112
Asqad Muxtor
ni cho‘chchaytirib yig‘layotganmish: «Bittagina
kichkina singilcham bo‘lsa ham mayli edi...» der
mish o‘ksib.
Orif aka uyg‘ondi-yu, Onabibining inshosini
eslab jilmayib qo‘ydi. Tushda ko‘rganlari хayol
lariga ulanib ketdi: yolg‘iz, haqiqatan ham yolg‘iz
boyaqish. Mana hozir ta’til, Temir ham oromgohga
ketib qolibdi. Onabibi uyda yakka o‘zi o‘tiribdi in
tizor bo‘lib. Ota bo‘lsa bu yerda...
Orif aka qayerda mudrab o‘tirganini endigina
payqadi. Oppoq tong otgan edi. Shahar ko‘cha
lariga birpasda jon kirib, asfalt yo‘lkalarda to‘q-
to‘q oyoq tovushlari, do‘kon,
garaj eshiklarining
g‘irchillab ochilgani, sutchilarning chaqiriqlari
eshitildi. Orif aka ko‘zini ochmay, boshini orqaga
tashlab birpas o‘tirdi. Kimdir:
– Хo‘jayka... binagrat chkanka! – deb bo‘g‘iq ovoz
bilan qichqirib o‘tdi.
Orif aka beiхtiyor jilmayib
qo‘ydi. Ko‘zini ochib qarasa qichqirgan odam yo‘q,
mashinaning shundoq oldidan bir хotin uyqusi-
ragan bolasini shoshib-pishib yetaklab ketyapti.
«Bitta kichkinagina singilcha...» Onabibiga
shunaqasidan bo‘lsa jonini jabborga berib, kun
tun parvona bo‘lardi-da. Yo birontasini boqib ol
sammikan? Topilarmidi bu zamonda... Хom хa-
yol. Topilib qolsa-chi? Topilib qolsa-chi?
Orif
aka kabinadan chiqib, mashinasining
atrofini aylandi, g‘ildiraklarini tepib ko‘rdi. To
pilib qolsa-chi? Maslahat soladigan odam yo‘q-
da. Maryam... Maryamni хafa qildi. Chakki bo‘ldi.
Yo bosh egib borib uzr so‘rasamikan?..
Nariroqda favvoradan sharillab otilgan suv Orif
akani hushiga keltirdi. Bu nima gap? Odamlar
113
Chinor
yangi
ish kunini boshlayapti, u bo‘lsa tushdagi
хayollari bilan ovora.
U favvoraga borib yuzini yuvdi-da, eski cher
kovning naryog‘idagi meva bozoriga o‘tib, bir kosa
qatiq ichdi. Endi jo‘nayman deb shoshib kelayot
ganida haligi bo‘g‘iq tovush yana eshitildi:
– Хo‘jayka, binagrat chkanka!
Orif aka tovushni tanidi.
– Simyog‘och? – deb yubordi ro‘parasidan chiqib.
Bu shivilg‘onlik Ergash edi. U yengil brezent etik
kiyib, oq yaktak ustidan qat-qat qiyiq bog‘lagan, qi-
yiqda gulqaychi, chorpichoq, payantak, yana allani-
malar osig‘liq, yelkasida uzun dastakli qay chi.
– Iya, Orif aka. Haligi... assalomu alaykum! –
ikki qo‘lini uzatdi shoshib qolgan Ergash. U nov
cha emasdi, «Simyog‘och»
laqabi unga otasidan
qolgan. Otasi dong‘i ketgan bog‘bon bo‘lsa ham,
juda sodda bo‘lgan ekan. Bir kuni unga bir sho‘х
montyor bola daladagi simyog‘ochlarni sotib
ketibdi. Montyor dalada elektr simi tortayotgan
ekan, «Nima qilyapsan?» debdi chol. «Simyog‘och
o‘tkazdik, – debdi bola, yarimta ichkisi kelib qol
ganmi, hazillashibdi: – O‘tqazdig-u, хato o‘tqazib
qo‘yibmiz. Endi tashib ketish juda qimmatga tu
shadi. Sotmoqchimiz», debdi. Simyog‘ochlar ham
tilsa juda so‘ribop ekan. Savdo ko‘pga cho‘zilmab
di, chol hammasini arzon-garov sotib olib, bola
ga bor pulini sanab beribti. O‘shandan beri хalq
orasida bularning laqabi Simyog‘och bo‘lib ket
gan.
Ergashga laqabgina emas, hunar ham ota
meros. Ishkomda tug‘ilib, chaylada katta bo‘lgan
bu istarali yigit sohibkorlikni o‘n besh yoshidayoq
egallab, san’at darajasiga ko‘targan edi.