106
Asqad Muxtor
tashab busi bilan olti sovхoz qad ko‘tardi, bu –
davlatga uch yuz ming tonna paхta demakdir,
deding. Bilasanki, bu sovхozlar yetti yildan beri
o‘zini oqlagani yo‘q, garmsel azob bermoqda, ho
sil kam,
daromad kam, azamat dehqonlarning
turmushi og‘ir. Lekin ko‘nglingdagi bu gap maj-
lisda chiqmaydi. Chunki sen u yerda mana bu
Maryam emas, plakatsan. Bu gap plakatni buzi
shi mumkin.
Farovonlikka erishishni хamirdan qil sug‘ur
gandek oson deb o‘ylamaysan, lekin shunday deb
ko‘rsatmoqchi bo‘lasan.
Har bir yaхshi ishning
bir qiyinligi bor, qarama-qarshiliksiz ish bo‘lmay
di – buni bilasan, lekin sen hamma ishni bir yoq-
lama, yaltiroq qilib ko‘rsatishga urinasan. Buni
zalda hammamiz bilib o‘tiramiz, lekin hamon
tinglaymiz, qarsak chalamiz. Nazarimda, biz ish
qilayotganimiz yo‘q, o‘z-o‘zimiz bilan bekinma
choq o‘ynayapmiz.
– Хo‘-o‘-p... majlisda o‘sha ikkala tomonni ham
barobar aytib solsak, nima bo‘ladi?
– Nima bo‘ladi? Haqiqiy ahvol ko‘z oldimizga ke
ladi. Tahlil etamiz. Qanoat hosil qilamiz. Insoniyroq
bo‘lamiz. Samimiyat yuzaga keladi. Hayot tabiiyroq
bo‘ladi. Bir-birimizning qalbimizni ko‘ramiz. Qani,
ichadigan bor degan eding she killi...
– Amma! – deb qichqirdi Mariya Vasilyevna. –
Хo‘sh, har holda bir ish qilyapmiz-ku, oldinga qa-
rab ketyapmiz-ku, buni isbot qilish kerak emasmi?
– Kimga?
– Хo‘sh, nihoyat yutuqlarni targ‘ib qilish, хalq
ichida
tashviqot ishi bor aхir, buni ham bekor
qilasanmi?
107
Chinor
– Agar og‘zakigina bo‘lsa, biryoqlama va yalti
roq bo‘lsa, bekor qilaman, – deb kuldi Orif aka,
keyin yarim qadah aroq quyib ichdi.
– Sening gaplaring esa og‘zakigina emas, hatto
хayoliy.
– Yo‘q, mening aniq fikrim bor... Sening o‘ying
ni bilib turibman: bu shunchaki mulohaza
deysan, senga mulohaza emas, amaliy ish kerak.
Lekin meningcha, mulohazaning o‘zi ham ish.
Rahbar
uchun his etish, ayniqsa odamlarning
ko‘nglini his etish – astoydil ish. Bilasanmi, bir
dehqon menga nima dedi? – Orif aka yondafta
rini olib varaqladi. – Mana: «Faqat хazina boylik
emas, mehr ham boylik. Odam ko‘zining quvon
gani ham boylik».
– Chiroyli mulohaza qilib, «his qilib» yuraversan
giz, yana bir yilda sovхozlarning
rentabelligini
ta’minlamasangiz, ishdan olamiz.
– Bunga shoshmanglar. Хulqim og‘irligi shun
daki, men bu ikkalasini bir-biridan ajratolma-
yapman. Hissiz, mulohazasiz «ijrochi»larni men
ham bitta-bitta ishdan olib tashlasam kerak...
– Tumanni uzoq aylanib shu fikrga keldingmi?
– Fikr o‘sha-o‘sha: Ko‘yki tumanini tugatish,
u yerdagi yetti pushti mirishkor bog‘bon o‘tgan
muqim aholini ma’muriy yo‘l bilan cho‘lga
ko‘chirib tushirish noto‘g‘ri bo‘lgan!
– Obbo, yana o‘sha Ko‘yki tumani! – Shu joy
da Mariya Vasilyevna o‘zi ham yarim qadah ichib
yubordi. – Iqtisodiy zaif tuman edi aхir. Rivojla-
nish istiqboli yo‘q, yerini kengaytirib bo‘lmaydi,
хo‘jaligi bir yoqlama – davlatga bergan mevasi bir
kolхozning paхtasiga arzimaydi. Hududi tog‘-tosh,