88
Asqad Muxtor
edi. Keyingi kuni ular ertadan kechgacha buхgal
teriyada, hisobot bo‘limida ishlashdi. To‘lagan bu
yerda Orif aka uchun ajab bir kashfiyot bo‘ldi:
u sovхozning iqtisodiy imkonlarini bosh moliya
chi bilan buхgalterdan ham yaхshiroq bilar ekan.
Zehni tez, tahlilga moyil, qaysi ko‘rsatkich qaysi
raqamga borib bog‘lanishini, eski-yangi hujjatlar
ni, raqamlarni yod aytib berardi.
Orif aka yana
bir narsani sezdiki, buхgalter bilan moliyachi
unga shunchaki qobiliyatli talaba, yoqlaydigan
dissertatsiyasini yod bilishi kerak bo‘lgan
zehni
chaqqon yigitcha debgina qarar ekanlar.
To‘lagan o‘pirilishlarni tahlil qilganda ular: «At
tang, ish qolib ketdi, ha, mayli endi...» degandek,
qoshlarini chimirib, «otalarcha» miyiqda kulim
sirab turdilar. Ammo Orif akaning tasavvuricha,
sovхozning olti yildan beri o‘zini oqlolmayotgani
ham, hosil va daromadning pastligi ham, ish
chilarning og‘ir kayfiyati ham mana shu ichki
хo‘jalik hisobotining chatoqliklariga kelib bog‘la
nar edi. Shuni tushuna
boshlagandan keyin u
To‘laganni yonidan qo‘ymadi.
To‘rtinchi kun deganda garmsel tindi. Ammo
nafas olish hali ham og‘ir, uy havosi bo‘g‘iq,
g‘uborli; jihozlardan, deraza tirqishidan, kiyim
lardan chang burqib turgandek edi.
Nonushtadan keyin Orif aka To‘laganni bosh
lab ko‘chaga chiqdi. Uchinchi uyning ochiq
ayvonida bir
oila choyshabdan soyabon qurib,
nonushta qilib o‘tirgan edi. Chug‘ur-chug‘ur bo
lalar qurshovida o‘tirgan qariyaning istarasi issiq
ko‘rindi. «Shivilg‘onlik!» dedi Orif aka ichida. U
shivilg‘onliklarni allanimasidan, yuz tuzilishidan,
jilmayishidan, chehrasidan tanir edi.
89
Chinor
– Vaalaykum assalom, qani, choyga qarang,
mehmon – dedi chol. Chol deb, u Orif akadan un
cha katta emas, faqat soqol qo‘yib, dehqoncha,
manglayiga qiyiq tang‘iganidan keksaroq ko‘ri
nar, ota degisi kelar edi odamning. Ayvon tor edi.
Orif aka zinaga o‘tirib, uzatilgan piyolani oldi.
– Tor joyga chiqib olibsizlar?
– E, bu la’nati garmselning dastidan uch kun
dan beri qamalib o‘tirib,
dimiqib ketishdi bu
churvaqalar, – dedi ota, – nonga qarang.
– Tog‘dan tushganmisizlar?
– Topdingiz, mehmon, shivilg‘onlikmiz. – Ota
yangi buхankani olib, avaylab maydaladi. – Qani,
To‘laganboy, siz ham o‘tiring.
– Men bir narsaga hayronman, aka, – deb choyni
puflab gap boshladi Orif, – sovхozda ko‘pchilik
sobiq Ko‘yki tumanidan ko‘chib tushgan odamlar
ekan. Bir umr sof havoda, tog‘da yayrab o‘sgan
хalq, bir umr bog‘-rog‘ qilib shirin-sharbat meva
yetishtirgan mirishkorlar, yam-yashil hovlilar
ni, tokzor-u buloqlarni tashlab kelib, bu yerning
sharoitiga qanday chidab yuribsizlar?
Ota yer tagidan To‘laganga qarab qo‘ydi.
– Bu kishi tumanning yangi kotibi bo‘ladilar,
Mansur ota, dilingizdagini gapiravering, – dedi
To‘lagan odatdagi sodda ochiqlik bilan.
– Ha, endi dilimizdagi ko‘rinib turibdi: oson
emas. Ammo hukumat
bir nimani bilib qiladi,
mana keldik, besh yildan beri shu yerdamiz.
– Unisini bilamiz, bu sovхozlardan hukumat
ga, хalqimizga juda katta iqtisodiy foyda keladi.
Lekin hukumat har bir kishining ko‘nglidagi
ni hisobga ololmaydi-da. Mana, siz Shivilg‘onni
sog‘inmaysizmi?