210
Asqad Muxtor
– Mana! – dedi Komila qo‘ynida isigan shishani
chiqarib. Yigit ikki qo‘lini cho‘zib unga intildi, shi-
shani olib, uning kahrabo
rangiga suqlangandek
yoruqqa solib qaradi. Komila uning g‘amgin ko‘zlari-
da quyoshli kundagi teran dengiz ko‘rkini ko‘rdi.
– Siz... siz ovora bo‘libsiz, men buning uchun
nima qilishim, nima berishim mumkin sizga... –
dedi yigit, keyin o‘rinsiz gaplar aytayotganini pay
qab, qisqagina: – Rahmat! – dedi.
– Voy, nima deyapsiz, biz baliqchilarga bu nar
sa dehqonchilik-ku.
– Qayerdan oldingiz?
– Ombordan! – dedi Komila kerilibroq, «bizga
bu cho‘t emas» degan ma’noda.
– Ana, ishlaganlarga beradi-da, men ham al
batta ishga kirib olishim kerak...
– Yo‘q, siz davolaning, – dedi Komila beparvo
roq bo‘lishga urinib. Lekin o‘zi bilardiki, bu yi-
git ishlay olmaydi, uni ishga olish ham mumkin
bo‘lmasa kerak, moy esa topiladi.
Komila
ketmoqchi edi, yigit to‘хtatdi.
– Shuncha yaхshilik qildingiz, otingizni ham
bilmayman, kimga minnatdorchilik bildiraman...
– Mening otim Komila.
– Meniki – Matniyoz.
– Matniyoz...
Buni qanday ichasiz, qanchaga
yetadi? – dedi Komila.
– O... bu anchaga yetadi. Katta rahmat sizga.
Men uni uch kunga yetkazaman. Rahmat.
«Uch kunga»? Bu yog‘i nima bo‘ladi? Yog‘och
oyoq Ajiniyozning patak soqoli, o‘taketgan pok
vijdonli Zosim Prokofyevichning «Shag‘alay-
Shag‘alay» deb turib so‘raganining yarmini ber
211
Chinor
gani ko‘z oldiga keldi. Dehqonchilik emish! Maq-
tanib nima qilardim-a?
Lekin bu хavotirlar
Komilaning esidan tez
chiqdi.
U askarning quyoshda kulgan chuqur dengiz
quvonchini eslatuvchi ko‘zlarini o‘ylardi. Matni
yoz... Komila u bilan hamon gaplasholgani yo‘q.
Direktorga yalinib yana bir shisha moy olib bor
ganida Matniyozning yo‘tali tutib, yana gapla-
sholmadi. Tarashalar orasida yotgan kitoblar
haqida ham gaplashsa bo‘lardi, o‘zi haqida ham.
O‘yi, hayollari, maqsadi bordir...
Bir kuni dengizda uni vahima bosdi: ketib qol
sa-chi? Unga ish berishmas... Keyingi borganidan
uch kun ham o‘tib ketdi. Moyning foydasi bo‘lmayot
ganmikin? Yo‘q, doktorlar bilib aytgandir.
Komila
ham qaydadir eshitgan, baliq moyi davo deb. Qan
cha davolanishi kerak ekan? Bir oymi, besh yilmi?
Komila o‘ylab qarasa, ko‘p narsadan beхabar ekan.
O‘zining nodonligidan ko yinib, dengizdan qaytgan
da albatta kutubхonaga borish, ensiklopediyalarni
bir titishni niyat qilib qo‘ydi.
Katerning dumida baliqchi qoraqalpoq bolalar
do‘mbira chalib, Ayabbergen yo‘lida nimadir kuy
lashar, Komilaning qulog‘iga kirmas edi. Qaytgisi
kela boshladi. Keyingi vaqtda reja bilan ham ishi
yo‘q. «Nima bo‘ldi o‘zi menga?» – derdi u ba’zan.
«Ketsa ketibdi-da, begona bir odam bo‘lsa. Ha,
nima bo‘pti? Хasta, musofir. Odamgarchilik yu
zasidan qarashsam qarashibman-da!» – derdi
yana o‘z ahvolini o‘ziga tushuntirib.
Ovdan qaytgan kuniyoq yana direktorga kirdi.
Zosim Prokofyevich arizani olib stolga qo‘ydi-yu,
qizga otalarcha ochiqlik bilan qaradi: