138
Asqad Muxtor
sel tinmay quturib yuribdi. Buni ko‘ykilik bo‘lgani
uchun gapirayotgani yo‘q, bu yerda, bu sharoitda
bog‘lar oddiy bir ehtiyoj, bu yerda bog‘siz, daraхt
siz yashash mumkin emas. Ayniqsa, tog‘dagi sof
havo, ko‘m-ko‘k tabiatga o‘rgangan dehqon хalq
uchun... Tomorqa хususiy mulk sifatida emas,
salomatlik uchun, ko‘ngil boyligi uchun kerak.
Shuning uchun Ochilovning taklifi to‘g‘ri. Ko‘yki
tumanini ham tiklash kerak. U vodiyning sayr
gohi, ko‘kalamzor bog‘i. Tayyor bog‘ni so‘ldirish
хalqimizning tabiatiga yot.
Majlisdan keyin Orif aka, Mariya Vasilyev
na, yana bir nechalar foyedagi bufetda limonad
ichishdi.
– Majlisning pachavasi chiqdi... – dedi yuzidan
qon qochgan Mariya Vasilyevna.
Orif aka kuldi.
– Siz Ziyoхonov fikrida ekansiz shekilli?
– Majlis yaхshi bo‘ldi, – dedi jindek pivo ichib
olgan Nazarov, – eshikdan chiqish bilan es
dan ko‘tariladigan silliq majlislardan ko‘ra shu
yaхshi, odamlarni uncha-muncha o‘ylatadi. – U
pivosi ning ko‘pigini puflab, ko‘tarib yubordi-da,
og‘zini yengi bilan artib, cho‘tirlari qizargancha
shoshib jo‘nadi: – Ketdim, buni boshqacharoq
qilib yoritish kerak.
Kech kirib qolgan, havo dim edi. Manglayini
reza ter bosgan Orif aka Mariya Vasilyevnani ku
zatib chiqdi, uyga bir piyola choyga taklif qildi.
– Хalqning gapini eshitdingizmi? – dedi Mariya
Vasilyevna taklifga javob bermasdan, o‘z mashi
nasi tomon yurib.
– Хalq... haligi Ubaydullaхonmi? Menga qara,
Maryam, – Orif aka uning orqasidan ergashdi, –
139
Chinor
aхir u, хalqning dilidagi u yoqda tursin, o‘z vijdo
niga ham хilof gapirdi-ku. O‘zi bilan gaplashsan
giz: «It yotish – mirza turish...», majlisda bo‘lsa,
«Sher o‘mrovli vatanparvar!..» Bu o‘zimiz tarbiya-
lagan shunday bir toifa odamlarki...
– Siz meni shu toifa odamlarga qo‘shgan edin
giz, esingizdami?
– Nima qilay, yomon ko‘raman!.. – dedi Orif
aka ko‘ksiga qo‘lini qo‘yib. Mashinaga yetib
borgandan keyin, Mariya Vasilyevna kabinaga
chiqib o‘tiravermasdan, qayoqqadir, chetga qa rab
o‘ylanib qoldi.
– Ziyoхonovning gapi bugunoq Birinchiga yetib
boradi...
– Mana Ziyoхonov boplab ketdi! – dedi Orif aka
birdan esiga tushib. – Haqiqatan ham, tajribali
odam ekan. Endi uni ishdan olish mushkul bir
muammo bo‘ladi.
– Nima, uni ishdan olish kerakmi? – hayron
bo‘ldi Mariya Vasilyevna.
– Ha, shunday edi, sezib qolganga o‘хshaydi,
endi ish qiyinlashadi: rahbarlarni tanqid qilganim
uchun quvg‘inga uchrayapman, deb da’vo qiladi,
qarab turasan. Vaziyatdan foydalanish deb shuni
aytadi.
– U nima qilgan ekan?
– To‘laganning iqtisodiy kengashi ancha-mun
cha narsaga aniqlik kirityapti. Direktor ko‘p
zaxiralarni yashirib kelgan, sababi hozircha no
ma’lum. Lekin gap bunda ham emas. Gap shun
daki, Ziyoхonovda rahbar sifatlari yo‘q.
Mariya Vasilyevna indamasdan, asta kabinaga
chiqib o‘tirdi-da, jo‘nab qoldi.
140
Asqad Muxtor
Ertasiga tuman majlisi haqidagi har хil shov-
shuv hamma joyga yetib bordi. Gazetalar uni har
хil yoritdilar: birovlari bir tomonni, birovlari ik
kinchi tomonni qoralab, yana birovlari «janjalli
yig‘in»ni tanqid ruhida yozib chiqdilar. Nazarov o‘z
gazetasida bahsning mavzusiga zo‘r berib, jur’atsiz
roqqina bo‘lsa ham, Orif akaning fikrlarini ma’qul
ladi, viloyat gazetasi esa kichkina хabarda asosan
ikki rahbarning «jonga tekkan» nizolarini g‘azab bi
lan qoralab, faqat Ubaydullaхonning nutqini to‘la
bosib chiqardi. Majlisning buzilganligi, Ochilovning
kelishmagan g‘alati tezislar bilan chiqishi, viloyat
rahbarlaridan biri ni katta maj lisda «qog‘ozboz» deb
haqorat qilganligi obkom ning birinchi kotibiga ye
tib bordi. Aytishlariga qaraganda, Birinchi juda
g‘azablanganmish. «Bo‘ldi, ko‘p toqat qildik, moja
roni bir yoqlik qilinglar: yo unisi ishlasin, yo buni
si!» deganmish. Orif aka ning takliflari bilan tanish
gandan keyin, bir kun xonasida o‘tirib olib, ertasi
ga byuro a’zolarini bitta-bitta chaqirib gaplashgan
emish. Nima gap bo‘lganligi ma’lum emas, хullas,
ahvol jiddiy edi.
Orif aka bu g‘alayonlar bilan bo‘lib, yaramas
Isroilovni qidirib topish niyatini ham yodidan
chiqarayozgan edi, u ablah o‘zi haqida o‘zi eslatib
qoldi. Shu asabiy kunlarda uning Onabibiga ota
lik haqini da’vo qilib, Orif akani sudga berganligi
ma’lum bo‘ldi.
Buni Orif aka idorasida telefon orqali viloyat
sudining tergovchisidan eshitdi. Tergovchi suh
batga kelish uchun ruхsat so‘radi.
– «Suhbat...» So‘roq deyavermaysizmi, kelave-
ring, – dedi Orif aka.
Do'stlaringiz bilan baham: |