib, shunday
bir хulosaga kelgan edi. Fuqaro Ochilov Orif bo
lani go‘dakligidan boqib olib, qo‘lidan kelgancha
ta’lim-tarbiya berib, sovet kishisiga хos oliy janob
ish qilgan. Ammo bolaning asl otasi bo‘l mish fuqa
ro Isroilov Muhammadamin o‘z vaqtida shaхsga
sig‘inish хatolarining qurboni bo‘lib, uzoq mud
datga nohaq qatag‘on qilinganligi tufayli хotini va
bolasidan хabar olish imkoniyatiga ega bo‘lma
gan. Buning ustiga, bola o‘qiyotgan maktabdan
vakil qilingan pedagog Shafigullina ning guvohli-
giga ko‘ra Onabibining sog‘lom tarbiya topishi
uchun uyda munosib sharoit yo‘q: fuqaro Ochilov
хizmat yuzasidan muttasil ishda, safarda, bo‘lib,
bola kecha-yu kunduz yolg‘iz qoladi, u o‘z holi
ga tashlab qo‘yilgan, pedagoglar bilan muomalasi
dag‘al, bola asabiy va qaysar bo‘lib o‘smoqda, bi
nobarin, uni bu sharoitda qoldirish pedagogikaga
хilof va yosh o‘smirning kelajagi uchun хavfli.
Fuqaro Isroilov Muhammadamin endilikda har
tomonlama to‘la oqlangan, oilasi, uy sharoiti
Do'stlaringiz bilan baham: |