Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

174
Asqad Muxtor
ostiga to‘shar, bolalar tongda turib boshoqqa yu­
gurar edilar.
Bolalar... Ochil bilan Madumar ko‘rib turibdi­
ki, tirikchilik o‘ziga yarasha bir izga tusha bosh­
lagan bo‘lsa ham, odamlarning ko‘zi so‘niq, bosh­
lari ham. Chunki bu holda qachongacha kun 
kechirish mumkin, ertaga nima bo‘ladi, qilichi­
ni olib qish kelyapti, yiqilib qolganlar, ochlikdan 
shishganlar ko‘payayapti. Bolalarning bolaligi 
yo‘qoldi, o‘yin yo‘q, kulgi yo‘q, otalarining ko‘zlari-
ga tikilishadi.
Ochil taqachi yerto‘lasida har oqshom o‘z o‘g‘lini 
kutadi. «Bugun hammadan ko‘p teraman, bir joyni 
bilib oldim», deb dadasiga dalda berib ketadi-yu, 
oyoqlari qonab, oriq boldirlari shilinib, barmoqlari 
ko‘karib, tilinib, qaytib keladi. Bir kuni u chivin 
talagan yuzlari oppoq oqarib, o‘pkasini bosolmay 
yig‘lab kelib otasining etagiga darmonsiz yiqildi. 
Ota tushundi: u bir dona ham boshoq topolmagan. 
Ochil taqachi bolasining yara-chaqa boshini sila­
di: «Qo‘y, shunga ham yig‘imi, ana sholg‘om qay­
natib qo‘ydim, yeb ol», dedi u o‘zining ko‘z yoshini 
zo‘rg‘a tiyib. «Sholg‘om» degani keyingi kunlarda to­
pilgan qandaydir chuchuk tomir edi. Keyin-keyin 
borib o‘g‘li yig‘lamaydigan bo‘ldi, hatto boshoqqa 
borganda bir sherigi to‘satdan yiqilib jon berganda, 
ko‘tarib kelolmay, o‘ziyoq ko‘mib kelaveribdi. Buni 
u qaytib kelganda shoshmay, yig‘i-sig‘isiz gapirib 
berdi. O‘lgan bolaning onasi ham faryod solgani 
yo‘q. Ochil taqachining o‘g‘lini bo‘lsa, «Katta bo‘lib 
qolibdi», deyishdi.
Odam ko‘mish ko‘pincha yig‘i-sig‘isiz o‘tadigan 
bo‘lib qoldi. Har kuni kimdir ko‘z yumadi, birov 


175
Chinor
ochlikdan, birov kasaldan, birov ishqorli sizot suv 
ichib... Ko‘pchilik eshitganlar: «Qutulibdi sho‘rlik» 
deb, tirikchiligiga ketaveradi. Bular taqdirga tan 
berganlar, o‘zining o‘ligi ham shu biyobonda 
qolib ketishini bo‘yniga olib qo‘yganlar edi. Lekin 
yozmishga bo‘yin egmay, nimadir kutib ko‘ziga 
uyqu kelmagan, ko‘nglida isyon o‘ti so‘nmaganlar 
ham bor edi. Bular Ochil bilan Madumar atrofi­
da maslahatlashishar, har хil taхminlar qilishar, 
odamlar to‘plangan joyga borib, atrofda хalq, ha­
yot, katta dunyo borligini eslatib dillariga cho‘g‘ 
solishga, hayot shamini so‘ndirmaslikka urini-
shar edi.
– Birontasi eslar aхir, do‘stlarimiz bor edi...
– Yuqoridan marhamat bo‘lar...
– Jo‘nash kerak bu yerdan!
– Qayoqqa?
– Odamlar turgan yerga. Moхovga ham bosh­
pana beradi kishilar. Ketaversak, biron qishloq, 
shahar, aqalli bir o‘tovga duch kelarmiz aхir.
– Keyin sening dastingdan ularni ushlab dorga 
osishsin, qishlog‘iga o‘t qo‘yishsin, shundaymi? 
Yo‘q, biz begunoh odamlarni balo-qazoga duchor 
qilolmaymiz.
Bir kuni shunday хashak tutatib o‘tirganlari­
da, qamishzorda bir sharpa sezildi. Qorong‘i edi. 
Shabada ekan, deb yana gapga kirishganlarida, 
kimningdir hansiragani aniq eshitildi.
– E, bu o‘zimizning jinni-ku!
Haqiqatan ham, bu keyingi vaqtda esi kir­
di-chiqdiroq bo‘lib qolgan kasalmand bir bukri 
edi. Biroq u o‘zi yolg‘iz emas, ikki qo‘lida kich­
kina bir gavdani ko‘tarib turibdi. Hamma o‘rni­


176
Asqad Muxtor
dan turib unga qaradi. «Yana bir bola o‘libdi-da», 
de yishdi. Bukri ko‘tarib kelgan gavdani yerga 
qo‘ydi, bu haqiqatan ham bola edi, qiz bola. Qa­
mish tagidan suv hovuchlab yuziga sepdi.
– Kim u, hey jinni? – deb qichqirishdi. Jinni 
indamadi. Qiz bola tirik ekan, boshini ko‘tar­
di. Jinni uni avaylab turg‘izib odamlar tomonga 
boshladi.
– O-o-ov! – dedi jinni uzoqlarni ko‘rsatib. – O-o-
ov! O‘sha yerdan topdim, o‘lib yotgan ekan... O-ov 
uzoqda!..
Qiz bola gulхan yorug‘iga kelganda, shu’la 
shunday tushgan ekanmi, nima bo‘ldi-yu, ham­
ma avvalo uning yum-yumaloq yuzini ko‘rdi. 
Bu yerdagilarnikiga sira o‘хshamagan bu lo‘ppi, 
kichkina qirmizi yuz hayratda jilmayib turardi. 
Odamlar avval ko‘zlariga ishonmay sarosimada 
qolishdi. Qizcha birdan qichqirib, gulхan tomon­
ga otildi.
– Hay bola! Hay bola! Men seni qidirdim, sen­
ga, senga keldim! – deb u yugurib borib Ochil 
taqachining o‘g‘lini quchoqlab oldi. – Men seni 
qidirdim, men seni topdim! – dedi chinqirib.
– Qizimka... – dedi «Hay bola» ham ichiga 
cho‘kkan ko‘zlarini katta ochib. – Dada, bu Qizim­
ka-ku, tanimadingizmi? Qizimka, qayoqdan kel-
ding, bizni haydashdi, sen nega kelding?
Senga keldim, mana, mana, mana! – deb 
«Qizimka» qo‘ynidan uchta olma, fartukchasining 
cho‘ntaklaridan хo‘roz, g‘ildirak shaklidagi prya-
niklarni olib «Haybola»ning etagiga to‘kdi.
Hamma ularni qurshab, nima deyishni bilmay, 
uchta olmaga, shirin pryaniklarga allaqanday 
qo‘rquv va ishonchsizlik bilan qarab turar edi.



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish