Laboratoriya ishi № 3
Mavzu: Bitumning yumshash haroratini aniqlash
Kerakli jihozlar:
“Xalqa va shar” asbobi,
4 ta xalqa, 4 shar,
termometr, sekundomer, shisha yoki metall
plastinkalar, pichoq, stakan, glitserin, dekstrin,
pinset,
distillangan suv, isitish manbai (elektr plita
yoki gaz gorelkasi), 0,7 mm li elak.
2.1.-rasm. Xalqa va shar asbobi
1 – shisha idish; 2 – pastki plastinka; 3 – ustki
plastinka; 4 – qopqoq; 5 – termometr; 6 –
sterjen; a – umumiy ko‘rinish; b – tajriba
oldidan bitum surtilgan po‘lat
xalqa ustiga
o‘rnatilgan po‘lat shar; v – tajriba so‘ngida
yuqori harorat ostida po‘lat xalqa ichidagi
bitum ustiga o‘rnatilgan po‘lat shar og‘irligi
ostida erib tushishi.
Sinovga tayyorlash
Laboratoriya ishining sinov usullarini
GOST 11506
ga asosan bajariladi.
Bitum +160
0
S
haroratda qizdirib, doimiy ravishda aralashtirib turish yo‘li bilan
suvsizlantiriladi. So‘ngra № 0,7 mm elakdan o‘tkaziladi
, havo pufakchalari
yo‘qolguncha aralashtiriladi. Shisha yoki metall plastinka ustiga 4 ta xalqa
o‘rnatiladi. Plastinka yuzasiga glitserin + dekstrin (3:1) aralashmasi suriladi.
So‘ngra xalqalarning ichiga bitum quyiladi va xona haroratigacha, ya’ni 25
ºS
gacha sovutiladi. Xalqalardagi bitumlar sovugandan so‘ng xalqa qirrasi
bo‘ylab issiq pichoq bilan qirqib tekislanadi va 10 minut davomida suvli idishga
solib harorti +5
ºS gacha yana sovutiladi
.
Sinov o‘tkazish
Bitumli xalkalar asbobning maxsus shtativiga o‘rnatiladi,
xalqadagi bitum
o‘rtasiga po‘lat sharlar o‘rnatiladi. Termometr asbobning maxsus joyiga
xalqalardagi bitumning tag yuzasi bilan barobar tarzda o‘rnatiladi.
Ishchi holatga keltirilgan asbob harorati +5 ºS bo‘lgan distillangan suv
quyilgan stakanga tushiriladi, bunda stakandagi suvning balandligi 76 mm.dan kam
bo‘lmasligi kerak.
So‘ngra stakanni isitish manbaiga qo‘yib harorat minutiga +5 º
S dan oshirib
borishini 3 minut davomida kuzatib, harorat minutiga +5 º S dan oshini taminlaymiz.
Buning natijasida bitum yumshab boraveradi va sharlar o‘z og‘irligining bosimi
ostida bitumdan o‘tib asbobning nazorat diskiga borib tushadi. Ushbu vaqtdagi
harorat bitumning yumshash harorati deb qabul qilinadi.
Bitumning yumshash
harorati sifatida sharlarning nazorat diskiga tekkandagi haroratlarining o‘rtacha
qiymati qabul qilinadi. Bitumning yumshash harorati bo‘yicha sinov usulidan
olingan natija
GOST 22245-90
da berilgan (Tablitsa 1) talablar bo‘ycha bitum
markalari bo‘yicha qo‘yilgan talablarga mosligi tekshirladi.
Bitumni yumshash harorati____________ ºS ga teng.
Bajardi:
Qabul qildi: