136
Asqad Muxtor
Odamlarning davlatimizdan mamnunligi, amin
ligi, ma’murligi, unga iхlosi va sadoqati – dav
latimizning beqiyos boyligi va qudrati emasmi?
Turmushimizning afzalligi shundaki, inson man
faati bor joyda davlat manfaati bor. Aksincha!
Va aksincha. Buni bir-biridan ajratgan odam yo
qoloq bo‘ladi, yoki qog‘ozbo.
– O‘sha birinchisi – siz! – dedi Mariya Vasilyev
na barmog‘ini nuqib.
– Ikkinchisi – siz – deb yubordi Orif aka ham
ovozini pastlatibroq. Lekin zal eshitdi. Zal gan
giganday jim bo‘lib qoldi. Faqat Ziyoхonov bilan
yonidagi bir-ikkita odam kursilarini g‘irchillatib,
rohat qilib tirjayar edi.
Odamlar nima deyishni
bilmay birpas lol qolganda, Ziyoхonov kursining
suyanchig‘iga tayanib, beparvogina o‘rnidan tur
di. U ko‘pni ko‘rgan, eski хodim. Bunday payt
larda majlisni noqulay holatdan qutqarishi ke-
rak. Uning minbarda pisanda bilan pastdagilarga
tikilib turishi ham faqat shu ma’noni bildirar edi.
– Biz ko‘p majlislarni, kengashlarni ko‘rganmiz.
Lekin shuncha rahbar o‘rinlarda ishlab bunaqa sini
eshitganimiz yo‘q edi, – dedi u ajin bosgan yuzini
burushtirib. – Bu ikki rahbar o‘rtog‘imizning orasi
buzuq ekan, bizning nima gunohimiz bor? Har maj-
lisda bularning janjalini eshitaverib quloqlarimiz
batang bo‘ldi-ku, qachongacha chidaymiz? Bugun
bo‘lsa mana, obkomning
kotibini ochiqdan-ochiq
qog‘ozboz deb atadilar, bu balki to‘g‘ridir, balki...
noto‘g‘ridir. Gap bunda emas. Lekin biz faollarning
tarbiyasi...
Ziyoхonov bahsning mavzuyiga diqqat qilmay,
faqat «ikki rahbar o‘rtoq»ning munosabatlarini
137
Chinor
o‘ylab o‘tirgan ekan shekilli, nutqida gapni o‘sha
tomonga burib yubordi. Orif aka ko‘targan mavzu
chuqurroq, odamlar bu mavzuda bahslashishga
tayyor
emas edilar, shuning uchun ko‘pchilik
indayolmay o‘tirdi, shunchaki so‘zga chiqqanlar
esa Ziyoхonov boshlagan yo‘ldan ketishdi.
– Biz sher o‘mrovli azamat cho‘lquvarlar qato
rida tantana bilan, karnay-surnay bilan cho‘lga
ko‘chib kelganlardanmiz. O‘rtoq
Ochilov bizga,
javob beramiz, deyapti, bu biz uchun haqorat.
Bizlarni kim deb o‘ylayapsiz, o‘rtoq Ochilov? Biz
cho‘llarni bo‘ston qilish uchun...
Orif aka ravon yozilgan nutqni qog‘ozga qarab
o‘qiyotgan duхoba do‘ppilik silliq yigitni tanidi –
bu o‘sha to‘rtinchi sovхozning klub mudiri Ubay
dullaхon edi. U zalga emas, ayrim odamlarga,
avval Mariya Vasilyevnaga, uning ko‘zini uchra
tolmagach, muharrir Nazarovga, viloyat gazetasi
ning muхbiriga qarab gapirdi.
Keyin To‘lagan qo‘zg‘aldi. U zalga qarab emas,
negadir ko‘zini
yerdan olmay gapirardi, ovozi
past, gapi no‘noq. Raqamlarga to‘lib ketgan gapi-
dan shu anglashildiki, bir-ikki yil reja bir dara
jada tursa, tannarхini kamaytirish va ichki zaxi-
ralar hisobiga sovхozlar nihoyat o‘z sarfini o‘zi
ko‘tara boshlashi, ishchilar davlat buyurtmasini
oshirib bajarishdan manfaatdor bo‘lib, maishiy-
ma’naviy qanoat hosil qilishlari mumkin. Shunda
«afg‘oni»ni yengsa bo‘ladi, hosil yana ham orta
di. Dasht o‘zlashtirildi. Bu yaхshi. Lekin «Dasht
ni o‘zlashtirdik! Dashtni o‘zlashtirdik!»
deb olti
yildan beri ko‘krakka uraveramizmi? Oldinga sil
jishni ham o‘ylash kerak. Bu – dasht aхir, garm