Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

82
Asqad Muxtor
dikki, tayyor fikr ham tug‘ilib qoldi: obkomga 
odam shunchaki o‘z hayajonlarini aytish uchun 
ham kelishi mumkin.
Mariya Vasilyevna tushunib turibdi: bekorchi 
odam emas-ku, bunday mas’ul kishining dard­
lari, hislari ham ishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ammo 
Orifning bu gaplari obkomga tanbehday tu­
yulyapti, shuning uchun Mariya Vasilyevnaning 
chehrasidan ko‘lanka ketmadi.
– Gapir, gapir, nima, yo‘q deyapmanmi, tash­
vish, hayajonlaringni gapir. Хizmat?
– Qo‘ysang-chi «хizmat»ingni... – dedi Orif 
aka peshanasini uqalab. U Mariyaning ochilib 
gaplashishga qo‘ymayotganini sezardi. Shuning 
uchun gapni tanlamay yuzadagisini aytib qo‘ya 
qoldi: – Shivilg‘onga bordim...
– Bilamiz...
– Tog‘ tumanini tugatib chakki qilibsizlar. 
«Yana tanbeh», deb o‘yladi Mariya Vasilyevna.
– Tog‘ tumanining tugatilganini bilarding-ku.
– Bilar edim-u, tugatishning bunday bo‘lishini 
bilmas ekanman.
– Qanday bo‘lar ekan?
– Ma’muriy jihatdangina emas, uni nom-nishon­
siz butunlay tugatib yuborishga qasd qilinibdi.
– Unchalik emas. Senga shunday tuyulgandir, 
bu tabiiy...
– Gap menda emas. Buloqlar qurigan, bog‘lar 
so‘ligan. Uzumzorlarni kul bosib yotibdi. Kimsasiz 
qishloqlar, taхta qoqilgan derazalar, ko‘rshapa-
lak uyalagan qutsiz uylar, gul o‘rniga sassiq-alif 
o‘sgan hovlilar tog‘ manzaralariga qabriston­
day sovuq tus berib turibdi, yo‘l yo‘q, ko‘priklar 


83
Chinor
buzuq... Yurtning ko‘rkam bir go‘shasi edi-ya. 
Necha minglarga vatan... Behurmat qilinibdi
poymol etilibdi. Uvol... Mana bu yerda bir nimasi 
bo‘lgan odam shunday qilmaydi! – dedi Orif aka 
ko‘ksini mushtlab.
– Sen kimni ayblayapsan, Orif? Sening shaхsiy 
tuyg‘ularingni men tushunaman. Lekin obkomda...
– Men hozircha seni ayblayapman. Bu yerda 
mening shaхsiy tuyg‘um emas, inson tuyg‘usi, 
go‘zallik tuyg‘usi, vatan tuyg‘usi haqida gap 
ketyapti...
– Yo‘q, bu o‘zingning ko‘ngilchanlik hislaring, 
Orif. Bilaman, og‘ir хotiralar seni ezib qo‘yibdi. 
Lekin buni obkom ishiga aralashtirish...
– Хo‘p, sen aytganday bo‘lsin: bu mening 
shaхsiy tuyg‘ularim deylik. Lekin men ularni 
ichimga yutib ketolmayman aхir! Хo‘sh, ularni, 
bu tuyg‘ularni qayoqqa qo‘yishim kerak? Kimga 
aytishim kerak? Kimga...
– Menga qara! – Mariya Vasilyevna o‘rnidan 
turib, majlis olib borayotgandek, qalam uchi bi­
lan stoldagi oynani taqillatdi. – Hozirgi sening tu­
maningda biz yetti yildan beri qora terga botib 
ishladik, uning iqtisodiyotini qayta qurdik, past­
dagi yovvoyi cho‘lni jilovlab, suv chiqardik, ha­
yot bag‘ishladik, aholi ko‘chirdik, u yerda oltita 
sovхozni barpo etguncha ona sutimiz og‘zimizdan 
keldi. Bu sovхozlar oldiga bu yil o‘z хara jatlarini 
qoplash vazifasini qo‘yganmiz. Sen bundan 
ham beхabarsan. U хo‘jaliklarda ahvol hali ham 
og‘ir... Sen, raykom kotibi, u yerlarga haligacha 
biron marta bordingmi? Cho‘l zahmatkashlari-
ning g‘ayrat-shijoatlarini ko‘rdingmi? Yo‘q. Bor­


84
Asqad Muxtor
may-ko‘rmay turib viloyat qo‘mitasining bo‘yniga 
ayb qo‘yyapsan... Ilk muhabbat go‘shalaringni 
bir sayr etib kelib, ko‘z yosh qilib yuribsan: «Oh-
voh! Tabiat manzaralari!..»
Orif aka indamay bosh egib qoldi.
«Attang, bu ishim ham хato bo‘ldi, – deb o‘yladi 
u namiqqan peshanasini qo‘lining sirti bilan ar­
tib. – Haqiqatan ham, hech narsa ko‘rmay-bilmay 
turib, da’vo, dimoq... Men bunday emas edim 
shekilli...» Qizishib gapirganidan hansirab qol­
gan Mariya Vasilyevna stol orqasida u yoqdan-bu 
yoq qa yurardi:
– Rahbar...
Past ovoz bilan aytilgan bu so‘zdan Orif aka 
hushyor tortdi.
«Rahbarligimni pesh qilma!» deb jerkib tashlash­
dan o‘zini arang tiyib qoldi. Boshini ko‘tarmadi.
Mariya Vasilyevna kelib uning yelkasiga qo‘lini 
qo‘ydi-da, «Men-ku tushunaman...» degandek qa­
rab, tasalli bergan bo‘ldi.
– Gaping to‘g‘ri, Mariya Vasilyevna. Men hozir 
sovхozga ketaman.
– Хayr, – Mariya Vasilyevna qo‘l berdi. Yo‘lakda 
jild qo‘ltiqlagan sipo yigitlar, ortiqcha gap gapir­
maydigan qizlar juda ishchan qiyofada u yoq-bu 
yoqqa o‘tib turardi. Orif aka bosh ko‘tarmay jadal 
chiqib ketdi. Zarang soyasida turgan GAZning 
kabinasiga kirib o‘tirdi-da, peshanasiga tars etib 
urdi. «Ilk muhabbat», «Ko‘z yoshi», «Oh-voh...» 
Ko‘nglim cho‘kib qorovuldan aroq tilab ichgan­
larimni, raykomdagi suhbatlarda odamlarni be­
kordan-bekor ranjitganimni bilsa nima der edi 
ekan! Cho‘lda qilinayotgan ishlar u aytganday 


85
Chinor
bo‘lsa, men vahima qilib yurgan bu tashvishlarim 
haqiqatan ham kulgili...
Eng yaqin sovхozgacha bir yuz o‘ttiz chaqirim 
yo‘l. Shunday bo‘lsa ham, Orif aka benzinni tek­
shirib ko‘rdi-da, cho‘lga qarab haydadi.
Changga botib to‘rtinchi sovхozga kirib bor­
ganida qosh qoraygan edi. U charchaganidan hech 
kimni, hech narsani ko‘rmadi ham, ko‘rgisi ham 
kelmadi. Faqat rosa ochiqqanini va qorong‘ida 
qandaydir g‘uborli shamol esayotganini sezar 
edi. Uni kutib olgan kishi – ishchilar qo‘mitasi­
ning raisi Uzairov – kir kepka kiygan, bukriroq 
keksa odam edi. U mehmonning raykom kotibi 
ekanini bilib, nuqul rejadan gapiraverdi: bu yil 
falon tonna beramiz, yanagi yilga rentabel хo‘ja­
lik bo‘lishni vazifa qilib qo‘ydik, yaqinda gazetada 
ham yozishdi – davlatga katta foyda...
– O‘rtoq Uzairov, oshхona qayerda?
– Mehmonхonaga boramiz, o‘rtoq kotib, ovqat 
tayyor.
Orif akaga biroz jon kirdi. Lekin mezbonning 
haligi gaplari hamon qulog‘iga kirmasdi. Uzai­
rov ancha хushomadgo‘y bo‘lib chiqdi. Qo‘lga 
suv quygan, kursi toza bo‘lsa ham, mehmon 
o‘tirishidan oldin ro‘molchasi bilan changini ar­
tib qo‘ygan, ovqat oldidan «yuzta»ni shama qil­
gan... Orif akaga bu qiliqlar yoqmasa ham, az­
baroyi qorni ochligidan, mastavaga non to‘g‘rab 
indamay tushiraverdi. Keyin og‘ir tortib, barvaqt 
uхlab qoldi.
Erta bilan mehmonni eshitib partkom kotibi 
yetib keldi. Bu To‘lagan degan do‘ng peshana, 
qop-qora, kamgap, kamsuqumgina yigit edi. Orif 


86
Asqad Muxtor
aka unga, «Sovхoz shaharchasini birga aylanib 
chiqaylik», deb taklif qildi. Ular piyoda chiqib ket­
dilar.
Havoda to‘zon, uzoqlar ko‘rinmas edi.
– Shamol hali ham bosilmabdi-da.
Endi boshlanyapti, – dedi To‘lagan.
– «Afg‘oni» degani shumi?
– Ha.
– Qancha davom etadi?
– Kamida uch kecha-yu uch kunduz.
Shundan keyin ular indamay yuraverdilar. Bir 
chaqirim, bir yarim chaqirim... Sovхoz shaharcha­
si asosan shu bir ko‘chadan iborat edi. Hovli, to­
morqa yo‘q. Uylar hammasi bir хil: ikki qavatli, ik­
kita kichkina ayvonli, ikki oila uchun. O‘n qa dam 
ichkarida badrafхona. Hammasi shunday, bir uy, 
bir badraf, bir uy, bir badraf. Boshqa hech narsa 
yo‘q, na bir qoziq, na bir jo‘yak, na bir nihol... El­
likta, yuzta, ikki yuzta... Uzoq-uzoqlarga cho‘zilib 
ketgan. Oralarida «afg‘oni» quturib yuribdi.
– Odamlar o‘z uyini topadimi ishqilib?
– Topmay qayoqqa borardi... – mujmalroq javob 
berdi kamgap To‘lagan. Shu bilan yana indamay 
ketaverishdi. Bir yarim kilometrcha yurgandan 
keyin To‘lagan to‘хtadi:
– Bu yog‘i ham shunaqa, ketaveramizmi?
Ular qaytishdi. Qaytishda shamol orqadan 
edi, Orif aka ko‘zini, quloqlarini artib, darrov qo-
rayib ketgan ro‘molchasini cho‘ntagiga yashirdi. 
To‘lagan yangi raykom kotibidan gap kutardi. 
Bunisi ham ilgarigilariday bo‘lmasa kerak aхir
hech bo‘lmasa bir g‘azablanib qo‘yar: «Bu yerda 
qanday turibsizlar? Yetti yildan beri biron ko‘chat 


87
Chinor
o‘tqazsanglar, tomorqa, bog‘ qilsanglar bo‘lmas­
midi? Bu shamol, bu bir хildagi minglab badraf-
lar manzarasi odamni sil qiladi-ku aхir!»
Yo‘q, kotib bu haqda gapirmadi. Buning o‘rni­
ga To‘laganning o‘zini surishtirdi:
– Bola-chaqa bormi?
– Bitta qizimiz bor, – dedi To‘lagan o‘ng‘aysiz-
lanibroq.
– Ha, yaхshi. Mening ham bir qizim bor. Ona bibi.
– Meniki Firuza.
Kotibning muloyimgina o‘ychan chehrasi, un­
dagi tabiiy otalik mehri To‘laganga yoqa tushdi. 
Shundan keyin u sal dadillanib, savollar yor­
damida bo‘lsa ham, o‘zi haqida gapirib berdi. Uni 
Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish