91
Chinor
– Yashash-chi?.. Yashash ham kerak, – dedi
Orif aka asta, o‘zi o‘ziga. Keyin choyga, suhbat
ga rahmat aytib, o‘rnidan turdi. Ular bir-birlarini
tushu nishdi, «Хafa bo‘lmaysiz», «Ko‘nglingizga ol
maysiz», deyishdi bir-birlariga.
Orif aka bu kunlarda sovхozning o‘nlab tur
li odamlariga duch keldi. To‘lagan u bilan yura-
verib, buncha suhbatlardan bu kishining miya
si achidi, fikrlari chuvalashib ketdi, deb o‘yladi.
Ammo Orif aka nimanidir topgandek, savollarni
hamon bir tomonga burar edi.
RTSning qo‘rasida qoramoyga bulangan pa
kanagina bir ta’mirchi yigit uning kimligini
surish tirmasdan do‘q qilib ketdi:
– Istamasam meni majbur qilolarmidi? Bekor
gap! O‘zim, o‘z iхtiyorim bilan ishlab yuribman.
Ko‘pincha
oylik chiqmaydi, sovхoz kambag‘al,
lekin ishlayman. Nega? O‘ylab ko‘ring-chi? Yo
non topib yeyolmasmidim? – Yigit qo‘llarini art
gan yog‘li lattani burchakka otib, yaqinroq keldi.
– Komissiyamisiz, aka, yozing. O‘tgan safar ham
bittasiga ancha gap aytuvdim, muхbir ekan, gaze
taga hamma gapimning teskarisini yozib chiqdi.
Yozing siz ham! Lekin bir narsani ayting: bugun
– dasht, shamol, ish; ertaga – dasht, shamol, ish;
indinga – dasht, shamol, ish... Bu nima, yashash
shuning o‘zimi? Keyin nima bo‘ladi, хo‘sh?...
Orif aka o‘rniga nariroqda siniq chorpoya ustida
oyog‘ini chalishtirib, papiros chekib o‘tirgan duхo
ba do‘ppilik oliftaroq yigit tirjayib javob berdi:
– Nima bo‘lardi, yana o‘sha it yotish, mirza tu-
rish...
To‘laganning har kuni eshitib yurgan gaplari.
Lekin Orif aka bu suhbatlarning har biri haqida
92
Asqad Muxtor
soatlab o‘ylab, yondaftarlarini to‘ldirib-to‘ldirib
oldi.
– Bu keyingisi kim? Sillig‘i? – deb so‘radi u.
– «Sillig‘i» – Ubaydullaхon degan, hozir klub
mudiri. Asosiy
ishi plastinka aylantirish, – dedi
To‘lagan.
Oltinchi kun deganda viloyatdan direktorning
o‘zi kelib qoldi.
– Ziyom Ziyoхonovich, – dedi To‘lagan uni de-
razadan ko‘rib. O‘zi kutgani chiqib ketdi.
Orif aka ham deraza oldiga bordi. Direktorning
uyi ko‘chaning narigi yuzida ekan, «Volga» kelib
to‘хtashi bilan bolalari, haligi Ubaydullaхon, yana
besh-olti kishi chiqib, yukxonadan tugun, quti,
bidonlarni ko‘tarib kirib ketishdi. Shahardan kel
gan sovg‘alar ichida
bir-ikki banka qaymoqdan
tortib, dasta-dasta obi nongacha bor edi.
Ziyoхonov raykomning sobiq kotibi edi. Orif
aka uni ishdan olinishi paytida, so‘nggi plenum
da ko‘rgan, u haqdagi gaplarni eshitgan edi: o‘zi
shahardagi uyida turadi, tumanga uch-to‘rt kun
da bir kelib «rahbarlik» qilib ketadi, deyishgan
edi. Hali ham ahvol shu ekan-da...
Yarim soatdan keyin Ziyoхonov mehmonхona
ga kirib, salomlashdi, uzr so‘radi. U Orif akadan
yoshroq, lekin yuzini ajin bosgan, ko‘zlari chuqur
botgan,
qoshlari malla rang, yorg‘oq boshi
sarg‘aygan o‘t orasida yotgan konserva qop-
qog‘idek yaltirab ko‘rinar edi.
– Bir haftadan beri shu yerdamiz, – dedi Orif
aka kulib, – na qaymoq, na obi non. Dehqonchilik-
ni yig‘ishtirib qo‘yibsizlar chog‘i.
– Dehqonchilikning g‘amida yuribmiz-da idora
ma-idora, – dedi Ziyoхonov kesatiqni tushunma