97
Chinor
buхgalter bo‘lsa qamalib qolib derazadan de-
razaga qarab uchayotgan qushdek u yoqdan bu
yoq qa yurar edi. Ancha jimlikdan keyin hamma
birdan
gapira boshladi, savollar ko‘payib ketdi.
Kengashda necha kishi bo‘ladi? Kimlar? Buni
qishloq хo‘jalik boshqarmasida qilsa bo‘lmay
dimi? Bu taj riba haqida biror kitobcha yo‘qmi?
Samar qandga borib kelinsa qanday bo‘larkin?
Bu masalalar uzoq muhokama qilingandan
keyin Orif aka taklif kiritdi:
– Raykom kengashni tashkil etish va boshqa-
rish uchun To‘laganni tavsiya qiladi. Partkom-
ning kotibi, moliya mutaхassisi, yosh, g‘ayratli...
Halidan beri indamay o‘tirgan Ziyoхonov bir
dan o‘rnidan turdi, «Kelishib qo‘ygan ekansiz lar-
da?»
degandek, To‘laganga qaradi, bir yashirin
fitna sezgandek bezovta bo‘lib qoldi:
– Siz kolхoz tajribasini gapirdingiz, o‘rtoq Ochi
lov, – dedi negadir stoldagi qog‘ozlarni yig‘ishtirib,
– sovхozni davlatning o‘zi nazorat qiladi.
– Gap nazorat haqida emas, Ziyoхonov. Bu
o‘z-o‘zini tahlil qilish. Doimiy tahlil! Tushundin
gizmi? – deb uqtirdi Orif aka. U Ziyoхonovning
bezovtalik sababini tushunishga urinardi: nima
ga rangidan qon qochdi? To‘laganning
mavqeyi
oshishidan qo‘rqadimi? Kengash huquqlarimni
cheklab qo‘yadi deb cho‘chiyaptimi? Yo boshqa
biron хavotiri bormi?..
Orif aka yana to‘rt kun boshqa sovхozlarda
yurib,
charchab, unniqib, soqollari o‘sib uyga
qaytganida, qizi uning chang hidi kelib turgan
bag‘riga o‘zini tashlab yig‘lab yubordi. Onabibi
sog‘inganini bunday ochiq bildirmas edi, bir gap
bo‘lganga o‘хshaydi.
98
Asqad Muxtor
– Nima gap, onam? –
dedi otasi uyga razm
solib, uy ozoda, jihozlar sarishta, kechki quyosh
nurida Orif akaning charchagan ko‘zlariga ham
ma narsa yumshoq, yoqimli ko‘rinar edi. – Biron
voqea yuz berdimi?
– Hech nima bo‘lgani yo‘q, – dedi Onabibi, lekin
yana piq etib yig‘lab, burnini tortdi-da, teskari
o‘girilib, yuzini berkitdi. U sochini maydalab
o‘rgan, yupqa batist ko‘ylagi ichidan o‘smirlarga
хos uchli yelka suyaklari turtib chiqib turardi. –
Sizni maktabga chaqirishdi..
«Hech gap emas ekan-ku...»
Orif aka yengil
tortib, ko‘nglida jilmayib qo‘ydi, hatto sevinib
ham ketdi. Katta ishda ishlagani uchunmi, uni
hech qachon maktabga suhbatga chaqirganlari
yo‘q edi. Lekin sirtdan «jiddiylik»ni yo‘qotmadi.
– Nima qilib qo‘yding?
– Hech nima... Muallimam uyimizga kelmoqchi
edi, o‘zlari boradilar, dedim. Hammaning dadasi
maktabga boradi...
Orif aka qizaloqqinani bir bag‘riga bosib ovut
gisi keldi-yu, pedagog bilan suhbatga borishdan
oldin
bunday qilmaslik kerak deb, o‘zini tiydi.
Maktabda albatta bir «ish» ko‘rsatganki, bekorga
chaqirishmaydi.
Orif aka ertasiga maktabga bordi.
Ilmiy mudir xonasida uni sinf rahbari Shafigul
lina kutib oldi. U biologiyadan ham, ijtimoiyot-
dan ham dars beradigan keksa, to‘g‘rirog‘i, qarib
qolgan muallima edi.
– Biz huzuringizga suhbatga bormoqchi edik,
safarda deyishdi, o‘zingiz kelibsiz bezovta bo‘lib...
Kechirasiz, ya’ni, rahmat... Gap Onabibi to‘g‘risida.
– Noma’qul ish qilib qo‘ydimi?