Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

123
Chinor
buyurtma raykomdan: musobaqada birinchilik 
mezonlarini ilmiy ravishda ishlab chiqish ke-
rak. Oldin bajargan yutib ketaverishi kerakmi yo 
boshqa shartlar ham hisobga olinadimi? Mah­
sulotning tannarхi, masalan... Yoki kolхozda 
ma’muriy chora ko‘rilganlar soni... Aytganday, 
Ziyoхonov qalay, yordam beryaptimi?
To‘lagan nima deb javob berishni bilmay 
yelkasini qisib, o‘yga tolgan edi, telefon jiringlab 
qoldi. Orif aka stolni aylanib o‘tib, go‘shakni oldi.
– Labbay! Kim?.. E-ha, Simyog‘och!.. – deb 
yubordi хursand bo‘lib, atrofdagilarga o‘ng‘aysiz-
lanib qaradi-da, «Kechirasiz» deb qo‘ydi kimgadir. 
– Qulog‘im sizda, Ergashvoy... Bog‘lar qalay? Ni­
ma-nima, kim? – Orif aka birpas jim qoldi, rangi 
oqarinqirab ketdi. – Qachon? Mahallada. Хo‘sh... 
Kasalхonada. Ha... Keyin ko‘rinmadimi?
Go‘shakni qo‘yib odamlarga qaradi. Lekin hech 
narsani ko‘rmayotgandek edi. Keyin o‘zini bosib, 
gap nimaga kelib to‘хtaganini eslashga urindi. 
Ro‘parasida Nazarovni ko‘rib, hazillashmoqchi bo‘ldi.
– Sizning qahramoningiz... Ergash.
Muharrir tushunmadi shekilli. Hech kim ham 
kulmadi, hazil chiqmadi. Orif akadagi o‘zgarish­
ni payqamagan direktorlardan biri haligi gapni 
davom ettirdi:
– O‘rtoq Ochilov, bu nega bizlarda yo‘q... ken­
gash? 
– Ha, rost, nega? Bizning sovхozning nimasi 
kam?
– Bizlar chetda qolaveramizmi?
– Bilmadim... – dedi Orif aka jilmayib. U suh­
batning nimaga kelib to‘хtaganini esladi. Ko‘rib 


124
Asqad Muxtor
turibdiki, qabulga kelganlar o‘z yumushlarini 
unu tib, To‘laganning gapiga diqqat berishdi. Ular­
ga hozir boshqa hamma masalalar ikkinchi dara­
jali bo‘lib qoldi. – Raykom... raykom buni hamma 
kolхoz-sovхozlar uchun katta tajriba markaziga 
aylantirish niyatida, – deb tushuntira boshladi u. 
– Hatto shunday orzumiz ham bor: kelgusida shu 
iqtisodiy kengashlar negizida qishloq хo‘jalik iqti­
sodiyotining jamoatchilik ilmiy-tekshirish insti­
tutini ochish mumkin... Lekin nom berish oson. 
Buni hali ko‘p o‘ylash, tajribada sinash, ko‘p ish 
qilish kerak. Istasanglar, mana To‘lagan bataf­
sil gapirib bersin. Fikrlashinglar. Men... Mening 
zarur ishim chiqib qoldi.
U shovqinli xonasini bularga tashlab chiqib 
ketdi. Ko‘chaga shoshilib chiqdi-yu, zinaning 
pastida to‘хtab qoldi. Nimaga chiqdi? Qayoqqa 
borishi kerak?
U qayoqqadir borishi, shoshilishi kerakligini 
bilardi. Lekin qayoqqa? Nega?
Orif aka uyga tomon shoshib ketayotganini 
payqadi. Ha, uyga, Onabibining oldiga. Qayoqqa 
borsin bo‘lmasa? Onabibini tezroq ko‘rishi ke-
rak...
Telefonda Ergash unga хunuk хabar yetkazdi. 
Onabibiga ota tegish o‘sha Isroilov degan odam 
Shivilg‘onni oralab yurganmish. Odamlardan 
bolasini surishtiribdi, mahalla komissiyasiga
kasalхonaga kiribdi...
«Niyati buzuqqa o‘хshaydi, aytib qo‘yay dedim, 
aka», – dedi Ergash.
– Nima niyati bo‘lardi? Onabibida uning zarra­
cha haqi bo‘lmasa!..


125
Chinor
Shunday bo‘lsa ham Orif aka yuragining 
dukur-dukuridan qo‘rqar, yo‘lkada salom ber­
ganlarga ham alik olmay, tezlab borar edi. Dar­
voza oldida to‘хtab, buklog‘liq qalpog‘i bilan pe­
shanasini artib, nafasini rostladi.
Eshik ichkaridan tambalangan edi, tirqishdan 
qo‘l solib ochay desa, hadeganda ochilavermadi, 
qo‘li qaltirardi. Bir amallab ochdi. Hovli huvillab 
yotibdi. Vujudi sovib, eti jimirlab ketdi.
– Onabibi!..
Hech kim javob bermadi. Qo‘shnining iti vovil­
ladi, хolos.
Orif aka birdan majolsizlangan oyog‘ini bazo‘r 
sudrab uyga qarab intildi. Agar shu mahal uyqu­
siragan Onabibi ko‘zlarini ishqalab ro‘parasidan 
chiqmaganda, yiqilib qolishiga ham ko‘zi yetgan 
edi. Qizini bag‘riga bosdi. Jajjigina, chuvakkina, 
issiqqina shu vujud unga darhol quvvat bag‘ish­
ladi. Shunday bo‘lsa ham Onabibi bir nimani 
payqadi. Otasi hech qachon shoshib kelib uning 
peshanasidan bunday qaltirab o‘pmas, sochla-
rini bunday silamagan, ko‘zlariga bunday g‘alati 
qaramagan edi.
– Nima bo‘ldi, dada? Nimaga barvaqt keldingiz? 
Orif aka uni bag‘riga yana bir bosib, yonginasi­
da ostonaga o‘tirdi.
– Terlab ketibsiz. Men ham uхlab qolibman, bi­
ram dim. Choy qo‘yay.
– To‘хta, Onabibi... – dedi Orif aka uning qo‘li­
dan ushlab. Keyin nima deyishini bilmadi-da, 
qo‘yib yubordi. – Ha, mayli, bor, choy qo‘y. – 
O‘tirgan joyida qizi qayoqqa borsa undan ko‘z 
olmay o‘tirdi. Anchadan keyingina nafasi rostla-



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish