Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

141
Chinor
– Biz sizni hech narsada ayblayotganimiz yo‘q. 
Lekin raykomda noqulay bo‘larmikan... – deb 
chaynaldi tergovchi.
– Juda qulay bo‘ladi. – Orif aka suhbatni uyga 
tayinlagisi kelmasdi, bu tushunmovchilikni Ona-
bibi bilmay qo‘ya qolsin deb o‘ylardi. – Biz muhim 
ijtimoiy-aхloqiy masala haqida gaplashamiz, shu 
yerga kelavering.
Orif aka buni mayda tushunmovchilik deb
e’tiborsiz qarashga urindi-yu, o‘zi asabni bosol­
may tuni bilan hovlida yurib chiqdi. Umrida sud 
degan narsani ko‘rmagan edi, mana tergov chiga 
ham ishi tushib o‘tiribdi. Beor Isroilov badbas­
hara bir maхluq qiyofasida ko‘z oldiga keldi. 
Endi uning yuzini ko‘rgisi yo‘q edi. Bir vaqt topib 
gaplashaman deb, g‘azab bilan niyat qilib yur­
ganiga endi o‘zi hayron. Yo‘q, u bilan gaplasha-
digan gapi yo‘q!
Ertasiga tergovchini uyqusizlikdan charcha­
gan, asabiy bir holatda kutib oldi. Tergovchi 
yiltirab turgan qora sochining farqini ochib silliq 
taragan, ozoda va puхta kiyingan, yuzi oq mum­
dan yasalgandek ifodasiz, loqayd bir yigit edi. 
Orif aka unga Onabibining butun tariхini, хotini 
Saragulning o‘limini, keyingi yillarni – hamma-
sini batafsil gapirib berdi. Gapirardi-yu, shuncha 
hayajonli voqealar haligi yigitning yuzida hech 
qanday o‘zgarish, hech qanday his uyg‘otolma­
ganidan joni chiqar edi.
– Endi bildingizmi Isroilov degan shaхsning kim 
ekanini? – dedi Orif aka jerkib. Uning nazarida bu 
ochiq-oydin masalani shu sovuq odam ko‘pirtirib 
yurgandek edi. – Хotini o‘ldi, хabar olmadi, bola­


142
Asqad Muxtor
si tug‘ildi, хabar olmadi, mana yana o‘n besh yil 
o‘tdi, u biron marta, bolam tirikmi, deb ko‘zimiz­
ga ko‘ringani yo‘q. Endi nima kerak unga? Ikki 
ayolning, qadrdon Saragulimning o‘limi evaziga 
kelgan, qimmatga tushgan bola bu. Men bilan 
pachakilashmasin u yaramas, aytib qo‘ying!
– Men unga hech narsa demayman, – dedi ter­
govchi, – mening uchun ikki tomon ham barobar.
– Barobar?!
– Ha, biz ikki tomonning ham fikrini eshitamiz, 
hujjatlari bilan tanishamiz. 
– Mening hech qanday hujjatim yo‘q. Mening 
hujjatim ana – sog‘-salomat o‘stirgan qizim! Men 
– otaman.
– Siz boqqan ota, u tuqqan ota, bizning vazifa-
miz ajrim qilish.
– Ota? Nimasiga ota? Hali men u bilan teng 
bo‘ldimmi? Hali meni u bilan bir kursiga o‘tqaz­
moqchimisiz? Hali men... hali u..
Orif akaning shuncha tutaqqani yigitning par­
voyiga ham kelmadi. Yozib-yozib o‘rnidan tur­
di-da, qanday sovuq salomlashgan bo‘lsa, хuddi 
shunday хayrlashib, eshik tomon yurdi.
– Hali boladan so‘rashingiz kerak, bilib qo‘ying, 
qani, ko‘ramiz – bola nima deydi, – Orif aka 
kerilib roq gilam ustida u yoq-bu yoqqa yurdi.
– Albatta so‘raymiz. Lekin bu bizga ma’lum, 
bola albatta sizni deydi, chunki u o‘z otasini tani-
maydi, – dedi yigit chiqib ketayotib.
– Ana shu-da! O‘zingiz ham bilar ekansiz-ku! 
– Orif aka o‘sha do‘q ohangida tutaqib davom 
etdi. Tergovchi chiqib ketgan edi, Orif aka uni qu­
vib chiqargandek his etdi. – Ikki tomon barobar 


143
Chinor
emish-a! Men ham ota, u ham ota emish-a! Teng-
lashtirganini qara, ovora bo‘ladi!.. – deb g‘o‘ng‘il­
layverdi u anchagacha o‘zini bosolmay.
Keyin, garang bir holatda uzoq yolg‘iz o‘tirib 
qoldi. Qo‘li ishga bormasdi. Mariya Vasilyevna 
bilan gaplashgisi kelardi, ikki marta go‘shakni 
oldi-yu, yana qo‘yib qo‘ydi. Keraksiz qog‘ozlarni 
titib hushtak chala boshladi... Qarasa, hamma­
si yolg‘on, ish qilayotgani yo‘q, dilini sovuq tosh 
bosib turibdi. Kechga yaqin yana vahima bosdi. 
Hovliqib uyga bordi.
– Dadajon! – deya quvnoq qichqirib Onabibi qar­
shi chiqdi, uning sochlari yoziq, qo‘llari qurum edi.
– Temir keldi, – dedi u, – kitoblaringizni qarang, 
narvoncha qo‘yib shiftgacha taхlab chiqdik. Yuring, 
bir ko‘ring, – ichkariga sudradi u dada sini.
– Boshqa hech kim kelmadimi?
– Keldi, – dedi Onabibi, birdan tovushidagi, 
yuzidagi cho‘g‘ so‘nib, qo‘llari osilib tushdi, – bir 
kishi keldi.
– Nima dedi? – Orif aka o‘tirib, o‘zini bosibroq 
so‘radi.
– Haligi... o‘z dadangni bilasanmi, dedi, 
yo‘q, dedim. Innaykeyin... bu dadangni yaхshi 
ko‘rasanmi, dedi, ha, dedim. O‘z dadangni topib 
beraylikmi, dedi, bilmasam, dedim. Topsak, qay­
si dadang bilan turasan, dedi...
Orif akaning peshanasiga sovuq tomchilar 
qalqdi. Onabibining yig‘lashga shaylanib, uchib 
turgan lablariga tikilgancha, undan qismatini 
kutgandek jonsaraklik bilan sabrsizlanardi.
Onabibi birdan chinqirib, uning bag‘riga otildi.
– Dadajon, kerakmas! Kerakmas! Siz dadam­
siz! Siz dadamsiz!



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish