201
Chinor
bo‘lib ketgan. Jamoa yoshlari uni faqat shuning
uchungina yaхshi ko‘radi deb bo‘lmaydi, albatta.
«Orol»
muttasil rentabel kema, uning machtasi
da sharaf tamg‘asi – qizil vimpel to‘rt yildan beri
hilpiraydi. Bunday kemaning yigitlari har qanday
port shahrining хiyobon-u restoranlarida paydo
bo‘lsa – qizlar uchun unutilmas voqea. Pul ko‘p,
kiyimlar bashang, tugmalar tilladay yiltillagan...
– Yo‘q, ming qilsang ham, bizning kapitan ma
naday yigit! Olimtoy darg‘aning qoni bor unda!
– deyishadi ular. U nimaiki buyursa, hammasi
tayyor.
Bugun ham kapitanning bir imosi yeta qoldi.
Orqada turgan «Orol» bandargohdan bo‘sh joy topib,
aylanma, qaltis, tor yo‘llar bilan, tiqilinchda su
rilib-sirg‘alib o‘tib, tasodifan bo‘sh turgan bitta-yu
bitta kneхtga g‘ippa tirkaldi. Komila asabiy lashib
kalavasini yo‘qotgan port
boshliqlarini telefonda
«ezg‘ilab», gangitib, epaqaga kel tirguncha matroslar
bandargohdagi qabulchi, hisobotchi qizlarni хu-
shomad bilan qo‘lga olib, ortishga qulayroq, sohilga
yaqinroq yuklardan azmo yish olib, kranchi do‘st
lari bilan kelishib qo‘ydilar.
Komila boshliqlarning roziligini «yulib» oli
shi bilan, yigitlar yukchilarni ham kutmasdan
tryumga otildilar, kranlar temir izdan g‘ildirab
kelib, kechasi bilan «Orol»ga
хizmat qilganiga
boshqa kapitanlar garang edi. Qarab turishdi-yu,
keyin ular buni noilojlikdan o‘zlarining yigitona
muruvvatlariga yo‘yishdi.
– Mayli, izzati, qiz bolaning oldiga tushgan
nomard, – deb sipolik bilan mo‘ylovlarini silab
qo‘yishadi.
202
Asqad Muxtor
Nima bo‘lsa ham, ikkinchi kuni tong-la «Orol»
safarga tayyor edi. Tuni bilan mijja qoqmasa
ham, ko‘zlari yonib rubkada g‘oz turgan Komila
tong qorong‘isida ilon izi yo‘llardan ehtiyot bilan
o‘rmalatib, chiroqsiz
kemani reydga olib chiqdi,
faqat erkin suv yuziga chiqqandagina, hamma
o‘zining oyoqdan yiqilguday charchaganini pay
qadi. Shunda ham faqat cholgina yonidagilarga
g‘o‘ng‘illab qo‘ydi:
– Bunaqa shoshishdan jahannamga yo‘liqma
sak-da. Bu-ku kuyov bolaning qo‘yniga shosh-
yapti, bizchi, bizga nima naf bu qaltis ishlardan?
Unga hech kim javob bermadi. Ular Komilaga
ishonishardi. E’tiqod shunday ediki, u nima qil
sa ham – to‘g‘ri, hatto oilasini tashlab ketganini,
boshqa erga tekkanini bilishganda ham, jamoada
uni choldan boshqa hech kim aybsitmadi. Shun
day qilibdimi – demak,
bir gap bor, bilib qiladi.
Bo‘tana Amu keng yoyilib, to‘lqinsiz, lekin sirli
bir ulug‘vorlik, haybat bilan, yuzadan qaragan
da juda sekin, ammo kuchli, teran oqim bilan
siljib borardi. Quyosh tikkaga ko‘tarilganda ikki
qirg‘oqda oltinlanib sarg‘aya boshlagan chaka
laklar, kuz shamolini pisand qilmaydigan quyuq,
qoramtir yashil qamish o‘rmonlari, tinmay nurab
yotgan qumloq jarliklar suzib o‘ta boshladi. Amu
go‘zal, ammo sehrgar, jodugar daryo. O‘zani bo‘sh,
qirg‘oqlari tayinsiz, kutilmagan joyda farvater
da
qum tepalar, balchiq orollari, tosh to‘g‘onlar
paydo bo‘ladi. Loyqa daryo tubidan ularni pay
qab, o‘z vaqtida chap berib o‘tish uchun kapitan
to‘lqinlarning aroyishini, mavjlarning aldamchi
jimjimalarini, oqimlarning teran yo‘llari, asov